Nasaf (futbol klubi)

(Nasaf Qarshidan yoʻnaltirildi)

Nasaf — Qarshi shahrining futbol jamoasidir. 1986-yilda tashkil topgan. 1997-yildan boshlab Oʻzbekiston Super Ligasi qatnashchisi[1]. Futbol boʻyicha 4 karra Oʻzbekiston kubogi gʻolibi.

Nasaf
Toʻliq nomiNasaf futbol klubi
Laqabi„Ajdarlar“
Asos solingan1986 (38 yil avval) (1986)
StadionQarshi markaziy stadioni
PrezidentiOʻzbekiston Shuhrat Aslanov
Bosh direktoriOʻzbekiston Alisher Yusupov
MurabbiyiOʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
VebsaytRasmiy sayti
MusobaqasiOʻzbekiston Superligasi
20232
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi

Jamoa nomi

  • 1986-1991: Geolog
  • 1992: Paxtachi
  • 1996: Dinamo-Nasaf
  • 1993-1995, 1996-: Nasaf FK

Tarix

„Nasaf“ jamoasi 1987-yilda tashkil etilgan. Jamoa Oʻzbekiston oliy ligasida 1997-yildan beri ishtirok etadi.

1994-yilda Qashqadaryo viloyati tarixida ilk marotaba Muborakning „Mashʼal“ jamoasi birinchi ligada gʻoliblikni qoʻlga kiritib, kelgusi mavsumdan kuchlilar safida qatnasha boshladi. Ammo yosh, tajribasiz, asosan mahalliy yigitlardan tashkil topgan jamoa ikki yil oliy ligada oʻz oʻrnini saqlab qoldi. Oʻsha tarkibda hozirda barcha yaxshi taniydigan Asror Aliqulov, Anvar Berdiyev, Oleg Qahhorov singari charm toʻp ustalari harakat qilishgan. 1997-yil viloyat rahbariyatining saʼy-harakati bilan „Mashʼal“ oliy ligadagi oʻz oʻrnini „Nasaf“ga boʻshatib berdi. Bungacha birinchi ligada Qarshi shahri sharafini „Dinamo-Nasaf“ (avvalgi nomlari „Geolog“, „Nasaf“) jamoasi himoya qilib kelardi. „Mashʼal“ esa birinchi tabaqada „Dinamo-Nasaf“ oʻrnini egalladi. Shu tariqa viloyatning ikki jamoasi oʻzaro rokirovkasidan soʻng 1997-yilgi mavsumdan boshlab „Nasaf“ning oliy ligadagi faoliyati boshlandi. Oʻsha yili qarshidagi „Mehnat“ stadioni qayta rekonstruksiya qilinib, „Nasaf“ markaziy stadioniga aylantirildi. qarshiliklar debyut mavsumni Viktor Borisov murabbiyligida kuchli oltilikda yakunlashga erishishdi.[2]

1998-yilgi mavsumda ham „Nasaf“ yanada yuqorilashda davom etdi. Garchi „Andijon“dan qabul qilingan qaqshatqich (0:6) magʻlubiyatdan keyin bosh murabbiy Viktor Borisov isteʼfoga chiqqan boʻlsa-da, uning adashi Viktor Makarov bilan jamoa finishga beshinchi boʻlib yetib keldi. Ammo oʻzining uchinchi mavsumini klub oʻz tarixidagi hozirgacha eng yomon natija — 11-oʻrin bilan yakunladi. Oʻsha 1999-yilgi omadsizlikdan keyin jamoada tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Tarkib 80 foizga yangilandi. Jamoaga qoʻqonlik mutaxassis Bahrom Hakimov bosh murabbiy etib tayinlandi. Ushbu murabbiy qoʻl ostida „Nasaf“ birin-ketin oʻz tarixidagi eng yuqori choʻqqilarni zabt eta boshladi. XX asrning ilk yillaridayoq „Nasaf“ chempionatimizda peshqadamlardan umuman hayiqmaydigan jamoa sifatida gavdalandi. qarshida oʻtgan bellashuvlarda amaldagi chempion „Doʻstlik“ va „Neftchi“, „Navbahor“u „Paxtakor“ ham magʻlubiyat alamini tatib ortlariga qaytishdi. Oʻsha yili jamoa chempionatda 85 ochko toʻplab, 20 jamoa orasida mavsumni uchinchi pogʻonada yakunladi. Bu qarshiliklarning oliy liga tarixidagi dastlabki medallari edi. Jamoa hujumchisi Zafar Xolmurodov ham chempionat toʻpurarlari bahsida jamoasi singari „bronza“ pogʻonani band etdi. Jamoa raqiblari darvozasini 92-marta ishgʻol etgan boʻlsa, shu gollarning salkam uchdan bir qismiga Xolmurodov mualliflik qildi. 2001-yilgi mavsumda ham „Nasaf“ yana bronza medalini oʻz muzeyiga olib ketdi.

2001-2002-yilgi Osiyo chempionlari kubogida mamlakat sharafini himoya qilish „Nasaf“ning chekiga tushdi. „Doʻstlik“ va „Neftchi“ jamoalari bu turnirda qatnashishdan bosh tortgach, bu vazifa „Nasaf“ga yuklandi va qarshilik futbolchilar oʻshanda qitʼada shov-shuvli natijalarni qayd etishgandi. Dastlab Turkmaniston va Tojikiston chempionlari mahv etilgach, BAA da tashkil etilgan guruh bosqichida mezbonlar, Eron hamda Quvayt chempionlariga munosib qarshilik koʻrsatishdi. „Nasaf“chilar mamlakatimiz jamoalari orasida „Neftchi“dan keyin qitʼaning eng nufuzli musobaqasida yarim finalga qadar yetib kelishdi. Albatta mamlakatning uchinchi jamoasining qitʼa turnirida toʻrtinchi pogʻonani egallashi ham ancha yuqori natija hisoblanadi. Oʻzbekiston kubogida ham jamoa finalga qadar yetib keldi va „Paxtakor“ga magʻlub boʻldi (1:3).

2003-2004-yillarda jamoa sovrindorlar safiga kirolmay qolishi natijasida Bahrom Hakimovning „Nasaf“dagi besh yillik faoliyati nihoyasiga yetdi. 2005-yilda ukrainalik Oleg Morozov jamoani boshqaruviga olgach, qarshiliklar birinchi davrani birinchi pogʻonada yakunlashdi. Ammo mavsum oxiriga kelib jamoa uchinchi bor bronza medallarga sazovor boʻldi. 2006-yili Bahrom Hakimov yana „Nasaf“ga qaytdi va jamoa bilan toʻrtinchi marta bronzani qoʻlga kiritdi.

Oliy ligadagi 11-mavsumga kelib asosiy tarkibning oʻzagi bir necha yillardan beri saqlanib qolgan boʻlsa-da, baribir vaqt oʻz hukmini oʻtkaza boshladi. Natijada 2007-yili ikkinchi davrani Fomichyov qoʻl ostida oʻtkazgan qarshiliklar kuchli oltilikda yakunlashdi. 2008-yilgi mavsumda esa „Nasaf“ 9 — oʻrin bilan cheklandi. Natijada yil oxiriga kelib klub rahbariyatida jiddiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. „Nasaf“ni oliy ligadagi muvaffaqiyatlariga tamal toshini qoʻygan Bahrom Davlatov jamoa rahbari va menejeri etib tayinlandi. Nafaqat Qashqadaryoda, balki mamlakatimizdagi yetakchi sanoat korxonalaridan biri hisoblangan „Shoʻrtangaz Kimyo“ majmuasi klub muassisi va bosh homiysi qilib belgilandi.

