Qon guruhlari

Qon guruhi — eritrotsitlarning individual antigen xarakteristikalarining tavsifidir. Bu eritrotsitlar membranasidagi uglevod va oqsillarning kimyoviy tarkibi orqali aniqlanadi.

Odamda antigenlarning bir necha tizimi aniqlangan, ulardan asosiylari ushbu maqolada yoritilgan.

Qon guruhlari tipologiyasi

AB0 tizimi

  • α va β: birinchi (0)
  • A va β: ikkinchi (A)
  • α va B: uchinchi (B)
  • A va B: toʻrtinchi (AB)
Qon qizil qon tanachalarining moslik jadvali
RetsipiyentDonor
0(I)Rh−0(I)Rh+B(III)Rh−B(III)Rh+A(II)Rh−A(II)Rh+AB(IV)Rh−AB(IV)Rh+
AB(IV)Rh+XXXXXXXX
AB(IV)Rh−X X X X 
A(II)Rh+XX  XX  
A(II)Rh−X   X   
B(III)Rh+XXXX    
B(III)Rh−X X     
0(I)Rh+XX      
0(I)Rh−X       

Plazma mosligi

Plazma mosligining jadvali
Donor qonining tipiRetsipiyent boʻlishi mumkin
ABAB
AA yoki AB
BB yoki AB
OIstalgan qon tipi

Qon guruhi haqidagi maʼlumotlarning qoʻllanishi

Qon quyish

Mos kelmagan guruhni qonini quyish immunologik reaksiya, eritrotsitlarning yopishishi (agregatsiya)ga olib keladi. Bu esa oʻz navbatida gemolitik anemiya, buyraklardagi yetishmovchilik, shok va vafotga sababchi boʻladi.

Qon guruhi haqida maʼlumotlar ayrim davlatlarda pasportlarga kiritiladi, harbiylarda ular kiyimga yozilishi mumkin.

ABO va Rh guruhlarining turli davlatlarda taqsimlanishi

ABO va Rh guruhlarining taqsimlanishi (populyatsiyada oʻrtacha hisobda)
DavlatO+A+B+AB+O−A−B−AB−
Avstraliya[1]40%31%8%2%9%7%2%1%
Belgiya[2]38%34%8.5%4.1%7%6%1.5%0.8%
Kanada[3]39%36%7.6%2.5%7%6%1.4%0.5%
Daniya[4]35%37%8%4%6%7%2%1%
Finlandiya[5]27%38%15%7%4%6%2%1%
Fransiya[6]36%37%9%3%6%7%1%1%
Gonkong, Xitoy[7]40%26%27%7%<0.3%<0.3%<0.3%<0.3%
Janubiy Quriya[8]27.4%34.4%26.8%11.2%0.1%0.1%0.1%0.05%
Niderlandlar[9]39.5%35%6.7%2.5%7.5%7%1.3%0.5%
Polsha[10]31%32%15%7%6%6%2%1%
Shvetsiya[11]32%37%10%5%6%7%2%1%
Buyuk Britaniya[12]37%35%8%3%7%7%2%1%
AQSh[13]38%34%9%3%7%6%2%1%

Irimlar

Yaponiyada qon guruhi xarakterni belgilaydi degan fikr keng yoyilgan. Qon guruhi haqidagi savolni hattoki ishga qabul qilishayotganda ham berishlari mumkin.

Manbalar