Hindiston shtatlari

Hindiston (hindcha: भारत [Bharat], inglizcha: India), Hindiston Respublikasi (hindcha: भारत गणराज्य [Bhārat Gaṇarājya],  inglizcha: Republic of India) — Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 kmchoʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv o.lari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni 3,3 mln. km². Aholisi 1 mlrd. 352 mln. kishi (2018). Poytaxti — Yangi Dehli shahri. Maʼmuriy jihatdan 28 shtat va 8 ittifoq hududiga boʻlinadi.Shtatlar va ittifoq hududlari oʻz navbatida tumanlarga va kichikroq maʼmuriy birliklarga boʻlinadi.

Hindiston Respublikasi
भारत गणराज्य
Bhārata Gaṇarājya
Shiorसत्यमेव जयते (Satyameva Jayate)
Sanskritcha: Haqiqat hamisha gʻolib
Madhiya: जन गण मन
(Jana Gana Mana)
Location of Hindiston shtatlari
Poytaxt Yangi Dehli
Rasmiy til(lar) hind, ingliz
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Ram Nath Kovind
• Bosh Vazir
Narendra Modi
Mustaqillik (Birlashgan Qirollikdan)
• Sana
15-avgust 1947
Maydon
• Butun
3,287,590 km2 (7-oʻrin)
• Suv (%)
9.6
Aholi
• 2022-yilgi roʻyxat
1,413,179,280 (2-oʻrin)
• Zichlik 328/km2
YIM (XQT) 2020-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$3,202 milliard. (4-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$2,338
Pul birligi Hind rupiysi (INR)
Vaqt mintaqasi UTC+5:30
• Yoz (DST)
UTC+5:30
Qisqartma IN
Telefon prefiksi +91
Internet domeni .in

Tarixi

1951-yilda Hindistonning maʼmuriy boʻlinishi

Mustaqillikdan oldingi tarixi

Hindiston yarim oroli tarixda turli etnik guruhlar tomonidan boshqarilgan va ularning har biri mintaqada oʻz maʼmuriy boʻlinish siyosatini amalga oshirgan[1][2][3][4][5][6][7][8][9][10][11].  Britaniya hukumati mamlakatni maʼmuriy jihatdan boʻlishda oldingi Boburiylar davlatining maʼmuriy tuzilmasini saqlab qoldi. Britaniya hukumati davrida Hindiston toʻgʻridan-toʻgʻri inglizlar tomonidan boshqariladigan viloyatlarga (shuningdek, prezidentlik deb ham ataladi) va knyazlik shtatlari ustidan amalda suverenitetga (suzerenity) ega boʻlgan Britaniya imperiyasiga sodiq mahalliy shahzoda yoki raja tomonidan boshqariladigan knyazlik shtatlariga boʻlingan.

1947-1950-yillar

1947-1950-yillarda knyazlik shtatlari hududlari siyosiy jihatdan Hindiston ittifoqiga birlashtirildi. Ushbu davrda mavjud boʻlgan koʻpgina hududlar viloyatlarga birlashtirildi. Boshqa hududlar esa koʻpgina knyazlik shtatlarining birlashtirlishidan tashkil topgan Rajasthan, Himachal Pradesh, Madhya Bharat, Vindhya Pradesh, Mysore, Hyderabad, Bhopal va Bilaspur kabi alohida knyazlik hududlariga aylantirildi. 1950-yil 26-yanvarda kuchga kirgan Hindistonning yangi Konstitutsiyasi Hindistonni suveren demokratik respublikaga aylantirdi. Yangi respublika hukumati mamlakat hududlarini maʼmuriy jihatdan „shtatlar ittifoqi“ deb eʼlon qildi[12]. 1950-yilgi Hindiston Konstitutsiyasi shtatlarning uchta asosiy turini ajratdi. Ular quyidagilar: 

