Alfa Sentavr

Alfa Sentavr (α Centauri) yoki Sentavr Alfasi janubiy osmondagi Kentavr turkumida joylashgan yulduz turkumidir. Umumiy koʻrinma yulduz kattaligi -0,27 boʻlib, tungi osmonda yorqinligi boʻyicha Sirius va Kanopus yulduzlaridan keyin turadi.

Alfa Sentavr, Yevropa Janubiy Observatoriyasi maʼlumotlariga asosan rassom tasavvurida.

Tarkibiga Alfa Sentavr A (α Cen A; 110% Quyosh massasi va 151,9% yorqinligi), Alfa Sentavr B (α Cen B; 90,7% Quyosh massasi va 44,5% yorqinligi) kiradi. Bu ikki yulduz massalari markazi atrofida 79,91 yillik davr bilan aylanadi. Quyoshdan 1,34 parsek (4,37 yorugʻlik yili) masofada joylashgan.[1] Bundan tashqari Alfa Sentavr atrofida uchinchi yulduz, qizil mitti Proksima Sentavr (α Cen C) ham aylanadi.

2012-yil oktabrida Alfa Sentavr tarkibida kamida bitta sayyora — hajmi Yerdek keladigan Alfa Sentavr Bb borligi kashf etildi. Uning massasi Yernikidan 13% ortiq boʻlib,[2] Alfa Sentavr B atrofida 3,236 sutka davr bilan aylanadi.[3] Yulduzidan atigi 6 million km[2] uzoqda joylashgan bu sayyora sirtidagi harorat 1500 K boʻlishi taxmin etiladi.[4]

Manbalar