Fashizm

Fashizm (italyan. fassismo — toʻda, birlashish) — totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi[1][2][3]. Bunda faqat yuqoridan pastga qarab buyruq beriladi. Fashizm demokratiyaning qarama qarshisi hisoblanadi, u hokimiyatning boʻlinishiga yoʻl qoʻymaydi. Jahon tarixida Fashizmning bir necha koʻrinishlari uchragan. Jumladan, Italiyada totalitar rejim hokimiyati, Germaniyada natsistlar Fashizmi, Portugaliyada harbiy siyosiy Fashizm, Ispaniyada harbiy otryadlar, Ruminiyada legionlik fashizm


Fashizmning har qanday koʻrinishi demokratiya tartibotlari va qadriyatlarini hech qachon eʼtiborga olmaydi, bunday tizimda inson qadri, erkinligi, huquqlari poymol qilinadi. Hokimiyatning jamiyat hayotining barcha jihatlariga haddan tashqari aralashuvi natijasida hamma sohalarni qattiq nazoratga oluvchi totalitar siyosiy partiya shakllanadi va u davlatmonopol tashkilotiga aylanadi[4][5]. Fashizm ana shunday tashkilotga va „dohiy“ning eʼtiroz bildirib boʻlmaydigan obroʻ eʼtiboriga tayanadi.

Fashistik rejim inson manfaati, inson omili bilan aslo hisoblashmaydigan yovuz rejim boʻlib, barcha xalklarni, shu jumladan, oʻz xalqini ham azobuqubatga qoʻyadi.Huquqiy totalitarizmni barpo etish; partiya yakka hukmronligini oʻrnatish, bunday sharoitda kuchayadigan korrupsiya va axloqiy buzilishlar; millatchilik va jangari shovinizm, safsatabozlik, despotiyani avj oldirish, fuqarolarni, butun aholini qoʻrquv ostida saqlash, inson ongi va tafakkurini boʻysunish ruhida tarbiyalash; xurfikrlik, erkinlikka intiluvchilarga nisbatan terror oʻtkazish fashizmni tavsiflovchi xususiyatlardir. Fashizm umummilliy boʻhronlar yoki keskin oʻzgarishlar sharoitida ijtimoiy nochor guruxlar orasida oʻziga tayanch topadi. Fashizmning koʻpgina belgilari turli ijtimoiy hamda oʻng va soʻl koʻrinishdagi milliy harakatlarga xosdir. Gʻoyaviy asosda qaramaqarshiliklar koʻrinib tursada („sinf“ yoki „millat“) jamiyatni siyosiy safarbar etish yoʻllari, terroristik hukmronlik usullari jihatidan totalitar qarakatlar va bolshevizm, stalinizm, „qizil xmerlar“ va boshqa rejimlar fashizmga yaqin turadi. Demokratik tartiblar boʻsh boʻlgan sharoitda fashistik tipdagi harakatlar rivojlanib, fashizmning jiddiy xavfga aylanish imkoniyati saqlanib qoladi.

