Amber Heard

Amber Laura Heard (talaffuzi: Ember Lora Herd; 22-aprel 1986-yilda tugʻilgan)[2] amerikalik film va televideniye aktrisasidir. Film va televideniyedagi kichik rollaridan soʻng, Heard ilk marotaba All the Boys Love Mandy Lane (2006) dahshatli filmida rol ijro etdi. Keyinchalik, Never Back Down (2008) jangari filmidagi va Pineapple Express (2008) komediyasidagi ikkinchi darajali rollari unga shuhrat keltirdi. Keyingi yillarda, u The Joneses (2009), The Ward (2010), The Rum Diary (2011), Drive Angry (2011), Machete Kills (2013) va Magic Mike XXL (2015) kabi filmlarda suratga tushgan.

Amber Hearf

Heard 2018-yil San Diego Comic-Conda
Tavalludi
Amber Laura Heard (yoki Depp)[1]

22-aprel 1986-yil (1986-04-22) (38 yosh)
Austin, Texas, A.Q.Sh.
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktrisa
Boʻyi 1,70 m
Faoliyat yillari 2003 – hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Johnny Depp
(turm. 2015; ajr. 2017)
Bolalari 1

2017-yildan boshlab Heard DC Kengaytirilgan Koinotining Adolat Ligasi (2017), Aquaman (2018) va Zack Snyder's Justice League (2021) kabi superqahramonlar haqidagi filmlarida filmlarida atlantislik qirolicha Mera qahramonini jonlantirdi. Aktrisalikdan tashqari, Heard 2018-yildan buyon kosmetik mahsulotlar giganti boʻlmish L'Oréal Paris shirkatining global miqyosdagi vakilidir. U yana inson huquqlari aktivizmi bilan ham shugʻullanadi.

Heard 2015-yilda aktyor Johnny Depp bilan turmush quradi, biroq ular 2017-yilda ajrashishadi. Ularning ajrashishi ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi, negaki Heard Deppni munosabatlari davomida koʻp marotaba haqorat qilgan deya asossiz daʼvo qilgan. Heardning oilaviy zoʻravonlik qurboni boʻlish haqida yozgan op-eddan soʻng, Depp uni 2019-yilda tuhmat qilayotganlikda ayblab, sudga berdi. U yana Angliyadagi The Sun nashriytini ham tuhmat ishi boʻyicha sudga berdi.

Heard 2009-yilgi Toronto xalqaro film festivalida.

Filmografiyasi

Film

YilNomiRolIzohlar
2004Friday Night LightsMaria
2005Side FXShay
Drop Dead SexyCandy
North Countryyosh Josey Aimes
2006Price to PayTrish
Alpha DogAlma
All the Boys Love Mandy LaneMandy Lane
2007SpinAmber
Day 73 with SarahMaryqisqa hajmli film
Remember the DazeJulia Ford
2008Never Back DownBaja Miller
The InformersChristie
Pineapple ExpressAngie Anderson
2009ExTerminatorsNikki
Joneses, TheThe JonesesJenn Jones
Zombieland406
Choʻqintirgan otaKelly Porter
2010And Soon the DarknessStephaniehamproduser
The River WhyEddy
The WardKristen
2011Drive AngryPiper
Rum Diary, TheThe Rum DiaryChenault
2013SyrupSixijrochi produser
ParanoiaEmma Jennings
Machete KillsMiss San Antonio
(San Antonio goʻzali)
20143 Days to Killagent Vivi Delay
2015The Adderall DiariesLana Edmond
One More TimeJude
Magic Mike XXLZoe
The Danish GirlUlla Paulson
2017I Do… Until I DonʼtFanny
Adolat LigasiMera
2018Her SmellZelda E. Zekiel
London FieldsNicola Six2013-yilda suratga olingan.
AquamanMera
2019GullyJoyce
2021Zack Snyder's Justice LeagueMera
2022Aquaman and the Lost KingdomFilming

Televideniye

YilNomiRolizohlar
2004Jack & BobbyLizQism: „Pilot“
The MountainRileyQism: "A Piece of the Rock"
2005O.C., TheThe O.C.Savdo xodimasiQism: „Mallpisode“
2006Criminal MindsLila ArcherQism: „Somebody’s Watching“
2007CalifornicationAmberQism: „California Son“
Hidden PalmsGreta Matthews8 ta qism
2010The Cleveland ShowOʻzi (ovoz bergan)Qism: „Beer Walk!“
2011Top GearOʻziQism: „Episode #16.5“
Playboy Club, TheThe Playboy ClubBunny Maureen7 ta qism
2015Overhaulin'OʻziQism: „In Too Depp“
Prince, TheThe PrinceSerenaTelefilm
2020-2021The StandNadine Cross7 ta qism

Musiqiy videolar

YilNomiArtist
2003„There Goes My Life“Kenny Chesney
2005„I Wasnʼt Prepared“ (1-versiya)Eisley

Manbalar

Havolalar