Kontent qismiga oʻtish

Suharto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suharto (Suharto) (1921.8.6, Kemusu, Jokyakarta yaqinida) — Indoneziya davlat arbobi, general. Indoneziya xalqining Gollandiya mustamlakachilariga qarshi qurolli kurashida qatnashgan (19451949); Indoneziyaga tegishli Gʻarbiy Irianni ozod etish uchun tuzilgan qoʻshinlarga boshchilik qilgan (1962—63). S. zaxiradagi strategik piyoda qoʻshinlar qoʻmondoni (1963—1965), keyinchalik hokimiyatni harbiy guruhlar boshqargan paytda piyoda qoʻshinlar vaziri (1965-yil 30 sent.). 1966-yil martdan hokimiyat tepasida. Uning hukmronligi davri shafqatsiz qatag'onlar bilan xarakterlanadi - asosan sotsialistlar va ularning tarafdorlariga qarshi, shuningdek, bu narsalarda shunchaki gumon qilingan; turli hisob-kitoblarga ko'ra, uning qatag'onlari 500 mingdan 2 milliongacha odamning hayotiga zomin bo'lgan. 1997-yilda Osiyo bozorlaridagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz Indoneziyaga katta zarar yetkazgan, mamlakatda siyosiy tanazzul yuz bergan (1998-yil may). S. isteʼfoga chiqishga majbur boʻlgan[1].

Manbalarmanbasini tahrirlash


🔥 Top keywords: Maxsus:SearchBosh SahifaBirinchi yordamSayyoraAmir TemurVoleybolKoinotAlisher NavoiyBasketbolBotir ZokirovOʻzbekistonFeʼlAbdurauf FitratAbu Rayhon BeruniyJadidchilikFutbolHalima XudoyberdiyevaBirlashgan Millatlar TashkilotiKitobIslomIkkinchi jahon urushiNaqshFalsafaQoraqalpogʻistonTasviriy sanʼatYozAbu Ali ibn SinoOrol dengiziUslubDunyo aholisiAmerika Qoʻshma ShtatlariMicrosoft ExcelPoliz ekinlariInternetFutbol maydoniBirinchi jahon urushiTinish belgilariGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqAllohning 99 nomi