AFC Kubogi

(OFK kubogidan yoʻnaltirildi)

AFC kubogi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan har yili oʻtkaziladigan qitʼa klublari musobaqasi edi. Musobaqa asosan AFCning klublar oʻrtasidagi musobaqalar reytingi asosida yuqori toifadagi OChLga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma olmagan davlatlar klublari oʻrtasida oʻtkazildi.

AFC Kubogi
Asos solindi 2004 (20 yil avval) (2004)
Bekor qilindi 5-may, 2024-yil (10 kun avval) (2024-05-05)
Hudud Osiyo
Jamoalar soni 36-48 (guruh bosqichi)
59 (umumiy)
Oxirgi chempionlar Avstraliya Central Coast Mariners (1-sovrin)
Eng muvaffaqiyatli klub(lar) Iroq Al-Quwa Al-Jawiya
Kuvayt Al-Kuwait
(har bir jamoada 3 tadan sovrin)
Vebsayt the-afc.com/cup

„Al-Kuwait SC“ va „Al-Quwa Al-Jawiya“ jamoalari musobaqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli klublar boʻlib, har biri uchtadan chempionlikni qoʻlga kiritgan. Kuvayt klublari toʻrtta chempionlikni qoʻlga kiritib, musobaqadagi eng muvaffaqiyatli mamlakatga aylangan. Turnirda Gʻarbiy Osiyo klublari ustunlik qildi, 2011-yilda Oʻzbekistonning „Nasaf“ klubi, 2015-yilda Malayziyaning „Johor Darul Taʼzim“ va 2024-yilda Avstraliyaning „Central Coast Mariners“ jamoasi ushbu mintaqadan tashqarida gʻolib boʻldi.

Central Coast Mariners jamoasi 2024-yilgi finalda Livanning Al-Ahad klubini magʻlub etib, soʻnggi chempion boʻldi. 2021-yilgi mavsumdan boshlab, AFC kubogini qoʻlga kiritgan jamoa, agar oʻz ichki oʻyinlari orqali saralashdan oʻta olmagan boʻlsa, keyingi mavsumda OChL saralash pley-offiga yoʻllanma olgan.

AFC Kubogi 2023/2024-yilgi mavsum oxirida toʻxtatildi, Osiyo Chempionlar Ligasi 2 va AFC Chaqiruv Ligasi Osiyoning yangi ikkinchi va uchinchi darajali musobaqalari sifatida joriy etildi.

Tarixi

AFC kubogi 2004-yilda Osiyo Chempionlar Ligasidan keyingi ikkinchi darajali musobaqa sifatida boshlangan. AFC tomonidan rivojlanayotgan 14 mamlakatdan 18 ta jamoa birinchi musobaqada ishtirok etgan. A, B, C guruhlarida Gʻarbiy va Markaziy Osiyo, qolgan ikki guruhda esa Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo jamoalari joy olgan. Gʻoliblar va uchta ikkinchi oʻrin sohibi pley-off bosqichiga yoʻl olishgan. Bu bosqichda jamoalar qur’a orqalik raqiblarini bilib olgan. Dastlbaki finalda Suriyaning ikki jamoasi oʻzaro raqobat olib bordi va yakunda „Al-Jaish“ klubi „Al-Vahda“ni 2-3 hisobida magʻlub etib, ilk AFC kubogini qoʻlga kiritgan.

2005-yilda toʻqqizta davlatdan 18 ta jamoa ishtirok etgan. Ishtirokchi jamoalar soni oshirilmagani sababli bitta mamlakatdan hali ham koʻpi bila 2 tada jamoa ishtirok etishiga ruhsat berilgan edi. Suriya jamoalari AFC kubogini tark etib, toʻrt yil davomida Chempionlar ligasida ishtirok etishi AFC tomonidan tasdiqlanganidan soʻng, Iordaniya jamoalari musoboqada asosiy davogarga aylangan. Iordaniyaninga Al-Faysaliy jamoasi 2005-yilgi finalda Suriyaning Nejme jamoasi ikki uchrashuvda magʻlub etib gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 2006-yilgi finalda Bahraynning „Al Muharraq“ jamoasini magʻlub etdi va musoboqada ketma ket gʻlaba qozongan dastlabki jamoaga aylangan. 2006-yilda Bahrayn klublar musoboqaga qoʻshilagan, Bangladesh jamoalari esa 2007-yildan boshlab 2014-yilda turnir bekor qilinmaguncha AFC Prezidenti Kubogi musoboqasiga tushib ketgan edi.

