Voyager 1

Voyager 1 (talaffuzi: Voyajer 1) fazo apparati Qoʻshma Shtatlarning NASA fazo agentligi tomonidan Voyager dasturi doirasida ishlab chiqilgan ikki fazoviy zondidan biridir. Massasi — 722 kg. 1977-yil 5-sentyabrda Quyosh tizimi va yulduzlararo fazoni oʻrganish maqsadida uchirilgan. Voyager 1 Deep Space Network tarmogʻi bilan maʼlumot almashib turadi. 2013-yil avgustida Voyager 1 Quyoshdan 125 AB masofa uchib,[1][2] odam yasagan jismlar ichidan Yerdan eng uzoqlashgani boʻldi. 2012-yil sentyabrida NASA Voyager 1 2012-yil 25-avgustida yulduzlararo fazo mintaqasiga kirganini eʼlon qildi.[3][4][5][6][7][8] 2013-yilga kelib, zondning Quyoshga nisbatan tezligi 17 km/s ga yetdi.[9] Zonddagi energiya manbalari 2025-yilgacha ishlab turishi mumkin.

Voyager zondlaridan birining surati. NASA, 1977.

Yana qarang

Manbalar

Havolalar