Yozgi Olimpiada o‘yinlarida futbol

(Futbol Olimpiada o‘yinlaridadan yoʻnaltirildi)

Yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi futbol musobaqasi birinchi marta 1900-yilda Parijdagi Yozgi Olimpiyada o‘yinlarida joriy qilingan. 1932-yildan Los-Anjelesdagi Yozgi Olimpiya o‘yinlaridan tashqari har bir o‘yinlar dasturiga kiritilgan.

Dastlab, musobaqa erkaklar uchun, 1996-yildn esa esa Atlantadagi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida alohida turnir sifatida o‘tkazila boshlangan.Olimpiyadadagi erkaklar futboli (boks, golf, tennis va xokkey bilan bir qatorda) sport turlaridan biri bo‘lib, unda oltin medal oliy yutuq hisoblanmagan. Qolaversa, Olimpiya futboli maqomi jihatidan nafaqat jahon chempionati, balki Yevropa va Amerika qitʼa chempionatlaridan quyi o‘rinlarda turgan.

Tarixi

Futbol sport turi sifatida birinchi marta Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida paydo bo‘lgan. Unda Fransiya, Belgiya va Buyuk Britaniyaning uchta klubi ikkitadan o‘yin o‘tkazgan. Dastlab „Apton Park“(Londonda joylashgan sobiq futbol stadioni) maydonida Fransiyaning „Union France de Sports Athletic“ jamoasi Belgiyaning Bryussel erkin Frankofoniya universiteti klubi bilan to‘qnash kelgan va 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Britaniyaliklar esa fransuzlarni 4:0 hisobida mag‘lub etishgan va birinchi Olimpiya chempionlari deb eʼlon qilingan. Fransiya ikkinchi, Belgiya jamoasi uchinchi o‘rinni egallagan.

Shuningdek, 1904-yilda Sent-Luise (AQShning Missuri shtatida joylashgan mustaqil shahar)da o‘tkazilgan navbatdagi Olimpiya o‘yinlarida uchta jamoa futbol o‘ynagan.Turnirda Kanadaning „Galt“ (Kanadaning Galt shahrida joylashgan futbol klubi) klubi va Amerikaning ikki jamoasi ishtirok etgan: Sent-Rouz Paris va Christian Brothers College High School jamoalari.Kanadaliklar Amerikaning ikkala jamoasini mag‘lub etib, chempion bo‘lgan, AQShning ikki jamoasi esa olimpiya o‘yinlarining kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.Hozirda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bu ikkala musobaqani ham rasmiy Olimpiyada o‘yinlarining dasturiy qismi deb hisoblaydi, FIFA va IFFHS esa ularni ko‘rgazmali musobaqalar deb tasniflaydi va statistikaga kiritmaydi.

1904-yilga kelib, Xalqaro futbol federatsiyasi tashkil topgan va keyingi 1908-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlaridan boshlab bu tashkilot Olimpiya oʻyinlaridagi futbol musobaqalarini boshqarib borgan. O‘shandan beri futbol turnirida har bir mamlakatdan faqatgina bitta terma jamoalar ishtirok etgan (1908-yilgi o‘yinlarda Fransiyadan ikkita jamoaning ishtiroki bundan mustasno). Shuningdek, „Olimpiya tizimi“ bitta nokautli oʻyindan iborat boʻlgan musobaqa formati sifatida joriy etilgan va turnirda faqat havaskor futbolchilar ishtirok etishiga qaror qilingan.

1930-yil birinchi jahon chempionati oʻtkazilgunga qadar futbol boʻyicha Olimpiya turniri ushbu sport turidagi muhim xalqaro musobaqa hisoblangan. Ammo unda professional futbolchilarning ishtirok etishi taqiqlanganligi sababli bu maqom jahon chempionatiga oʻtkazilgan. FIFA 1924- va 1928-yillardagi Olimpiya turnirlarini rasman „havaskorlar jamoalari oʻrtasidagi jahon chempionati“, yaʼni zamonaviy jahon chempionatining bevosita salaflari sifatida tan olgan[1].

1960-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlaridan boshlab musobaqa formati o‘zgargan va ishtirokchilar soni cheklangan. Shu paytdan boshlab 16 ta jamoa to‘rtta jamoadan to‘rtta guruhga bo‘lingan va o‘z guruhlaridagilar bilan o‘ynagan. Guruhlardagi yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalar pley-offga yo‘llanma olgan.

1984-yilga kelib cheklangan hududlar bo‘yicha professional oʻyinchilarga Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiyada oʻyinlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan. Jumladan, Osiyo, Afrika, KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi futbol konfederatsiyasi) hududi va Okean orti davlatlari ushbu ro‘yhatdan o‘rin olgan. Taqiq 1992-yilda butunlay olib tashlangan va shu bilan birga, futbolchilar uchun qisman yosh chegarasi joriy qilingan. Ular 23 yoshdan oshmasligi belgilangan.

