Roberto Carlos (futbolchi)

Roberto Karlos da Silva Rosha (portugalcha: Roberto Carlos da Silva Rocha; 10-aprel 1973, San Paulu) — sobiq braziliyalik futbolchi, chap qanot himoyachisi, shuningdek, markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachi o'rnida ham o'ynay olgan. Maxachqalaning Anji jamoasi sport direktori. 2002-yilgi Jahon chempionati chempioni, 1998-yilgi Jahon chempionati kumush medal sohibi. FIFA 100 ro'yxatiga kiritilgan. Yevropa Chempionlar ligasida 100dan ortiq o'yin o'tkazgan 19 o'yinchilardan biridir[1].

Roberto Karlos
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiRoberto Carlos da Silva Rocha
Tavallud sanasi10-aprel 1973-yil (1973-04-10) (51 yosh)
Tavallud joyiSan PauluBraziliya bayrogʻi Braziliya
Boʻyi168 sm
Ampluasihimoyachi
LaqabiRobbi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini tugatgan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1988-1991Unian San Juan
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1991—1993
1993—1995
1995—1996
1996—2007
2007—2010
2010 — 2011
2011 - 2012
Unian San Juan
Palmeiras
Inter
Real Madrid
Fenerbahche
Korintians
Anji
(33 (10)
44 (5)
30 (5)
370 (47)
65 (6)
35 (1)
25 (4))
Milliy terma jamoa
1992—2006Braziliya milliy terma jamoasi(125 (11))
Boshqargan klublari
2012 - hz.Anji (sport direktori)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

O'zining tezligi (100 metrni Roberto 11 sekunddan kam vaqtda yugurib o'tgan[2]) va ko'p gollariga sabab bo'lgan o'ta qattiq zarbasi bilan ancha mashxur hisoblanadi. 1997-yilda yil o'yinchisi nominatsiyasiga ovoz berish natijasiga ko'ra, hamyurti Ronaldodan biroz ortda qolgan holda 2-nchi o'rinni egalladi. Ko'p vaqt to'pning uchish tezligi va zarba kuchi bo'yicha 198 km/s. rekord natija unga tegishli bo'lgan[3][4] Bu rekord 2010-yildagi Jahon chempionati chog'ida nemis Lukas Podolski tomonidan 201 km/s. natija bilan yangilandi[4].

"Men bu zarbalarni har kuni mashq qilaman va men o'ylaymanki, omad doimiy mashg'ulotlar natijasida keladi", - Roberto Karlos[5].

Manbalar