Oysha

payg'ambar Muhammad uchinchi xotini

Oysha binti Abu Bakr (arabcha: عائشة; 613/614[1][2]—678[3]) — Muhammadning ( sollallohu alayhi vasallam ) xotini, birinchi xalifa Abu Bakrning ( roziyallohu anhu ) qizi. Laqablari Siddiqa, unvonlari Ummun-moʻminun (Moʻminlar onasi)dir. Muhammad ( sollallohu alayhi vasallam ) vafotlaridan keyin Oysha (roziyallohu anhu ) xalifalik hokimiyatiga nomzodlar oʻrtasidagi munozaralarda paygʻambarning safdoshlari Talha va Zubayr tomonida turib, Ali ( roziyallohu anhuu ) tarafdorlariga qarshi chiqqanlar. Oysha ( roziyallohu anhu ) Muhammad ( sollallohu alayhi vasallam ) umrining oxirigacha u bilan birga yashagani tufayli juda koʻp hadislarning roviysi hisoblanadilar. Sahobalar baʼzi oilaviy munosabatlarga doir murakkab masalalarni undan soʻrab bilib olar edilar. Xalifalar — Abu Bakr (roziyallohu anhu), Umar ( r.a ) va Usmon ( roziyallohu anhu ) zamonlarida fatvolar ham berganlar. Oysha (roziyallohu anhu ) tafsir, hadis, fiqhni mukammal bilgan, arab tili va adabiyotidan yaxshi xabardor boʻlgan. Madinadagi Baqiy qabristoniga dafn qilinganlar[4].

Manbalar




11 Oyimjon isimli oddiy qiz