Alfredo Di Stéfano

Alfredo Stefano Di Stéfano Laulhé [2] (1926-yil 4-iyul — 2014-yil 7-iyul) Argentinada tugʻilgan. Professional futbolchi va murabbiy boʻlib, hujumchi sifatida yorqin oʻyin koʻrsatgan, barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri hisoblanadi. „Saeta rubia“ („Sariq oʻq“) laqabi bilan[3][4][5] u "Real Madrid" da koʻplab yutuqlar yutgan, u klubning 1950-yillardag Evropa kubogi va La Ligadagi hukmronligida muhim rol oʻynagan. Fransisko Gento va Xose Mariya Zarraga bilan birga u beshta finalning har birida gol urgan beshta gʻalabaning barchasida ishtirok etgan. Di Stefano Madridga koʻchib oʻtgandan keyin asosan Ispaniya terma jamoasida futbol oʻynagan, ammo Argentina va Kolumbiya terma jamoalarida ham oʻynagan.

Alfredo Di Stéfano
Di Stéfano 1960-yil Ispaniya uchun o`yinda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiAlfredo Stéfano Di Stéfano Laulhé[1]
Tavallud sanasi4-iyul 1926-yil
Tavallud joyiBuenos Aires, Argentina
Vafot sanasi7-iyul 2014-yil(2014-07-07)
(88 yoshda)
Vafot joyiMadrid, Ispaniya
Boʻyi1.78 m
AmpluasiHujumkor yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1940-1943Unión Progresista
1944-1945River Plate
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1945-1949River Plate66(49)
1945-1946→ Huracán (loan)25(10)
1949-1953Millonarios101(90)
1953-1964Real Madrid282(216)
1964-1966Espanyol47(11)
Milliy terma jamoa
1947Argentina6(6)
1949Kolumbiya4(0)
1957-1962Ispaniya31(23)
Boshqargan klublari
1967-1968Elche
1969-1970Boca Juniors
1970-1974Valencia
1974Sporting CP
1975-1976Rayo Vallecano
1976-1977Castellón
1979-1980Valencia
1981-1982River Plate
1982-1984Real Madrid
1985Boca Juniors
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Di Stefano oʻzining professional faoliyatini 1943-yilda Argentinaning " River Pleyt " klubida 17-yoshida boshlagan. 1946-yilgi mavsumda u „Atletiko Huracan“ klubiga ijaraga berildi, ammo 1947-yilda „River“ga qaytdi. 1949-yilda Argentinadagi futbolchilarning ish tashlashi tufayli Di Stefano Kolumbiya chempionatining Bogotaning " Millonarios " jamoasiga yoʻl oladi.[6] U Argentina va Kolumbiyadagi faoliyatining dastlabki 12 yilida oltita chempionlikni qo‘lga kiritdi.[7][8] Real Madrid bilan shartnoma imzolaganidan soʻng u barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan birining ajralmas qismi boʻldi. Di Stefano „Real“ safida maydonga tushib 282 oʻyinda 216 ta gol urdi (oʻsha paytdagi klub rekordi, Raul va Krishtianu Ronaldudan oʻzib ketgan edi), klubda u Ferens Pushkash bilan muvaffaqiyatli juftlik sifatida ajoyib oʻyinlar koʻrsatdi. Di Stefanoning 58 oʻyinda 49 ta gol urib evrokuboklar tarixidagi eng yuqori koʻrsatkich boʻldi. Oradan ancha yillar oʻtib 2005-yil „Real Madrid“ futbolchisi Raul ushbu rekordni ortda qoldirdi. Di Stefano 1956-1960 yillar oraligʻida „Real Madrid“ safida ketma-ket beshta evrokubok finallarida gol urgan boʻlib, shu jumladan oxirgisida xet-trik . Di Stefanoning klubdagi faoliyatining eng yorqin voqea 1960-yilda Hampden Parkda boʻlib oʻtgan Evropa kubogi finalida Frankfurtning „Ayntraxt“ ustidan 7:3 hisobidagi gʻalabasi boʻlgan, ushbu oʻyini koʻpchilik muhlislar bevosita kuzatib borib Evrokubog finallaridagi eng yorqin deb esda saqlab qolishgan.[6] U 1964-yilda " Espanyol "ga koʻchib oʻtdi va u yerda 40 yoshga chiqqunga qadar oʻynadi.[8]

Real Madriddagi faoliyati

Di Stefano 11 yil davomida „Real Madrid“ safida toʻp surdi va shu yillar oraligʻida 8 marta Ispaniya chempioni, 1 marta Ispaniya kubogi, 2 marta Lotin kubogi, 5 marta ketma-ket Chempionlar kubogi (barcha finallarda urgan), 1 marta Qitʼalararo kubok, bir nechta shaxsiy unvonlar, shu jumladan 5 marta liga toʻpurari boʻldi. U 510 ta oʻyinda 418 ta gol urdi, shundan 396 ta rasmiy oʻyinda, 308 ta gol (Chempionlar kubogidagi 59 ta oʻyinda 49 ta gol) klub tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi, bir necha oʻn yillar oʻtib, Raul bu rekorddan oʻtib ketdi va soʻng Krishtianu Ronaldu tomonidan bu rekord qayt etildi.

Oʻyin uslubi

Juda kuchli oʻyinchi sifatida qaralgan. Di Stefano kuchli, tezkor, mohir va sermahsul gol muallifi boʻlib, ajoyib chidamlilik, taktik jihatdan koʻp qirrali, kreativ va koʻrish qobiliyatiga ega, maydonning deyarli istalgan joyida oʻynay olagan.[9][10][11]

Shaxsiy hayoti

Di Stefano 1950-yilda Sara Freitesga uylandi; ularning olti farzandi bor edi: Alfredo, Ignasio, Sofiya, Silvana, Xelena va Nanetta. Sara 2005-yilda vafot etdi [12] 2013 yilda Di Stefanoning farzandlari undan 50 yosh kichik boʻlgan Kosta-Rikalik kotibi Jina Gonsales bilan rejalashtirilgan nikoh toʻyining oldini olish uchun uni va uning mol-mulkini vasiylikka olishdi.[13]

Monako knyazligining dengiz boʻyida joylashgan „Chempionlar yurishi“da Di Stefanoning " Oltin oyoq " mukofoti.

Murabbiylik faoliyati

Boka Xuniors

  • Primera divizioni : 1969 yil
  • Argentina kubogi : 1969 yil

River Pleyt

  • Torneo Nacional: 1981 yil

Valensiya

  • La Liga : 1970-71
  • Evropa kubogi gʻoliblari kubogi : 1979-80
  • Segunda divizioni : 1986-87

Real Madrid

Rekordlari

  • Evropa kubogi finallarida eng koʻp gol urgan futbolchi: beshta [14]
  • Ketma-ket yevrokuboklarning eng ko‘p finalida gol urgan: beshta
  • Evrokuboklar finallarida urilgan eng koʻp gol: 7ta (Ferents Pushkash bilan birga)
  • Super Oltin toʻpga sazovor boʻlgan yagona futbolchi [15]

Havolalar

Manbalar