Nataša Pirc Musar

Nataša Pirc Musar (1968-yil 9-mayda tugʻilgan) — Sloveniyalik advokat va turli kitoblar muallifi, sobiq axborot komissari (2004—2014), jurnalist va Sloveniya Qizil Xochning sobiq prezidenti (2015—2016). U oʻzining hukumronligi va axborot erkinligi haqidagi kitoblari, huquqiy fikr va yuqori darajadagi huquq ishlari bilan mashhur boʻlib, Sloveniyada tugʻilgan Melaniya Tramp (AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning rafiqasi), Sloveniya sotsial-demokratlar siyosiy partiyasi vakili va bosha taniqli mijozlar vakili hisoblanadi. 2022-yilning noyabrida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida u Sloveniyaning birinchi ayol prezidenti etib saylangan.[1]

Oʻsmirlik davri hamda maʼlumoti

Pirk Musar huquq sohasini 1992-yilda Lyublyana universitetining yuridik fakultetida tahsil olgan, u yerda Marko Ileshich uning rahbari boʻlgan.[2] 1997-yilda u advokatlik imtihonini topshiradi va keyinchalik u Sloveniya televideniyesiga ishga kiradi va u yerda 6 yil jurnalist va markaziy yangiliklar dasturining boshlovchisi boʻlib ishlaydi.[2] Keyin, 5 yil davomida u POP TV tijoriy televideniyesida 24UR markaziy yangiliklar dasturining boshlovchisi boʻladi.[2] 2001-yilda u eri Aleš Musar ishlagan Aktiva Group korporativ aloqa boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi.[3]

Natasha Pirc Atlantadagi CNN da qoʻshimcha mashgʻulotlarni yakunlaydi.[4] Keyin u Angliyaning Salford universitetida ikki semestr davomida oʻqishni davom ettiradi va shu vaqt mobaynida BBC, Granada TV, Sky News, Reuters TV va Border TV telekanallarida amaliyot oʻtaydi.[4] 2015-yilda u Vena universitetining huquq fakultetida shaxsiy daxlsizlik huquqlari va axborot erkinligi oʻrtasidagi adolatli muvozanat haqidagi dissertatsiya bilan PhD darajasini oladi.[5][6]

Yuridik va biznes karyerasi

2003-yil aprel oyida u Sloveniya Oliy sudiga Taʼlim va axborot markazi direktori sifatida qoʻshiladi.[6] Pirk Musar 2004—2014-yillar oraligʻida ommaviy axborotga kirish boʻyicha komissar boʻlganligi bilan yaxshi eslanadi.[7][4] 2011-yil mart oyidan boshlab u Yevropol boʻyicha Qoʻshma nazorat organining vitse-prezidenti, 2012-yildan esa axborot komissari sifatidagi mandati tugagunga qadar Yevropa Ittifoqining ushbu organida prezident boʻlgan.[8] Axborot boʻyicha komissar sifatidagi vakolati tugaganidan soʻng u oʻzining yuridik firmasini tashkil etadi.[9] Rosana Lemut Strle, 2016-yilda advokatlik firmasining hamkoriga aylanadi va yuridik firma Pirc Musar & Lemut Strle deb nomlana boshlanadi.[9] Boshqalar qatorida u erining AQSh prezidentligi davrida Melaniya Trampning vakili boʻlgan.[10][11] Koʻp eʼlon qilingan ishlarda u sotsial-demokratlar siyosatchilari,[12][13] Qoʻshma Shtatlardagi elchi Stanislav Vidovich[14] va boshqalarning vakili boʻlgan.

2010—2021-yillar oraligʻida Natasha Pirk Musar bir necha bor mamlakatdagi eng nufuzli advokatlar oʻntaligiga kirdi.[15][16][17][18] U ayol ekspertlarni birlashtirish va bilimlarini targʻib qilish maqsadida OnaVe assotsiatsiyasiga asos soladi.[19][20] 2015-yildan 2016-yilgacha u Sloveniya Qizil Xoch jamiyatining prezidenti boʻlgan.[21]

Pirk Musar sloven, ingliz va xorvat tillarida axborot erkinligi va shaxsiy daxlsizlik haqida kamida oltita kitob muallifi yoki hammuallifi boʻlgan.[22][23][24][25][26][27]

Siyosiy karyerasi

2022-yil 23-iyunda u 2022-yil 23-oktyabrga rejalashtirilgan Sloveniya prezidentligiga boʻladigan 2022-yilgi prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod sifatida oʻz nomzodini qoʻyishini eʼlon qiladi.[28][29] U birinchi boʻlib prezidentlikka nomzodini eʼlon qiladi va uni Sloveniyaning sobiq prezidentlari Milan Kuchan va Danilo Turk qoʻllab-quvvatlaydi.[30] Pirk Musar siyosiy partiyaga aʼzo boʻlmagan va u aʼzo boʻlishni rejalashtirmagan edi.[31] U mustaqil nomzod sifatida oʻz nomzodini himoya qilgan boʻlsa-da, Qaroqchilar partiyasi[32] va Yoshlar partiyasi — Yevropa Yashillar partiyasi ham uni qoʻllab-quvvatlaydi.[33]

Uning nomzodi bir oz keyinroq prezidentlikka nomzodini eʼlon qilgan hukmron partiya Ozodlik harakati vitse-prezidenti Marta Kos bilan munosabatlari haqida ommaviy axborot vositalarida koʻplab mish-mishlarni keltirib chiqaradi.[34][35] Pirk Musar va Kos doʻst ekanliklarini daʼvo qilishgan, biroq OAV xabarlariga koʻra, ular bir-birlari bilan muloqot qilishni toʻxtatgan.[20] 2022-yil sentabr oyida Kos oʻz nomzodini qaytarib oladi, bu esa allaqachon yetakchilik qilayotgan Pirk Musarni qoʻllab-quvvatlovchilarning koʻpayishiga olib keladi.[36] Oktyabr oyida u prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida ikkinchi oʻrinni egallaydi va buning natijasida 2022-yil noyabrida boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ikki daʼvogardan biriga aylanadi[37] 13-noyabr kungi ikkinchi raundda Natasha Pirk Musar Anje Logarni magʻlub etadi va Sloveniyaning birinchi ayol prezidenti etib saylanadi.[38]

Shaxsiy hayoti

U tadbirkor Aleš Musarga uylangan va ularning bir oʻgʻli bor. Ular Zgornje Gameljne shahridagi rus dacha deb nomlanuvchi mulk egalari, shuningdek, 1971-yilda qirolicha Yelizaveta II ning birinchi amakivachchasi malika Aleksandra uchun va bir vaqtlar unga tegishli boʻlgan Rolls Royce Phantom VI limuziniga ham egalik qiladilar.[39][40]

Manbalar

Qoshimcha havolalar