Fashizm mohiyati

Fashizm — bu, davlat boshqaruvining terrorchitotalitar shakli, hukmron doiralarning eng reaksion va agressiv kuchlari manfaatini ifodalovchi oqim. U dastlab Yevropada (Italiyada) vujudga kelgan. „Fashizm“ atamasi „fashio“ so‘zidan olingan bo‘lib, „to‘da“, „uyushma“ degan maʼnolarni Fashizmning mohiyati anglatadi. 1919-yilda Italiyada birinchi jahon urushining sobiq askarlari o‘z manfaatlarini, haq-huquqini himoya qilish uchun kurashuvchi tashkilot tuzdilar. Bu tashkilot „Fashi di kombattimento“ („Kurash uyushmasi“, „Quroldoshlar kurash uyushmasi“) deb atalgan. Tashkilot aʼzolari „fashistlar“,harakat esa „fashizm“ nomini olgan, u turli joyda turli nom bilan, masalan, Germaniyada „natsistlar“, deb atalgan.Tarix Fashizmning mohiyatini uning quyidagi belgilari yaqqol tasvirlab beradi.Uning birinchi belgisini o‘ta millatchilik tashkil etadi. Fashistlar uchunmillat manfaati boshqa har qanday manfaatdan ustun turadi. Ular jamiyatnisinflarga bo‘lmaydi. Xo‘sh, nima uchun millatchilik Germaniya va Italiyadaboshqa davlatlardagiga nisbatan kuchli bo‘lgan edi?Ular birinchi jahon urushi oqibatlarini o‘zlari uchun qattiq haqorat, milliy tuyg‘uning mislsiz tahqirlanishi, deb qabul qilgan edilar. Nemis millati Versal shartnomasi shartlariga toqat qila olmayotgan edi. Italyan millati esa o‘zini „g‘oliblar ichidagi mag‘lub“, deb hisoblardi. Chunki Antanta tarafida urushda ishtirok etgan g‘olib Italiya urushda ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmagan edi. Germaniyada millatchilik irqchilik bilan qo‘shilib ketgan edi. Natsistlar fikricha, butun insoniyat tarixi — bu, turli millatlar va irqlar kurashi tarixi edi. Bu kurashda faqat kuchlilargina g‘olib chiqadi. Mag‘lublar qismati yo o‘lim, yo g‘oliblarga bo‘ysunishdir. Qudratli irq — bu nemis millatiga mansub bo‘lgan oriy, nordik irqdir. Ularning tarixiy missiyasi butun dunyoga hukmron bo‘lishdir. Fashizmning yana bir belgisi uning o‘ta agressivligidir. O‘ta millatchilik va irqchilik sharoitida shunday bo‘lishi tabiiy edi. Fashizmga xos bo‘lgan yana bir belgi davlat hokimiyati oldida sig‘inish, unga sajda qilish edi. Fashizm uchun bu milliy ruhni mujassamlashtiradigan qudrat, barqarorlik va tartibning kafolati edi.Fashistlar — totalitar tartib, yaʼni jamiyat hayotining barcha sohalari to‘la davlat nazoratiga olingan tartib tarafdori edilar. Germaniya fashizmining ommaviy asosini Birinchi jahon urushida eng ko‘p jabr ko‘rgan tabaqalar hunarmandlar, dehqonlar, urush faxriylari, ishsizlar, ertangi hayoti qandaybo‘lishidan cho‘chib qolgan ishchilar tashkil etdi. Yirik kapital esa fashizmni qo‘llab-quvvatladi.

Fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi

1929-yilda yuz bergan jahon iqtisodiy inqiroziGermaniyani ayanchli ahvolga solib qoʻydi. Uchyil davomida ishlab chiqarish tinimsiz pasayibbordi. Xususan, ishlab chiqarish 40 foizga, realish haqi esa 50 foizga kamaydi. Mamlakatda ishsizlar soni 9 mln dan oshdi.Ularning faqat 20 foizigina ishsizlik nafaqasini olardi. Xizmatchilarningahvoli nihoyatda yomonlashdi. Mayda va oʻrta tadbirkorlar, sotuvchilarbankrotga uchradilar. Qator banklarning bankrotga uchrashi moliya-kredittizimini larzaga soldi.Iqtisodiyotning chet el moliyaviy yordamiga qaramligi, ayni paytda inqirozdavrida chet el sarmoyasining qaytarib olina boshlanishi, ichki bozorningtorligi, sobiq Antanta davlatlariga tovon toʻlash, moddiy resurslar manbayiboʻlish, mustamlakalarning yoʻqligi kabi omillar buning sababi edi.Iqtisodiyotning keskin beqarorlashuvi siyosiy inqirozni ham muqarrarqilib qoʻydi. 1928-yilda reyxstagga oʻtkazilgan saylovda hech bir siyosiypartiya mutlaq koʻpchilik ovoz ola olmagan edi. Shuning uchun GSDP (153oʻringa ega edi), Katolik Markaz partiyasi (78 oʻringa ega edi) hamda Nemismilliy partiyasi (73 oʻringa ega edi) vakillaridan iborat koalitsion hukumattuzilgan va katta koalitsiya nomi bilan faoliyat yurita boshlagan edi. Biroqkoalitsiya 1930-yilning martida tarqalib ketdi. G. Myuller hukumati isteʼfoberishga majbur boʻldi.Prezident Gindenburg Katolik markazi partiyasi arbobi G. Bryuningnikansler etib tayinladi. Biroq GSDP oppozitsiyaga oʻtgach, G. Bryuninghukumati faol harakat qila olmay qoldi. Natijada mamlakat Prezidentningfavqulodda dekretlari kuchi bilan boshqarila boshlandi. Bu hol, oʻz navbatida,reyxstagni obroʻsizlantirdi. 1932-yilda u faqat 5 tagina qonun qabul qildi,xolos.

Manbalar