Gender roli

Gender roli yoki jinsiy rol[1] — bu shaxsning jinsiga qarab, yaʼni ayollarga, erkaklarga yoki boshqa jinsga tegishli boʻlgan maqbul, mos yoki munosib deb hisoblangan xatti-harakatlar va munosabatlarni belgilaydigan ijtimoiy normalar jamlanmasi[2][3][4]. Gender rollari asosan erkaklik va ayollik tushunchalariga qaratiladi[3]. Shaxsning xulq-atvori va gender roli oʻrtasidagi nomuvofiqlik gender nomuvofiqligi deb ataladi.  Turli madaniyatlarda gender rollarining soni va oʻziga xos mazmuni sezilarli darajada farq qiladi, ammo madaniyatlararo oʻxshashliklar ham mavjud[5].

Fanda gender rollari va ularning xilma-xilligi biologik tomonidan qay darajada aniqlanishi va jamiyat tomonidan qay darajada qabul qilinganligi haqida yagona nuqtai nazar yoʻq. Gender rollari kelib chiqishi jihatidan qatʼiy biologik nazariyalar, xususan, evolyutsion psixologiya, empirik maʼlumotlar orqali qoʻllab-quvvatlanmaydi. Lekin insonning keng doiradagi xulq-atvoriga taʼsir qiladi. Masalan, shaxsning tanlagan kiyimi, kasbi, narsalarga yondashuv uslubi, shaxsiy munosabatlar hamda ushbu munosabatlarda oʻzini qanday tutishi hisobga olinadi. Umuman olganda, mavjud ilmiy dalillar shuni koʻrsatadiki, gender rivojlanishiga nafaqat biologik, balki kognitiv va ijtimoiy omillar ham taʼsir qiladi. Gender roli atamasi keng tushuncha boʻlishiga qaramay, anʼanaviy tarzda ayollarni xususiy sohada, erkaklarni esa ijtimoiy sohada ushlab turadi[6].Baʼzan turli guruhlar, ayniqsa feministik harakatlar oʻzlari zulmkor va zoʻravonlik deb hisoblaydigan gender rollari aspektlarini oʻzgartirishga harakat qilishadi.

Manbalar