67P/Churyumov–Gerasimenko

67P/Churyumov–Gerasimenko (yoki Churyumov–Gerasimenko kometasi; ruscha: Комета Чурюмова — Герасименко) Quyosh tizimidagi kometa boʻlib, orbital davri 6,45 yil,[1] oʻz oʻqi atrofida aylanish davri 12,4 soat[5] va tezligi 135 000 km/soat ga teng.[6] Keyingi perifeliyiga (orbitasining Quyoshga eng yaqin nuqtasiga) 2015-yil 13-avgustda keladi.[7][8][9] Boshqa kometalar kabi uni ochganlar — Klim Churyumov va Svetlana Gerasimenko sharafiga shunday nomlangan, Churyumov va Gerasimenko kometani 1969-yil Almatidagi observatoriyada suratga olishgan.

67P/Churyumov–Gerasimenko
Churyumov–Gerasimenko kometasi, Rosetta surati
Kashfiyot
Kim ochganKlim Ivanovich Churyumov
Svetlana Ivanovna Gerasimenko
Qayerda ochilganAlmati, Sovet Ittifoqi
Qachon ochilgan20-sentabr 1969
Nomlanishi
Boshqa nomlari
1969 R1, 1969 IV, 1969h, 1975 P1, 1976 VII, 1975i, 1982 VIII, 1982f, 1989 VI, 1988i[1]
Orbitasi[1]
Davr 2014-Avg-10 (YK 2456879,5)
Afeliy5,6829 AB (850 150 000 km)
Perifeliy1,2432 AB (185 980 000 km)
Katta yarim oʻq
3,4630 AB (518 060 000 km)
Ekssentrisitet0,64102
6,44 yy
Oʻrtacha anomaliya
303,71°
Orbital cheklanish7,0405°
Koʻtariluvchi tugun uzunligi
50,147°
Perifeliy argumenti
12,780°
Fizik xarakteristikasi
OʻlchamlariKatta qismi:
4,1×3,2×1,3 km
Kichik qismi:
2,5×2,5×2 km[2]
Massasi(1.0±0.1)×1013 kg[3]
Oʻrtacha zichligi
0,4 g/sm³[2]
Chamasi 1 m/s[4]
Aylanish davri
12,4043±0,0007 soat[5]
Shimoliy qutb rektassenziyasi
69,00°[2]
Shimoliy qutb qiyaligi
64,00°[2]
Yuza haroratiminoʻrtamaks
Kelvin205230
Selsiy−68−43
Fahrenheit−90−45

Churyumov–Gerasimenko Yevropa kosmik agentligi 2004-yil 2-martda uchirgan Rosetta apparati manzilidir.[10][11][12] Rosetta 2014-yil 6-avgustida Churyumov–Gerasimenko kometasiga uchib keldi[13][14] va 2014-yil 10-sentabrida orbitasiga kirdi.[15] Rosettaning Philae nomli qoʻnuvchi apparati 2014-yil 12-noyabrda kometa sirtiga qoʻndi va tarixda kometa yadrosiga qoʻngan birinchi apparat boʻldi.[16][17][18]

Galereya

Manbalar

Havolalar