AFC Persepolis FC and FC Nasaf Match

2009-yilda Viktor Kumikov qoʻl ostida „Nasaf“ futbolchilari mavsumni koʻtarinki ruhda oʻtkazib, uch yillik tanaffusdan keyin beshinchi bor bronza medal egasiga aylanishdi.[3] Mavsum-2010 da esa birinchi davrada jamoani Viktor Kumikov, ikkinchi davradan esa ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Vasilevich Demyanenko boshqara boshladi. Natija esa yana — 3-oʻrin. Shuningdek, keyingi ikki yil ichida klub qoshida futbol akademiyasi ish boshladi va oʻzining ilk kurtaklarini berdi. Unga Ukrainadan Sergey Petrovich Kucherenko taklif etildi. Jamoa qoshidagi futbol maktab tarbiyalanuvchilari (1994 — 1995-yilda tugʻilgan) oʻz tengqurlari orasida 2010-yili mamlakat chempioniga aylandi.

2011-yil jamoa tarixidagi eng esda qolarli mavsum sifatida yodda qoladigan boʻldi. Mavsum avvalida tarkibga bir qator tajribali va iqtidorli futbolchilarni jalb etgan qarshiliklar oldiga bir yoʻla uchta musobaqa — Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi, Oʻzbekiston chempionati va kubogi bellashuvlarida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qoʻyildi. Ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko qoʻl ostida qarshilik futbolchilar 2011-yili Osiyo Futbol Konfederatsiyasi kubogini qoʻlga kiritishdi.

„Nasaf“ 2012-yilgi futbol mavsumini yangi murabbiy qoʻl ostida boshladi. Jamoada ancha yillar toʻp surgan va jamoaning haqiqiy yetakchisi hamda keyingi uch yilda yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Roʻziqul Berdiyev boshqaruviga oʻtdi. Jamoamizning Osiyo chempionlar ligasidagi ishtiroki ham muvaffaqiyatsiz kechdi. Roʻziqul Berdiyev mavsumning birinchi davrasi yakunlanmasdan turib, bosh murabbiylik lavozimidan ozod qilinadi. Mavsum oxiriga kelib, uning oʻrnida faoliyat yuritgan murabbiyning ishidan qoniqmagan klubimiz rahbariyati yana jamoa boshqaruvini Berdiyevga topshirishadi. Shu yili jamoamiz chempionatni 4-pogʻonada yakunlashdi. Oʻzbekiston Kubogi finalida esa Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga magʻlub boʻldi.

2013-yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan jamoamiz mavsum oxiriga kelib, peshqadamlar safidan joy oldi. Shu yili jamoamiz yana bronza sovrini sohibiga aylandi va oʻz tarixida toʻrtinchi marta Oʻzbekiston Kubogi finalchisiga aylandi. Ammo finalda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga yutqazib (2:1) qoʻygan jamoamiz billur sovringa egalik qila olmadi. Shu yilgi mavsum yakuni boʻyicha Roʻziqul Berdiyev mamlakatimizning „Eng yaxshi murabbiyi“ nominatsiyasi boʻyicha yil laureatiga aylandi. Jamoamiz shuningdek Osiyo chempionlar ligasini pley-offda boshlaydigan boʻldi.

Afsuski, 2014-yilgi Osiyo Chempionlar ligasi pley-off uchrashuvi jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi. Jamoamiz safarda Qatarning „Al-Jaish“ klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va asosiy eʼtiborini ichki chempionatga qaratdi. Natijada „Nasaf“ oʻz tarixida sakkizinchi marotaba bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

2015-yilgi futbol mavsumi klubimiz tarixida oʻchmas iz qoldiradigan boʻldi. Yaʼni „Nasaf“ oʻz tarixida beshinchi marta Oʻzbekiston Kubogi finaliga chiqib, 17-oktyabr kuni Jizzax shahrida oʻtkazilgan final uchrashuvida Toshkentning „Bunyodkor“ klubini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va Oʻzbekiston Kubogi sohibiga aylandi. Chempionat yakuni boʻyicha toʻqqizinchi marotaba bronza sovrindoriga aylandi.

2016-yilgi futbol mavsumi ham jamoamiz uchun omadli boshlandi. „Nasaf“ klubi 2016-yil 17-fevral kuni Toshkent shahridagi muhtasham „Bunyodkor“ stadionida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvida, amaldagi mamlakat chempioni Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va oʻz tarixida birinchi marta Oʻzbekiston Superkubogi sohibi boʻldi.

2017-yilgi mavsum jamoamiz uchun koʻtarinki ruhda oʻtdi. „Nasaf“ oʻz tarixida ikkinchi bor kumush medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu natijaga klubimiz 2011-yili ilk marta erishgan edi. Bu orqali klubimiz OCHL-2018 musobaqasini pley-off bosqichidan boshlaydigan boʻldi. Bundan tashqari jamoamiz ustozi Roʻziqul Berdiyev, murabbiylik faoliyatida uchinchi marta OʻFF tomonidan „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ sifatida eʼtirof etildi.

Jamoamiz 2018-2019-yillardagi pasayishdan soʻng[4] 2020-yilgi futbol mavsumini kutilganidan ancha yuqori ruhda oʻtkazdi va yakunda oʻz tarixida uchinchi bor kumush medallarni rasmiylashtirib qoʻydi. Eng qiziqarlisi jamoamiz Superliga jamoalari ichida eng yosh jamoa boʻlgani holda ushbu natijaga erishdi. Futbolchilarimizning bu natijaga erishishiga bosh sababchilardan biri boʻlgan Roʻziqul Berdiyev oʻz murabbiylik faoliyati davomida toʻrtinchi bor Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Roʻziqul Berdiyev ushbu sovrinlarning barchasini aynan „Nasaf“ bilan qoʻlga kiritgan. 2020-yilda bosh jamoamizdan tashqari oʻrinbosarlar jamoasi ham sovrinli oʻrinlardan joy oldi va chempionatning bronza medallari bilan taqdirlandi. „Nasaf“ U-18 jamoasi esa qatorasiga uchinchi marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi.

2021-yilda jamoa 10 yillik tanaffusdan soʻng yana OFK Kubogida ishtirok etdi. Bu safargi jamoa 10 yil oldingi jamoadan butunlay farq iladi. Sababi hozirgi jamoaning asosini oʻz vaqtida poydevori qoʻyil „Nasaf“ futbol maktabining tarbiyalanuvchilari tashkil etadi. Jamoa yosh boʻlishiga qaramasdan OFK Kubogi finaligacha yetib bordi. Afsuski Bahraynda boʻlib oʻtgan final uchrashuvida maydon egalari „Al Muharraq“ jamoasiga magʻlub boʻldi. Joriy mavsumda 41 rasmiy uchrashuv oʻtkazgan jamoa sovrinsiz qolmadi. Samarqandda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Kubogi Finalida qarshiliklar oʻzlarining ashaddiy raqiblaridan biri boʻlgan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan kuch sinashdi va yakunda bir kishi kam boʻlib qolgan jamoamiz iroda koʻrsatib 1:2 hisobida gʻalaba qozonishdi[5].

2023—2024-yilgi Oʻzbekiston chempionati

O'zbekiston Superligasi 2023—2024-yilgi mavsumni Nasaf jamoasi 4-aprel kuni Qarshimarkaziy stadionida „Andijon“ klubiga qarshi bahs bilan boshladi. Oʻyin andijonliklarning kichik 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan[6]. Super Liga 2-turini Qarshi jamoasi Toshkentning „Turon“ jamosiga Qarshi oʻtkazgan. Qashqadaryoda boʻlgan oʻyinda Qarshiliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan[7].Superliganing 3-tur uchrashuvida Nasaf Buxoro klubi mehmoni boʻlgan va kichik 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan[8]. 4-tur oʻyinida Qizilqum mehmoni boʻlgan qarshiliklar 1:1 hisobidagi oʻyin bilan murosa koʻchasini tanlaganlar[9]. Beshinchi turda Nasaf futbolchilari Surxon jamoasi ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishgan[10]. Superliganing oltinchi tur bahsida Bunyodkor mehmoni boʻlgan Nasaf jamoasi 1:1 hisobidagi durrang natijani qayd etishdi[11]. Superliganing yettinchi tur bahsida Olimpik jamoasini qabul qilib 3:0 hisobidagi ishonchli gʻalaba erishishgan[12]. Toʻqqizinchi tur bahsida qarshliklar Navbahro futbol klubi bilan bahslashgan, oʻyin 0:0 hisobidagi nursiz durrang bilan yakunlangan[13]. Oʻninchi tur bahsida Metallurg jamoasini 2:1 hisboda magʻlubiyatga uchratishgan[14]. Oʻn ikkinchi turda Soʻgʻdiyona mehmoni boʻlgan qarshiliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan[15]. Superliganing oʻn uchinchi turida Toshkentning OKMK klubini qabul qilgan Nasaf jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan[16]. Oʻn toʻrtinchi tur bahsida nasaf jamoasi Andijon mehmoni boʻlishgan, oʻyin 0:0 hisobidagi durrang bilan yakunlangan[17]. Superliganing oʻn beshinchi tur bahsida Qarshi jamoasi Turnon futbol klubiga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishgan[18]. Keyingi turni Qarshining Nasaf jamoasi o'z uy stadionida Buxoro futbol klubiga qarshi o'tkzilishi rejalashtirilgan.

Jamoaning rekordlari

Jamoa tarkibida eng koʻp maydonga chiqqan oʻyinchi — Roʻziqul Berdiyev (314 marotaba).

Jamoaning eng yaxshi toʻpurari — Zafar Xolmurodov (181 ta).

Bir mavsumda eng koʻp toʻp kiritgan futbolchi— Zafar Xolmurodov (30 ta, 2000-yil).

Eng yirik gʻalabasi — 7:0 („MetallurgBekobod, 2004-yil), 8:1 („Andijon“, 2004-yil).Eng yirik magʻlubiyati — 0:6 („Andijon“, 1998-yil).

Stadion

QarshiMarkaziy“ oʻyingohi 2006-yilda Qarshi shahri mezbonlik qilgan „Umid nihollari“ musobaqasi uchun qurilib, foydalanishga topshirilgan. 2008-yilda „Nasaf“ futbol klub uy uchrashuvlarini aynan shu oʻyingohda qabul qilishni boshlagan.

Markaziy“ oʻyingoh turli xil xalqaro musobaqalar OFK Kubogi, Osiyo Chempionlar ligasi, 21 yoshlilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi musobaqasi oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 2011-yilda Qarshi shahrida boʻlib oʻtgan OFK Kubogi finalida „Nasaf“ jamoasi Quvaytning „Quvayt SK“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib Oʻzbekistonda klublar oʻrtasida birinchi xalqaro musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

Qarshi „Markaziy“ oʻyingohi yuqorida aytib oʻtganimizdek 2006-yilda foydalanishga topshirilgan. 2011 va 2017-yillarda qaytda taʼmirlangan. Dastlab oʻyingoh 16 000 muxlisga moʻljallangan boʻlsa, hozirgi vaqtda 21 000 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. „Markaziy“ stadion xalqaro talablarga toʻliq javob beradi. Oʻyingohda 4 ta kiyim almashtirish xonasi, 12 ta yuqori martabali mehmonlar VVIP xonasi, 900 VIP oʻrindiqlari, 2 ta tibbiyot xonasi, 2 ta hakamlar xonalari mavjud.

Foydalanishga topshirilgan yili: 2006-yil

Qayta taʼmirlangan yillari: 2001, 2017

Chimi: tabiiy

Arxitektor: Sobir Toshev (Samarqand)

Sigʻimi: 21 000

Ilk uchrashuv:  „Nasaf“ — „UzDongJu“ 2:0 (08.08.2008 y.)

Manzil: Mustaqillik shox koʻchasi, 5-uy.

https://www.google.com/maps/place/Nasaf+Stadium/

Ichki oʻyinlar tarixi

MavsumLigaOʻzbekiston KubogiToʻpurarBosh murabbiy
Div.Pos.Pl.DMGSGAPNomiLiga
1997163415811685753Chorak final Baxtiyor Davlatov16 Viktor Borisov
199815301299433145Chorak final Anvar Berdiyev

Roʻziqul Berdiyev

9 Viktor Borisov
Viktor Makarov
19991113010515425435Yarim final Anvar Berdiyev12 Viktor Makarov
200013382675925285 Zafar Xolmurodov30 Bahrom Hakimov
200113342257824771Yarim final Zafar Xolmurodov21 Bahrom Hakimov
200214301848593858Yarim final Zafar Xolmurodov