  • Britaniya Hindistonining sobiq gubernatorlari va shtat qonun chiqaruvchi organlari boshqaruvida boʻlgan A toifadagi shtatlar. Bunday turdagi shtatlar soni 9 tani tashkil qilgan. Toʻqqizta A toifadagi shtatlar quyidagilar edi:
    • Assam (eski Assam viloyati),
    • Bihar (eski Bihar viloyati),
    • Bombay (eski Bombay viloyati),
    • Sharqiy Punjab (sobiq Punjab viloyati),
    • Madhya Pradesh (avvalgi Markaziy viloyatlar va Berar),
    • Madras (eski Madras viloyati),
    • Orissa (eski Orissa viloyati),
    • Uttar-Pradesh (eski Birlashgan viloyatlar)
    • Gʻarbiy Bengaliya (eski Bengal viloyati).
  • B toifadagi shtatlar eski knyazlik shtatlari yoki knyazlik shtatlari guruhi boʻlib, ular taʼsischilar va saylangan qonun chiqaruvchi organ hisoblangan rajpramukh tomonidan boshqarilgan. Rajpramukh aʼzolari Hindiston prezidenti tomonidan tayinlangan. B toifadagi shtatlar soni 8 ta edi. Ular quyidagilar:
    • Hyderabad (oldingi Hyderabad knyazlik shtati),
    • Jammu va Kashmir (oldingi Jammu va Kashmir knyazlik shtati),
    • Madhya Bharat (oldingi Markaziy Hindiston agentligi),
    • Mysore (oldingi Mysore knyazlik shtati),
    • Patiala va Sharqiy Punjab shtatlari ittifoqi (PEPSU),
    • Rajasthan (oldingi Rajputana agentligi),
    • Saurashtra (oldingi Baroda, Gʻarbiy Hindiston va Gujarat shtatlari agentligi)
    • Travancore-Cochin (oldingi Travancore knyazlik shtati va Cochin knyazlik shtati).
  • C toifadagi shtatlarga ilgarigi bosh komissarlarning viloyatlari va baʼzi bir knyazlik shtatlari kiradi. Bu hududlarning har biri Hindiston prezidenti tomonidan tayinlangan bosh komissar tomonidan boshqarilardi.C toifadagi shtatlar soni 10 tani tashkil qiladi. Ular quyidagilar edi:
    • Ajmer (oldingi Ajmer-Merwara viloyati),
    • Bhopal (oldingi Bhopal knyazlik shtati),
    • Bilaspur (oldingi Bilaspur knyazlik shtati),
    • Coorg shtati (oldingi Coorg viloyati),
    • Dehli ,
    • Himachal Pradesh ,
    • Kutch (oldingi Kutch knyazlik shtati),
    • Manipur (oldingi Manipur knyazlik shtati),
    • Tripura (oldingi Tripura knyazlik shtati) va
    • Vindhya Pradesh (oldingi Markaziy Hindiston agentligi).
  • D toifadagi yagona hudud Andaman va Nikobar orollari hisoblanadi. Bu hududlar ittifoq hukumati tomonidan tayinlangan leytenant gubernator tomonidan boshqariladi.

Shtatlarning qayta tashkil etilishi (1951-1956)

Andhra shtati 1953-yil 1-oktyabrda Madras shtatining telugu tilida soʻzlashuvchi aholi joylashgan shimoliy hududlarni birlashtirish orqali tashkil etildi[13].

Fransiyaning Chandannagar anklavi 1954-yilda Gʻarbiy Bengaliyaga shtati tarkibiga qoʻshildi.Oʻsha yili Fransiyaning sobiq Pondicherry, Karaikal, Yanam va Mahe anklavlari Pondicherry viloyati tarkibiga kiritildi. Bu hudud 1962-yilda shtat ittifoqiga aylantirildi[14].

Shuningdek, 1954-yilda hindparast kuchlar Portugaliyaning Dadra va Nagar Haveli anklavlarini ozod qilib, ozod Dadra va Nagar Havelining qisqa muddatli de-fakto holatini eʼlon qildilar. 1961-yilda bu hududlarni Hindiston hukumati i Dadra va Nagar Haveli ittifoq shtati sifatida oʻzining tarkibiga qoʻshib oldi[15][16][17].

1956-yilgi „Shtatlarni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun asosida shtatlar lingvistik jihatdan qayta tshkil etildi.Natijada yangi shtatlar paydo boʻldi[18].Ular quyidagilar:

