Toʻgʻri toʻrtburchak

Yevklid geometriyasida, toʻgʻri toʻrtburchak hamma burchaklari toʻgʻri (yaʼni 360°/4 = 90°ga teng) boʻlgan yassi toʻrtburchak sanaladi.[1][2][3] Toʻgʻri toʻrtburchakning xossalari: birinchisi, qarama-qarshi tomonlari teng va parallel; ikkinchisi, diagonallari teng va kesishish nuqtasi teng ikkiga boʻlinadi; uchinchisi, ikkita simmetriya oʻqiga ega; toʻrtinchisi, tashqi aylana chizish mumkin; beshinchisi, yuzi eni bilan boʻyining koʻpaytmasiga teng: S=ab. Toʻgʻri toʻrtburchakning eni va boʻyi teng boʻlsa, kvadrat hosil boʻladi.

Manbalar

Havolalar