Otabek Qilichev

8 Bahodir Davlatov
200314301938584060Ikkinchi oʻrin Zafar Xolmurodov16 Bahodir Davlatov
2004142617366631541/8 final Zafar Xolmurodov29 Bahodir Davlatov
200513261637503151Chorak final Zafar Xolmurodov24 Oleg Morozov
2006133022446333701/8 final Vitaliy Alekperov15 Bahrom Hakimov
2007163013512434344Chorak final Zafar Xolmurodov17 Vladimir Fomichyov
20081930105152836351/8 final Jasur Boboyev7 Viktor Kumikov
200913301677482755Yarim final Ilhom Shomurodov10 Viktor Kumikov
2010132613763020461/8 final[19] Ilhom Shomurodov6 Viktor Kumikov
Anatoliy Demyanenko
201112261583431553Ikkinchi oʻrin Andrejs Perepļotkins7 Anatoliy Demyanenko
201214261475372049Ikkinchi oʻrin Artur Gevorkyan9 Roʻziqul Berdiyev
Usmon Toshev
201313261844642758Ikkinchi oʻrin Artur Gevorkyan18 Roʻziqul Berdiyev
201413261673452155Yarim final Artur Gevorkyan18 Roʻziqul Berdiyev
201513261956462062Gʻolib Ilhom Shomurodov12 Roʻziqul Berdiyev
201613301893461363Ikkinchi oʻrin Dragan Cheran12 Roʻziqul Berdiyev
201712302028581862Yarim final Dragan Cheran19 Roʻziqul Berdiyev
201817209742416341/8 final Bobur Abduxoliqov13 Roʻziqul Berdiyev
201917269611342733Yarim final Xumoyun Murtozoyev14 Roʻziqul Berdiyev
202012261583471953Yarim final Bobur Abduxoliqov17 Roʻziqul Berdiyev
202114261367422445Gʻolib Husayin Norchayev13 Roʻziqul Berdiyev
2022132613103371649Gʻolib Husayin Norchayev9 Roʻziqul Berdiyev
202312261394311648Gʻolib Husniddin Aliqulov5 Roʻziqul Berdiyev

Xalqaro maydondagi oʻyinlar

2018-yilgi Osiyo Chempionlar ligasida Persepolisga qarshi maydonga tushgan Nasaf futbolchilari
Xalqaro maydondagi barcha natijalar 2024-yil 21-fevral xolatiga koʻra toʻgʻri
MusobaqaDMUGQG
Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati95221714
OFK kubogi2619347020
Osiyo Chempionlar ligasi431312184655
Jami7837172413389
MavsumMusobaqaBosqichKlubUySafarNatija
2001-02Osiyo chempionlar kubogiBirihchi raund FK Köpetdag Aşgabat1-03-04-0
Second round Umed Dushanbe4-13-27-3
Quarter-finals Al-Kuwait1-1Ikkinchi
Esteghlal1-1
Al-Wahda2-1
Semi-finals Suwon Samsung Bluewings0-3
Third place match Esteghlal2-5
2010OFK kubogiGroup C Al-Ahed4-04-0Ikkinchi
Al-Jaish2-11-1
Kazma1-20-0
Round of 16 Al-Karamah0-1
2011OFK kubogiGroup A Al-Ansar3-04-1Birinchi
Al-Tilal7-13-2
Dempo9-04-0
Round of 16 Al-Faisaly2-1
Quarter-finals Chonburi0-11-01-1 (q.v)

(4-3 p)

Semi-finals Al-Wehdat1-01-12-1
Final Al-Kuwait2-1
2012Osiyo chempionlar ligasiGroup A Al-Jazira2-41-4Toʻrtinchi
Esteghlal0-20-0
Al-Rayyan0-11-3
2014Osiyo chempionlar ligasiQualifying play-off round 2 El Jaish1-5
2015Osiyo chempionlar ligasiGroup D Tractor Sazi2-12-1Uchinchi
Al-Ahli0-01-2
Al-Ahli0-10-0
2016Osiyo chempionlar ligasiGroup D Al-Ahli2-11-2Toʻrtinchi
El Jaish0-00-1
Al-Ain1-10-2
2017Osiyo chempionlar ligasiPreliminary round 2 Al-Hidd4-0
Play-off round Al-Fateh0-1
2018Osiyo chempionlar ligasiPlay-off bosqichi Al-Faisaly5-1
Group C Persepolis0-00-3Uchinchi
Al-Wasl1-02-1
Al-Sadd1-00-4
2021OFK kubogiGroup F Alay4-0Birinchi
Khujand3-0
Altyn Asyr2-0
Markaziy Osiyo Zona finali Ahal3-2
Inter-zona play-off yarim finali ATK Mohun Bagan6-0
Inter-zona play-off finali Lee Man3-2 (q.v)
Final Al-Muharraq0-3
2022-yilOsiyo chempionlar ligasiPlay-off bosqichi Baniyas2-0
E guruhi Al-Sadd3-11-1Ikkinchi
Al-Wehdat2-02-2
Al-Faisaly0-10-0
Nimchorak final Al-Shabab
2023-yilOsiyo chempionlar ligasi
B guruhi Al-Faisaly3-10-1Birinchi
Al-Sadd3-1?
Sharjah1-11-0
Nimchorak final Al Ain0-02-11-2

Yutuqlar

  • „Halol oʻyin uchun“ sovrini sohibi.
    • 2011, 2022

Texnik xodimlar

Murabbiylar shtabi

LavozimIsm
Bosh murabbiy Roʻziqul Berdiyev
Yordamchi murabbiy Shuhrat Toshpoʻlatov
Yordamchi murabbiy Ilnur Sibagatulin
Yordamchi murabbiy Davron Karimqulov
Yordamchi murabbiy Andrey Bezborodov
Darvozabonlar murabbiyi Asliddin Hasanov

Boshqaruv

LavozimIsm
PrezidentShuhrat Aslanov
Bosh direktorAlisher Yusupov
Sport direktoriSergey Kucherenko
Texnik direktorBotir Qorayev

Futbolchilar

2024-yil 8-fevral[21]
AmpluaFutbolchi
1  UZBDRUmidjon Ergashev
2  UZBHMAlibek Davronov
5  UZBHMGʻolib Gʻaybullayev
6  UZBYHMurodbek Rahmatov
7  UZBYHAkmal Mozgovoy
8  UZBHMZafarmurod Abdurahmatov
9  UZBYHJavohir Siddiqov
13  UZBYHAdhamjon Musulmonov
14  UZBYHSharof Muhiddinov
15  UZBHJZafar Hakimov
20  BRAHJVictor da Silva
21  UZBHJDoniyor Narzullayev
22  UZBHMIgor Golban
AmpluaFutbolchi
25  UZBYHBekjon Rahmatov
27  UZBHJIslom Kenjaboyev
28  UZBHMShuhrat Muhammadiyev
30  GEOYHTemur Chogadze
34  UZBHMSherzod Nasrullaev
35  UZBDRAbduvohid Nematov
45  SRBHJZoran Marušić
77  UZBYHOybek Bozorov
88  SRBYHMarko Stanojević
91  UZBDRZafar Safoyev
97  UZBHJBobur Abduholiqov
 UZBHMJavohir Oʻtamurodov