2004—2008-yillar AFC kubogi finallar ikki oʻyindan iborat boʻlgan, 2009-yildan boshlab 2024-yilgi soʻnggi finalgacha bitta oʻyinlik formatga oʻtkazilgan.

Islohot

2022-yil 23-dekabrda AFC musobaqalar tuzilmasi 2024/2025-yilgi mavsumdan boshlab belgilangan formatdan oʻzgarishi eʼlon qilindi. Yangi rejalarga koʻra, AFC kubogi toʻxtatildi va AFC Chempionlar Ligasi 2 deb nomlangan yangi ikkinchi darajali turnir joriy etildi[1]. Shu bilan birga, AFC Chaqiruv Ligasi nomi ostida yangi uchinchi bosqich musobaqasi ham boshlandi[2][3].

Format

Jamoalari AFC kubogi guruh bosqichiga chiqqan AFC davlatlari xaritasi
  Guruh bosqichida ishtirok etgan OFKga a'zo davlat
  Guruh bosqichida ishtirok etmagan AFCga aʼzo davlat

2017-yilgi AFC kubogi turniri uchun jamoalar va format boʻyicha baʼzi oʻzgarishlar kiritilgan. Guruh bosqichida jami 36 ta jamoa ishtirok etadi (Gʻarbiy Osiyo va ASEANdan 12 tadan, Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyodan 4 tadan). Final bir martalik oʻyin sifatida oʻtkaziladi.

Ajratish

AFCning 27 mamlakati termalari AFC kubogi guruh bosqichiga chiqdi. Ushbu jamoalarning aʼzo mamlakatlar boʻyicha taqsimlanishi quyida keltirilgan; yulduzchalar kamida bitta jamoa guruh bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan holatlarni bildiradi. 34 ta AFC mamlakati saralash bosqichida ishtirok etgan (jumladan, Bruney va Timor-Leste 2020-yilda debyut qilgan), guruh bosqichiga chiqa olmagan, lekin faqat saralash bosqichida oʻynagan jamoalar qalin boʻlmagan.

AssotsiatsiyalarOʻrinlar
20042005200620072008200920102011201220132014201520162017201820192020202120222023-24
Sharq
 Xitoy00000000000000000000
 Xitoy Taypeyi00000000000000*111*112*
 Guam00000000000000*000000
 Gonkong12222222222220021220
 Yaponiya00000000000000000000
 Makao0000000000000*0101001*
 Moʻgʻuliston0000000000000*10*0*0*10*1
 [[|Shimoliy Koreya]]0000000000000221*0000
 Janubiy Koreya00000000000000000000
Umumiy12222222222223444434
ASEAN
 AvstraliyaOFC tarkibida boʻlgan00000000000000002
 Bruney00000000000000000*0*00*
 Kambodja00000000000001*111221*
 Indoneziya00000122122200222222*
 Laos00000000000110*0*11*0*10*
 Malayziya22222210222222100222
 Myanma00000000222222222001*
 Filippin000000000001*22222012
 Singapur22222111222222222221*
 Tailand0010222100000000000
 Sharqiy Timor00000000000000000*100
 Vyetnam00010222222002222211
Umumiy4446488710101010911121212111112
Janubiy
 Bangladesh122000000000*11*1*11*1*1*1*
 Butan0000000000000*0*0*0*0*0*0*0*
 Hindiston22222222222222221*222*
 Maldiv orollari222222221*22221*1*021*1*1*
   Nepal000000000000*00*0100*0*0*
 Pokiston0000000000000*0000000
 [[|Shri Lanka]]00000000000000*00*0*0*0*0
Umumiy56644444344454444444
Markaziy
 Afgʻoniston00000000000000*000000
 Eron00000000000000000000
 Qirgʻiziston000000000010*0*21*1*2221*
 Tojikiston000000000211*1*1*1*22221*
 Turkmaniston222200000001*1*1*21*2222*
 Oʻzbekiston00000112100000001110
Umumiy22220112122224447774
Gʻarbiy
 Bahrayn00112210012222222221*
 Iroq00000203222222200002
 Iordaniya02232222222222222201
 Kuvayt00000233322200022122
 Livan22222322222222222222
 Ummon101222222221*2221*1*021*
 [[|Falastin]]00000000000*1*20*0*11221*
 Qatar00000010000000000000
 Saudiya Arabistoni00000000100000000000
 Suriya2000023321*2222222222*
 Birlashgan Arab Amirliklari00000000000000000000
 Yaman10022222220*0*00000000
Umumiy6461010171617161414141412121212111212
Umumiy
Final bosqichi1818202420323132323232323234363639373736
Saralash1818202420323132333334414050444348434349

Mukofot

2021-yilgi AFC Kubogining mukofot pullari:[4]

BosqichMukofot (USD)Safar oʻyinlari uchun yordam

(har bir oʻyin uchun)

Dastlabki bosqichN/A$40,000
Pley-off oʻyinlariN/A$40,000
Guruh bosqichiN/A$40,000
Mintaqalar aro final bosqichiMintaqa chempionlari: 100 000 dollar$40,000
FinalChempionlar: 1,5 million dollar

Ikkinchi oʻrin: 750 000 dollar

$40,000

Marketing

Homiylik

AFC Chempionlar Ligasi singari, AFC Kubogi ham odatda milliy oliy ligalarda topiladigan yagona asosiy homiydan farqli ravishda bir guruh transmilliy korporatsiyalar tomonidan homiylik qilingan[5].

Turnirning hozirgi asosiy homiylari:

Natijalar va statistika

Final

AFC kubogining final oʻyinlari roʻyxati
YilMamlakatMezbon jamoaHisobMehmon jamoaMamlakatStadionTomoshabin
2004  SuriyaAl-Wahda2-3Al-Jaish  SuriyaAbbasiyyin Stadium, Damascus, Syria
 SuriyaAl-Jaish0-1Al-Wahda  SuriyaAbbasiyyin Stadium, Damascus, Syria
Umumiy hisobda 3-3, Al-Jaish mehmonda gʻalaba qozondi
2005  IordaniyaAl-Faisaly1-0Nejmeh  LivanAmman International Stadium, Amman, Jordan
 LivanNejmeh2-3Al-Faisaly  IordaniyaRafic El-Hariri Stadium, Beirut, Lebanon
Al-Faysaliy umumiy hisobda 4:2 hisobida gʻalaba qozondi
2006  IordaniyaAl-Faisaly3-0Al-Muharraq  BahraynAmman International Stadium, Amman, Jordan7,000
 BahraynAl-Muharraq4-2Al-Faisaly  IordaniyaBahrain National Stadium, Riffa, Bahrain3,000
Al-Faysaliy umumiy hisobda 5:4 hisobida gʻalaba qozondi
2007  IordaniyaAl-Faisaly0-1Shabab Al-Ordon  IordaniyaAmman International Stadium, Amman, Jordan5,500
 IordaniyaShabab Al-Ordon1-1Al-Faisaly  IordaniyaAmman International Stadium, Amman, Jordan7,500
Shabab Al-Ordon umumiy hisobda 2:1 hisobida gʻalaba qozondi
2008  BahraynAl-Muharraq5-1Safa  LivanBahrain National Stadium, Riffa, Bahrain6,000
 LivanSafa4-5Al-Muharraq  BahraynSports City Stadium, Beirut, Lebanon2,000
Al-Muharraq umumiy hisobda 10:5 hisobida gʻalaba qozondi
2009  KuvaytAl-Kuwait2-1Al-Karamah  SuriyaAl Kuwait Sports Club Stadium, Kuwait City, Kuwait17,400
2010  SuriyaAl-Ittihad1-1 (q.v)
(4–2 p)
Al-Qadsia  KuvaytJaber International Stadium, Kuwait City, Kuwait58,604
2011  OʻzbekistonFC Nasaf2-1Al-Kuwait  KuvaytMarkaziy stadioni, Qarshi, Oʻzbekiston15,753
2012  KuvaytAl-Kuwait4-0Erbil  IroqFranso Hariri Stadium, Erbil, Iraq30,000
2013  KuvaytAl-Kuwait2-0Al-Qadsia  KuvaytAl-Sadaqua Walsalam Stadium, Kuwait City, Kuwait10,000
2014  KuvaytAl-Qadsia0-0 (q.v)
(4–2 p)
Erbil  IroqMaktoum Bin Rashid Al Maktoum Stadium, Dubai, UAE5,240
2015  MalayziyaJohor Darul Taʼzim1-0Istiklol  TojikistonPamir stadioni, Dushanbe, Tojikiston18,000
2016  IroqAl-Quwa Al-Jawiya1-0Bengaluru  HindistonSuheim Bin Hamad Stadium, Doha, Qatar5,806
2017  IroqAl-Quwa Al-Jawiya1-0Istiklol  TojikistonHisor Central Stadium, Hisor, Tojikiston20,000
2018  IroqAl-Quwa Al-Jawiya2-0Altyn Asyr  TurkmanistonBasra International Stadium, Basra, Iraq24,665
2019  LivanAl-Ahed1-0April 25  Shimoliy KoreyaKuala Lumpur Stadium, Kuala Lumpur, Malaysia500
2020Osiyodagi COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilingan[6].
2021  BahraynAl-Muharraq3-0Nasaf  OʻzbekistonAl-Muharraq Stadium, Arad, Bahrain9,060
2022  UmmonAl-Seeb3-0Kuala Lumpur City  MalayziyaBukit Jalil National Stadium, Kuala Lumpur, Malaysia27,722
2023-24  AvstraliyaCentral Coast Mariners1-0Al-Ahed  LivanSultan Qaboos Sports Complex, Muscat, Oman1,930


Klublarning natijalari

GʻolibIkkinchi oʻrinGʻolib yillarIkkinchi oʻrin olgan yil
Al-Kuwait312009, 2012, 20132011
Al-Quwa Al-Jawiya302016, 2017, 2018
Al-Faisaly212005, 20062007
Al-Muharraq212008, 20212006
Al-Qadsia1220142010, 2013
Nasaf Qarshi1120112021
Al-Ahed1120192023–24
Al-Jaish102004
Shabab Al-Ordon102007
Al-Ittihad102010
Johor Darul Ta'zim102015
Al-Seeb102022
Central Coast Mariners102023–24
Erbil022012, 2014
Istiqlol022015, 2017
Al-Wahda012004
Nejmeh012005
Safa012008
Al-Karamah012009
Bengaluru012016
Altyn Asyr012018
April 25012019
Kuala Lumpur City012022

Mamlakatlar boʻyicha ishlash

MamlakatSovrinIkkinchi oʻrinJami
 Kuvayt437
 Iroq325
 Iordaniya314
 Suriya224
 Bahrayn213
 Livan134
 Oʻzbekiston112
 Malayziya112
 Ummon101
 Avstraliya101
 Tojikiston022
 Hindiston011
 Turkmaniston011
 [[|Shimoliy Koreya]]011

