California texnologiya instituti


California texnologiya instituti (inglizcha California Institute of Technology; Caltech)[2] Kaliforniya shtatining Pasadena shahrida joylashgan xususiy tadqiqot universitetidir. Universitet ilm-fan va muhandislikdagi salohiyati bilan tanilgan hamda AQShdagi texnologiya institutlarining kichik guruhlaridan biri sanaladi. Bu institut, asosan toza va amaliy fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan.

California texnologiya instituti
Shiori The truth shall make you free[1]
Asos solingan 23-sentyabr, 1891-yil (132 yil avval) (1891-09-23)
Oʻquv yurti turi Xususiy tadqiqot universitet
Rektori Thomas F. Rosenbaum
Talabalari 2 233 (2018–19)
Vebsayti caltech.edu

118°7′30″W / 34.1375000000000028°N 118.12500°W / 34.1375000000000028; -118.12500 G O

Caltech 1891-yilda Amos G. Throop tomonidan kasb-hunar va tayyorlov maktabi oʻlaroq tashkil etilgan hamda 20-asrning boshlarida George Ellery Hale, Arthur Amos Noyes va Robert Andrews Millikan kabi nufuzli olimlarni oʻziga jalb qila boshladi. 1910-yilda kasb-hunar va tayyorlov maktablari tarqatilib yuborildi va 1920-yilda ushbu kollej hozirgi nomini oldi. 1934-yilda Caltech Amerika universitetlari assotsiatsiyasi (inglizcha: Association of American Universities) ga saylandi.[3][4]

Caltech talabalar demografiyasi (2019–20)[5]
UndergraduateBitiruvchi
Oq amerikaliklar27%32%
Osiyolik amerikaliklar37%10%
Kam sonli ozchiligi23%6%
Xalqaro8%47%
Nomaʼlum5%4%

Manbalar

Havolalar