1996-yildan boshlab esa har bir jamoada turli yoshdagi uchta futbolchi o‘ynashiga ruhsat etilgan, ammo qolgan o‘yinchlar 23 yosh katta bo‘lmasligi belgilab qo‘yilgan.

Musobaqa g‘oliblari

Erkaklar

YilO‘tkazilgan joyiFinal3-o‘rin uchun o‘yin
1-o‘yinHisob2-o‘yin3-o‘yinHisob4-o‘yin
19001  Fransiya Parij  GBR4:0  Fransiya  Belgiya
19041  AQSh Sent-Luis  Kanada  AQSh  AQSh
1908  GBR London  GBR2 : 0  Daniya  Niderlandiya2 : 0  Shvetsiya
1912  Shvetsiya Stokgolm  GBR4 : 2  Daniya  Niderlandiya9 : 0  Finlandiya
1920  Belgiya Аntverpen  Belgiya2  Ispaniya  Niderlandiya  Italiya
1924  Fransiya Parij  Urugvay3 : 0   SUI  Shvetsiya1 : 1
takroriy
3 : 1
 Niderlandiya
1928  Niderlandiya Аmsterdam  Urugvay1 : 1
takrorlash
2 : 1
 Argentina  Italiya11 : 3 Misr
1936 Berlin  Italiya2 : 1
qo‘sh. vaqt
 Avstriya  Norvegiya3 : 2  Polsha
1948  GBR London  Shvetsiya3 : 1  YUG  Daniya5 : 3  GBR
1952 Xelsink  Vengriya2 : 0  YUG  Shvetsiya2 : 0  Germaniya
1956 Melburun  SSSR1 : 0  YUG  Bolgariya3 : 0  IND
1960  Italiya Rim  YUG3 : 1  Daniya  Vengriya2 : 1  Italiya
1964 Tokio  Vengriya2 : 1
Chexoslovakiya Birlashgan Germaniya jamoasi3 : 1 Misr
1968 Mexiko  Vengriya4 : 1  Bolgariya  Yaponiya2 : 0  Meksika
1972 Myunxen  Polsha2 : 1  Vengriya  GDR i  SSSR
2 : 23
1976 Monreal  GDR3 : 1  Polsha  SSSR2 : 0  Braziliya
1980 Moskvo Chexoslovakiya1 : 0  GDR  SSSR2 : 0  YUG
1984 Los-Anjeles  Fransiya2 : 0  Braziliya  YUG2 : 1  Italiya
1988 Seul  SSSR2 : 1
qo‘sh. vaqt
 Braziliya Germaniya3 : 0  Italiya
1992 Barselona  Ispaniya3 : 2  Polsha  Gana1 : 0  Avstraliya
1996 Atlanta  Nigeriya3 : 2  Argentina  Braziliya5 : 0  Portugaliya
2000 Sidney  Kamerun2 : 2
penal. bo‘yicha
5 : 3
 Ispaniya  Chili2 : 0  AQSh
2004 Afina  Argentina1 : 0  Paragvay  Italiya1 : 0  Iroq
2008 Xitoy  Argentina1 : 0  Nigeriya  Braziliya3 : 0  Belgiya
2012 London  Meksika2 : 1  Braziliya  Janubiy Koreya2 : 0  Yaponiya
2016 Rio-de-Janeyro  Braziliya1 : 1
pen.bo‘yicha
5 : 4
 Germaniya  Nigeriya3 : 2  Honduras
2020 Tokio  Braziliya2 : 1
qo‘sh.vaqt
 Ispaniya  Meksika3 : 1  Yaponiya

1. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan rasmiy deb tan olingan turnirlar; FIFA ularni koʻrgazma deb biladi, chunki ular tashkil etilishidan oldin o‘tkazilgan.2. Final uchrashuvining birinchi bo‘limida (Belgiya — Chexoslovakiya) 2:0 hisobida belgiyaliklar foydasiga hal bo‘lgan chexoslovakiyalik futbolchilar hakamlikdan norozi bo‘lib, maydonni tark etishgan va buning uchun diskvalifikasiya qilingan. Ikkita g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha turnir o‘tkazilib, final o‘yinida Ispaniya terma jamoasi Gollandiya termasini mag‘lub etgan (3:1) va ikkinchi o‘rinni egallagan. Gollandiya 3-o‘rinda qolgan.3. Tashkiliy qo‘mita qarori bilan bronza uchun bahsda maydonga tushgan jamoalar qo‘shimcha o‘yindan ozod etilgan va har ikkisi ham bronza medallari bilan taqdirlangan.

Ayollar

YilO‘tkazilgan joyiFinal3-o‘rin uchun o‘yin
1-o‘rinHisob2-o‘rin3-o‘rinHisob4-o‘rin
1996-yil
Ko‘rib chiqish
Atlanta  AQSh2 : 1  Xitoy  Norvegiya2 : 0  Braziliya
2000-yil
Ko‘rib chiqish
Sidney  Norvegiya3 : 2
qo‘sh. vaqt
 AQSh  Germaniya2 : 0  Braziliya
2004-yil
Ko‘rib chiqish
Afina  AQSh2 : 1
qo‘sh. vaqt
 Braziliya  Germaniya1 : 0  Shvetsiya
2008-yil
Ko‘rib chiqish
Xitoy  AQSh1 : 0
qo‘sh. vaqt
 Braziliya  Germaniya2 : 0  Yaponiya
2012-yil
Ko‘rib chiqish
London  AQSh2 : 1  Yaponiya  Kanada1 : 0  Fransiya
2016-yil
Ko‘rib chiqish
Rio-de-Janeyro  Germaniya2 : 1  Shvetsiya  Kanada2 : 1  Braziliya
2020-yil
Ko‘rib chiqish
Tokio  Kanada1 : 1
pen, bo‘yicha. 3 : 2
 Shvetsiya  AQSh4 : 3  Avstraliya

Medallar reytingi

Umumiy reyting

OʻrinMamlakatOltinKumushBronzaJami
1  AQSh4228
2  Vengriya3115
3  GBR3003
4  Braziliya2529
5  Argentina2204
6  SSSR2035
7  Kanada2024
8  Urugvay2002
9  YUG1315
10  Ispaniya1304
11  Shvetsiya1225
12  Polsha1203
13  Germaniya1135
14  GDR1113
 Nigeriya1113
16 Chexoslovakiya1102
 Fransiya1102
18  Italiya1023
 Norvegiya1023
20  Belgiya1012
 Meksika1012
22  Kamerun1001
23  Daniya0314
24  Bolgariya0112
 Yaponiya0112
26   SUI0101
 Avstriya0101
 Xitoy0101
 Paragvay0101
30  Niderlandiya0033
31  Gana0011
 Chili0011
Germaniya birlashgan jamoasi0011
Germaniya0011
Janubiy Koreya0011
Jami32323397

Erkaklar

OʻrinMamlakatOltinKumushBronzaJami
1  Vengriya3115
2  GBR3003
3  Braziliya2327
4  Argentina2204
5  SSSR2035
6  Urugvay2002
7  YUG1315
8  Ispaniya1304
9  Polsha1203
10  GDR1113
 Nigeriya1113
12 Chexoslovakiya1102
 Fransiya1102
14  Shvetsiya1023
 Italiya1023
16  Belgiya1012
 Meksika1012
18  Kanada1001
 Kamerun1001
20  Daniya0314
21  AQSh0112
 Bolgariya0112
23   SUI0101
 Avstriya0101
 Germaniya0101
 Paragvay0101
27  Niderlandiya0033
28  Norvegiya0011
 Yaponiya0011
 Gana0011
 Chili0011
Germaniya birlashgan jamoasi0011
Germaniya0011
 Janubiy Koreya0011
Jami26262779

Ayollar

OʻrinMamlakatOltinKumushBronzaJami
1  AQSh4116
2  Germaniya1034
3  Kanada1023
4  Norvegiya1012
5  Braziliya0202
6  Xitoy0101
 Yaponiya0101
 Shvetsiya0202
Jami77721

Gol mualliflari

Erkaklar

O‘rinO‘yinchiMamlakatGollarTurnirlar
1.Antal Dunai Vengriya131968 (6), 1972 (7)
1.Sofus Nilsen Daniya131908 (11), 1912 (2)
3.Ferens Bene Vengriya121964 (12)
4.Domingo Taraskoni Argentina111928 (11)
Pedro Petrone Urugvay111924 (7), 1928 (4)
6.Kazimej Deyna Polsha101972 (9), 1976 (1)
Gotfrid Fuks Germaniya101912 (10)
8.Garold Uolden Buyuk Britaniya91912 (9)
Vilgelm Volfhagen Daniya91908 (8), 1912 (1)
10.Ektor Skarone Urugvay81924 (5), 1928 (3)

Ayollar

O‘rinO‘yinchilarMamlakatGollarTurnirlar
1.Kristina Braziliya142004 (5), 2008 (5), 2012 (2), 2016 (2)
1.Birgit Prins  GBR Germaniya101996 (1), 2000 (3), 2004 (5), 2008 (1)
3.Pretinya Braziliya81996 (4), 2000 (1), 2004 (3)
4.Marta Braziliya62004 (3), 2008 (3)
5.Tiffeni Milbrett  AQSh51996 (2), 2000 (3)
5.Sun Ven Xitoy51996 (1), 2000 (4)
5.Mia Hemm  AQSh51996 (1), 2000 (2), 2004 (2)

Manbalar

Havolalar

Adabiyotlar

Мохов Ю. Ф.. Футбол на Олимпиадах. Минск: Полымя, 1980.