Yangi ahd
Yangi ahd — Bibliyaning bir qismi. Qadimgi ahddan farqli ravishda faqat xristianlikda eʼtirof etiladi. 4 injil va boshqalar muqaddas yozuvlar toʻplamidan iborat. Yunon tilida yozilgan. Unda Iso Masihning yerdagi hayoti, u chekkan azob-uqubatlar, koʻrsatgan moʻʼjizalari, tirilishi va boshqalar haqidagi rivoyatlar, pand-nasihatlar bor. taxminan 1-asrning 2-yarmi — 2-asr boshlarida yaratilgan. Yangi ahd xristianlikning paydo boʻlishi tarixini oʻrganishda muhim manbalardan hisoblanadi.
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari