Ivan Rakitić

Ivan Rakitić (talaffuzi: Ivan Rakitich; 1988-yil 10-martda Shveysariyada tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi, Ispaniyaning „Sevilla“ futbol klubi yarim himoyachisi[1].

Ivan Rakitić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiIvan Rakitić
Tavallud sanasi10-mart 1988-yil (1988-03-10) (36 yosh)
Tavallud joyiRheinfelden, Shvetsariya
Boʻyi1.84 m
Ampluasihimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sevilla
Raqami10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992—1995Möhlin-Riburg
1995—2005FC Basel

Klublardagi faoliyati

Ivan Rakitić „Basel“ klubi futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanagan. 2005-yilda asosiy jamoa safidada debyut qilgan. Ikki mavsumni Shveysariya klubining markazida oʻtkazganidan soʻng, 2007-yilning yozida Ivan Rakitić Germaniyaning „Schalke 04“ futbol klubiga oʻtgan va buning uchun 97 oʻyin davomida 12 gol urgan. 2010—2011-yilgi Ispaniyaning „Sevilla“ futbol klubiga oʻtgan va u bilan oʻzining ilk Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan. Jamoadagi 3,5 yil davomida 117 uchrashuv oʻtkazib, 27 gol urib, klub sardori va yetakchisiga aylangan. 2014-yilning iyun oyida u "Barcelona" futbol klubi futbolchisiga aylangan. 2020-yil sentabrida klubda 6 yil o‘tkazgandan so‘ng u „Sevilla“ futbol klubiga qaytgan.

Xalqaro faoliyati

Ivan Rakitićning birinchi xalqaro tajribasi yoshlar darajasida Shveysariyaning 17 yoshgacha, 19 yoshdan va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarida boʻlgan. Ammo Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyining taklifini qabul qilib, mamlakatning kattalar jamoasida oʻynashga qaror qilgan. U Xorvatiya terma jamoasi safida 2007-yil 8-sentabrda Estoniyaga qarshi EURO-2008 saralash o‘yinida maydonga tushgan va u muxlislar tomonidan yuqori baholangan. 2007-yil 12-sentabrda Xorvatiyaning keyingi saralash o‘yinida Andorra ustidan g‘alaba qozongan. U 2007-yilni oʻz nomi bilan atalgan beshta oliy martabali xalqaro oʻyinlar bilan yakunlagan, ulardan toʻrttasi EURO-2008 saralash bosqichi oʻyinlari egan.

2020-yil 21-sentabrda yarim himoyachi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[2]. Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Ivan Rakitić Rossiya bilan JCh-2022 saralash oʻyini oldidan muxlislar bilan xayrlashgan. Terma jamoa tarkibida u 106 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urgan. Rossiya bilan bahs boshlanishidan avval xorvatlar Ivan Rakitić bilan tantanali xayrlashuv marosimini o‘tkazishgan. Unga esdalik futbolkasi berilgan[3].

Statistika

Jamoa  MavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokTotal
OʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
F. C. Basilea Shveysariya 2005—200610101030
2006—2007331150904711
Jami3411601005011
F. C. Schalke 04 Shveysariya 2007—20082936170424
2008—20092314171343
2009—201029740337
2010—20111615150262
Jami971219319113516
Sevilla F. C. Ispaniya 2010—20111351020165
2011—20123603100391
2012—2013347834210
2013—20143412001835215
F. C. Barcelona Ispaniya 2014—201532571122518
2015—201636780132579
2016—201732810190519
2017—2018351102101554
2018—201934381121545
Jami2002547563631036
Sevilla F. C. Ispaniya 2020—20213744292508
2021—20223543083467
2022—20231101060180
Jami2003320643826347
Umumiy faoliyatida53181921413515758110

Manbalar