Siynaband

 

To'liq qoplaydigan siynaband
Chuqur siynaband
Boloxonador siynaband

Siynaband yoki Byustgalter (fransuzcha Brassiere yoki brassière AQSh: /brəˈzɪər/, BB: /ˈbræsɪər/ yoki /ˈbræzɪər/; fransuzcha: [bʁasjɛʁ][1]) — ayollarning siynalarini tutish va yopish uchun ishlatiladigan, shaklga mos ichki kiyimdir. Oddiy siynaband koʻkrak qafasini yelkalar bilan bogʻlovchi kamardan iborat boʻlib, ikkita koʻkrakni tutib turuvchi piyolasimon maxsus matodan iborat. Byustgalter odatda orqa tomondan ilgak va mahkamlagich yordamida mahkamlanadi. Turli xil uslub va oʻlchamlarda, jumladan old tomondan mahkamlanadigan va orqasi yoʻq dizaynlarda ham mavjud. Baʼzilari muayyan funksiyalar uchun moʻljallangan. masalan, emizishni osonlashtiradigan yoki mashqlar paytida noqulaylikni kamaytirish uchun maxsus siynabandlar bor[2][3].

Manbalar