Eng yaxshi toʻpurarlar

YilFutbolchiKlubGollar
2004 Indra Sahdan Daud Home United7
Egmar Goncalves Home United
2005 Mo'ayyad Salim Al-Faisaly9
2006 Mahmoud Shelbaieh Al-Wehdat8
2007 Odai Al Saify Shabab Al-Ordun5
Mohammed Ghaddar Nejmeh
2008 Rico Al-Muharraq19
2009 Robert Akaruye Busaiteen8
Mohamad Hamwi Al-Karamah
Jehad Al Hussain Al-Kuwait
Huỳnh Kesley Alves Bình Dương
2010 Afonso Alves Al-Rayyan9
2011 Ivan Bošković Nasaf Qarshi10
2012 Amjad Radhi Erbil9
Raja Rafe Al-Shorta
2013 Issam Jemâa Al-Kuwait16
2014 Juan Belencoso Kitchee11
2015 Daniel McBreen South China8
Riste Naumov Ayeyawady United
2016 Hammadi Ahmed Al-Quwa Al-Jawiya16
2017 Kim Yu-song April 259
2018 An Il-bom April 2512
2019 Bienvenido Marañón Ceres-Negros10
2020 Bienvenido Marañón Ceres-Negros5
2021 Husayin Norchayev Nasaf Qarshi7
2022 Jasur Hasanov Soʻgʻdiyona Jizzax5
Paulo Josué Kuala Lumpur City
Pedro Paulo Viettel
2023-24 Marco Túlio Central Coast Mariners8

Eng yaxshi futbolchi

YilFutbolchiJamoa
2011 Artur Gevorkyan Nasaf Qarshi
2012 Rogerinho Al-Kuwait
2013 Bader Al-Mutawa Al-Qadsia
2014 Saif Al Hashan Al-Qadsia
2015 Safiq Rahim Johor Darul Taʼzim
2016 Hammadi Ahmed Al-Quwa Al-Jawiya
2017 Manuchehr Jalilov Istiqlol
2018 Hammadi Ahmed Al-Quwa Al-Jawiya
2019 Mehdi Khalil Al-Ahed
2020Cancelled due to the COVID-19 pandemic in Asia
2021 Abdulwahab Al-Malood Al-Muharraq
2022 Eid Al-Farsi Al-Seeb
2023-24 Mikael Doka Central Coast Mariners

Gʻolib murabbiylar

YilJamoaMurabbiy
2004 Al-Jaish Costică Ștefănescu
2005 Al-Faisaly Branko Smiljanić
2006 Al-Faisaly Adnan Hamad
2007 Shabab Al-Ordon Nizar Mahrous
2008 Al-Muharraq Salman Sharida
2009 Al-Kuwait Mohamad Abdulla
2010 Al-Ittihad Valeriu Tița
2011 Nasaf Qarshi Anatoliy Demyanenko
2012 Al-Kuwait Marin Ion
2013 Al-Kuwait Marin Ion
2014 Al-Qadsia Antonio Puche
2015 Johor Darul Taʼzim Mario Gomez
2016 Al-Quwa Al-Jawiya Basim Qasim
2017 Al-Quwa Al-Jawiya Hussam Al Sayed
2018 Al-Quwa Al-Jawiya Basim Qasim
2019 Al-Ahed Bassem Marmar
2020Cancelled due to the COVID-19 pandemic in Asia
2021 Al-Muharraq Isa Sadoon Al-Hamdani
2022 Al-Seeb Rashid Jaber
2023-24 Central Coast Mariners Mark Jackson

Barcha davrlarning eng yaxshi toʻpurarlari

2020-yil 11-mart holatiga koʻra toʻgri[7]

FutbolchiKlub(lar)Gollar
1 Bienvenido Marañón Ceres-Negros
35
2 Mahmoud Shelbaieh Al-Wehdat
34
3 Aleksandar Đurić Geylang United, Singapore Armed Forces, Tampines Rovers
32
Amjad Radhi Erbil SC, Al-Quwa Al-Jawiya
32
5 Bader Al-Mutawa Qadsia SC
30
Rico Al-Muharraq, Al-Riffa, Al-Hidd
30
7 Ali Ashfaq Club Valencia, New Radiant, VB Sports Club
29

Yana qarang

Manbalar

Havolalar