U19

#FutbolchiOʻyinDaqiqaBoshAlmQoʻshZaxGol§OʻGToʻpGol+ToʻpSK2SKQK
83Asilbek Maʼrupov0
39Nazirjon Rahmatullayev0
46Avazbek Abdurakhmonov0
25Mirjalol Nurmamatov111
5Muhammadbobur Moʻydinov1901
79Diyor Rahmatilloyev11
79Otabek Ikromov13211
19Ravshan Xayrullayev1901
49Samandar Toʻychiyev11
18Sarvar Abduhamidov1901
49Firdavs Hamidullayev11
71Dostonbek Qurbonov16811
24Roʻziboy Fayzullayev216521
35Sayidin Mavlonov2662
2Ulugʻbek Xoliqov2581111
70Alisher Xayrullayev218021
57Xosil Erkinov24321
74Abdullajon Dehqonov234111
56Muhammadali Abdualiyev3453111
93Asror Shamsutdinov42082112
60Dovrugʻbek Abdugʻaniyev415311
59Abbos Musaboyev4213
63Sanjarbek Ablayev4156211111
59Akbar Rixsiyev44
21Xumoyunmirzo Zaylidinov4681112
67Murodjon Erkinov52182121
64Dilshod Rahmonov51301221
73Azizbek Anvarov74415322
1Samandar Joʻrabekov854062
72Samirjon Rabbimov9648711111
40Dilshod Pirimqulov11403263221
89Kamron Hamroyev124111
52Jasur Jumanazarov1263574413
32Zafarbek Rahimjonov1310441111142
49Bexruz Abdullayev136598641991
44Asrorbek Otaxonov1396511111114
51Muhammadyusuf Orifjonov1310851261101051
37Shohruxxon Noʻmonov15115914514
92Samandar Islomov15982285111
98Dilruh Aliyev16116513232
36Mansur Sharipov16341111142
27Ravshanbek Abdumannonov171420164112125
45Artyom Miftiyev18126515232
42Ibrohim Ergashaliyev18149218811113
38Ali Rixsiboyev191666191223
43Ruslan Mangold20179020214 (2)145
58Ozodbek Ergashev291242147105226

U21

#FutbolchiOʻyinDaqiqaBoshAlmQoʻshZaxOʻGToʻpGol§Gol+ToʻpSK2SKQK
67Murodjon Erkinov1111
49Firdavs Hamidullayev1441
73Azizbek Anvarov212211
60Dovrugʻbek Abdugʻaniyev2511
21Xumoyunmirzo Zaylidinov2134111
72Samirjon Rabbimov327031
99Vladimir Vagin43604
15Dilshod Raxmanov4173222
98Dilruh Aliyev55
43Ruslan Mangold5206213
26Mirkomil Abdurazzoqov7427631221
51Muhammadyusuf Orifjonov82971161222
77Asilbek Qayumov8477662221
79Otabek Ikromov9216333311
42Ibrohim Ergashaliyev929532421
2Arslonbek Bahromov1058173211
37Shohruxxon Noʻmonov117479322
29Diyorbek Toirov1278410711333
5Muhammadbobur Moʻydinov1310681331
2Ulugʻbek Xoliqov13503523511
10Bektemir Abdumannonov1392811526 (1)64
40Dilshod Pirimqulov142012266
3Akbar Abdurasulov161339151141
20Daler Sharipov1612351432774
21Muhammadaziz Ibrohimov161062114321
44Asrorbek Otaxonov18277322132
5Behruz Misiraliyev20136715114114
19Ravshan Xayrullayev20143914262241
18Sarvar Abduhamidov201683208112
27Ravshanbek Abdumannonov229888122664
35Samandar Murodboyev231890212
13Kamronjon Murodov2341855135113
24Roʻziboy Fayzullayev2319252366
28Nosirjon Abdusalomov2315541885(2)28
1Samandarbek Joʻrabekov2490123
32Zafarbek Rahimjonov241216119461
70Alisher Xayrullayev241804231512261
15Rian Islomov24185122924 (1)441
41Behruz Abdullayev24994116103131331
47Abduvohid Oxtoyev2511951471011

Bosh murabbiylari tarixi

Ismi sharifiFaoliyati davri
Viktor Borisov1997-98
Viktor Makarov1998-99
Bahodir Davlatov2000-04
 UKR Oleh Morozov2005
Bahrom Hakimov2006
 Qozogʻiston Vladimir Fomichyov2007
Rossiya Viktor Kumikov2008-2010
Anatoliy DemyanenkoAvg 12, 2010-Yan 4, 2012
Roʻziqul BerdiyevYan 9, 2012-May 12
Usmon ToshevMay 2012-Noy 12
Roʻziqul BerdiyevNoy 2012-

Mashxur futbolchilar

Yana qarang

Manbalar

Havolalar