Shirvonshohlar saroyi
Shirvonshohlar saroyi - Bokudagi meʼmoriy majmua (XV-XVI asrlar); oʻrta asrlar Ozarbayjon meʼmorligining muhim namunasi. Majmua 2 qavatli saroy, 8 qirrali gumbazli devonxona (15-asrning oxiri, atrofi ravoqli 5 qirrali ayvon bilan oʻralgan), toʻrtburchak tarhli maqbara (1435), hashamdor peshtoqli xonaqoh, 2 gumbazli va minorali masjid (1442), 8 qirrali Said Yahyo Bokuviy maqbarasi, darvoza (1585), sardoba va hammomdan iborat. Turli davrlarda yaratilgan inshootlarni oʻz ichiga olgan majmuaning yaxlitligini meʼmoriy usullarning umumiyligi belgilagan. Binolarning hajmlarini ifodali bezaklar ziynatlaydi. Shirvonshohlar saroyi muzeyga aylantirilgan.
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari