Massachusetts texnologiya instituti

Massachusetts texnologiya instituti (inglizcha: Massachusetts Institute of Technology; MIT) — xususiy universitet boʻlib, Amerika Qoʻshma Shtatlarining Massachusets shtatidagi Cambridge shahrida joylashgan. Asosan ilm-fan va texnologiyaga katta eʼtibor berib, AQShda va jahonda yetakchi universitet hisoblanadi. Institut, MIT Lincoln laboratoriyasi, Bates markazi va Haystack rasadxonasi kabi bir qator yirik kampusdan tashqari muassasalarni, shuningdek, Broad va Whitehead institutlari singari filiallarni oʻz ichiga oladi. Ushbu institut 19-asr oʻrtalaridan boshlab AQSh sanoatidagi oʻsish natijasida 1861-yili tashkil topgan va taʼlim tizimida asosan labaratoriya amaliyotiga katta urgʻu bergan. Natijada mamlakatning koʻplab sanoat ishlab chiqarish tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan. 1930-yillarda Karl Compton va Vannevar Bushlarning universitet taʼlim dasturiga kiritgan oʻzgarishlari natijasida universitet fundamental ilmiy izlanishlarga yanada chuqurroq yoʻnaltirilgan.[1][2][3][4]

Massachusetts texnologiya instituti
Shiori Mind and Hand
Asos solingan 1861 (ochilgan 1865)
Rektori L. Rafael Reif
Talabalari 10 894
Doktorantura 6 510
Professorlar 1 018 ta
Vebsayti web.mit.edu

71°5′31.000000000023″W / 42.35972222222222427°N 71.09194444444445082°W / 42.35972222222222427; -71.09194444444445082 G O

1934-yilda MIT Amerika universitetari asotsiatsiyasi (inglizcha: Association of American Universities; AAU) ga saylangan.[5]

Ahamiyatli kishilar

Professorlar

Taniqli bitiruvchilari

Ismlar alifbo boʻyicha tartiblangan.

Manbalar

Havolalar