Kuritiba

Kuritiba — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Parana shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,6 mln. kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Sellyuloza-qogʻoz va yogʻochsozlik sanoatlari markazi. Mashiva va uning jihozlari ishlab chiqariladi. Oziqovqat,toʻqimachilik, koʻn poyabzal, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Un-tlar, Filologiya akademiyasi, muzey bor. Shaharga 1654-yilda oltin qidiruvchilar tomonidan asos solingan. K. — yerbamate (paragvay choyi) bilan savdo qilinadigan markaz.[1]

Kuritiba
BayroqGerb
Xarita
Hukumat
Davlat:Braziliya
Biri:Paraná
Gubernator:Ratinho Júnior
Geografik xarakeristika
Maydoni434,967 km²
Aholisi:1.788.559 (2007)
Telefon prefiksi:+55 (41)

Ilovalar

Manbalar