Tabargul
Tabargul (Polianthus tuberosa) — chuchmomaguldoshlar oilasiga mansub, koʻp yillik tuganak piyozli oʻtsimon oʻsimlik. Buyi 60120 sm. Barglari uzunchoq. Guli oq, xushboʻy, toʻpguli boshoqsimon. Vatani — Markaziy Amerika. Shimoliy Afrika va Janubiy Yevropaning baʼzi hududlarida, Kavkazning Qora dengiz sohillarida manzarali va efir moyli usimlik sifatida ekiladi. Kuzda gullaydi; tuganak piyozidan kupaytiriladi. Uning ochilgan gulidan parfyumeriya sanoatida ishlatiladigan qimmatbaho efir moyi olinadi. Manzarali T. navlaridan guldastalar yasashda foydalaniladi.
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari