Xalqaro standartlashtirish tashkiloti

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (XST) (inglizcha: International Organization for Standardization; fransuzcha: Organisation internationale de normalisation; qisqartmasi ISO /ˈs/[3]) — butun jahon mamlakatlari uchun umumiy boʻlgan (xalqaro) standartlarni ishlab chiqish hamda standartlashtirish sohasida jahon miqyosida hamkorlik qilish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilot. Londonda 1946-yil taʼsis qilingan. Idorasi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan[4]. Xalqaro standartlashtirish tashkilotiga 167 mamlakatning standartlashtirish milliy tashkiloti aʼzo (2022).

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti
Qisqartma ISO
Turi Nodavlat tashkilot
Ishga tushgan sanasi 23-fevral, 1947-yil (77 yil avval) (1947-02-23)
Joylashuvi Jeneva, Shveysariya
Prezidenti Ulrika Francke
Aʼzolari 167 ta aʼzo[1]
Vebsayti iso.org
Til(lar)i
ISO Members.svg

Manbalar

Havolalar