Qotishma

Qotishma kamida bittasi metall boʻlgan ikki yoki undan koʻp unsurlarning qattiq aralashmasidir. Qotishma metall xossalariga ega boʻlgani bilan, tarkibidagi moddalardan farq qiladi.

Poʻlat eng keng qoʻllaniladigan qotishma boʻlib, temirni 0.02-1.7% massali uglerod bilan aralashtirish natijasida hosil qilinadi.

Bir metalldan yasalgan qotishma shu metall xossalarini yaxshilaydi. Masalan, poʻlat uning asosiy masalligʻi - temirdan mustahkamroqdir. Odatda qotishmalar ularning masalliqlarini eritib, aralashtirish natijasida hosil qilinadi. Qotishmalar mashinasozlik, kemasozlik, aviatsiya va qurilish sanoatlarida qoʻllaniladi.

Qotishmalar

Keng miqyosda ishlab chiqariladigan qotishmalarga quyidagilar misol boʻladi:

Qotishma nomiTarkibiXossasiQoʻllanilishi
Bronza80 – 92% Cu
2%Zn
6%Sn, Al, Pb, Si
QattiqMashina qismlari, qurollar, sanʼat asarlari
Jez60 – 90% Cu
40 – 10% Zn
Yemirilishga barqaror, egiluvchanligi yuqoriMashina ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida, xoʻjalik buyumlar ishlab chiqarishda
Melxior70 – 80% Ni
18 – 30% Cu, Fe, Mn aralashmasi
Yemirilishga barqaror, koʻrinishi chiroyli yaltiroqTibbiy texnika, turmushda qoʻllaniladigan idishlar, zargarlik buyumlari
Dyuralyuminiy80 – 95% Al
13 – 1,5% Cu
0,5% Mg
0,5% Mn va boshqalar
Bardoshli, yengilAviatsiyada, velosiped qismlari va boshqalar
Monel-metall65 – 70% Ni
30% Cu, Fe, Mn aralashmalari
Yemirilishga barqaror, ishqalanishga chidamliKimyo, neft sanoatida, tibbiyotda, kema, moneta yasashda ishlatiladi
Zanglamaydigan poʻlat60 – 80% Fe
10 – 20% Cr
8 –20% Ni va boshqalar
Mexanik barqarorlik, yemirilishga barqarorXirurgiya asboblari, idish-tovoqlar
NixromNi, Cr, Fe, MnYuqori elektrli toʻsiq, yuqori haroratga chidamliElektr qizdirish elementlari

Havolalar