  • Madras shtati oʻz nomini saqlab qoldi. Travancore-Cochinga Kanyakumari tumani hududi qoʻshilib, Travancore-Cochin shtati tashkil qilindi.
  • Andhra Pradesh shtati 1956-yilda Andhra shtatiga Hyderabad shtatining telugu tilida soʻzlashuvchi tumanlari hududi qoʻshilishi natijasida tashkil qilindi.
  • Kerala shtati Madras shtatining Janubiy Canara tumanlari (Malabar tumani va Kasaragod taluk)ni Travancore-Cochin bilan birlashtirish natijasida tashkil qilindi.
  • Mysore shtati Bellary va Janubiy Canara tumanlari hamda Madras shtatidan Coimbatore tumanining Kollegal taluklari, Bombay shtatidan Belagavi, Bijapur va Dharwad tumanlari qoʻshilishi orqali qayta tashkil qilindi.
  • Madras shtatining Janubiy Canara va Malabar tumanlari oʻrtasida boʻlingan Laccadive orollari, Aminidivi orollari va Minicoy orollari birlashtirilib, Lakshadvip ittifoq hududiga tashkil qilindi.
  • Bombay shtati Saurashtra shtati va Kutch shtatlari, Madhya Pradesh shtati Nagpur boʻlimining marathi tilida soʻzlashuvchi aholi yashaydigan tumanlari va Hyderabad shtatining Maratwada viloyati qoʻshilishi natijasida kengaytirilib qayta tashkil qilindi.
  • Rajasthan va Punjab shtatlari Ajmer shtatidan va Patiala va Sharqiy Punjab shtatlari ittifoqidan ayrim hududlarni qoʻshish orqali tashkil qilindi.

1956-yildan keyin

Bombey shtati 1960-yil 1-mayda „Bombayni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun bilan Gujarat va Maharashtra til shtatlariga boʻlingan[19]. Nagalandning eski Ittifoq hududi 1963-yil 1-dekabrda davlatchilik shakliga ega boʻldi[20]. 1966-yilda qabul qilingan „Punjab shtatini qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun asosida Haryana shtati tashkil etildi.Shuningdek, ushbu qonun asosida Punjab shtatining shimoliy tumanlari Himachal Pradesh tarkibiga kiritildi[21]. Qonun Chandigarhni ittifoq hududi va Punjab va Haryananing umumiy poytaxti etib belgiladi[22][23].

Madras shtati nomi 1969-yilda Tamil Nadu deb oʻzgartirildi. Shimoli-sharqiy Manipur, Meghalaya va Tripura shtatlari 1972-yil 21-yanvarda tashkil etildi[24]. Mysore shtati nomi 1973-yil Karnataka deb oʻzgartirildi. 1975-yil 16-mayda Sikkim shtati Hindiston Ittifoqining 22-shtatiga aylandi va shtat monarxiyasi bekor qilindi[25]. 1987-yil 20-fevralda Arunachal Pradesh va Mizoram shtatlari, 30-mayda esa Goa shtati tashkil qilindi. Ilgarigi Goa, Daman va Diuning shimoliy anklavlari Daman va Diu sifatida alohida ittifoq hududiga aylandi[26].

2000-yil noyabr oyida 3 ta yangi shtat tashkil qilindi. Ular quyidagilar:

  • Chhattisgarh (sharqiy Madhya Pradesh hududida), „Madhya Pradeshni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun asosida.
  • Uttaranchal (2007-yilda Uttarakhand nomi oʻzgartirildi)(Uttar Pradesh shimoli-gʻarbiy qismidagi hududlarda) „Uttar-Pradeshni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun asosida
  • Jharkhand (Biharning janubiy tumanlarida) „Biharni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qonun asosida (2000-yil)[27][28][29][30].

Pondicherry shtati nomi 2007-yilda Puducherry deb oʻzgartirildi. Orissa shtati nomi 2011-yilda Odisha deb oʻzgartirildi. Telangana shtati 2014-yil 2-iyunda Telangana 2014-yil 2-iyunda Andhra Pradesh shtatining shimoli-gʻarbidagi oʻnta tumani qoʻshilishi orqali tashkil qilindi[31][32].

2019-yil avgust oyida Hindiston parlamenti „Jammu va Kashmirni qayta tashkil etish toʻgʻrisida“ gi qonunni qabul qildi. Unga koʻra, 2019-yilda Jammu va Kashmir shtati ikkita ittifoq hududiga qayta tashkil etildi[33]. Oʻsha yilning noyabr oyida Hindiston hukumati Daman va Diu, Dadra va Nagar Haveli ittifoq hududlarini Dadra va Nagar Haveli va Daman va Diu deb nomlanuvchi yagona ittifoq hududiga birlashtirish toʻgʻrisidagi qonuni qabul qildi[34][35][36].

Shtatlar

Hozirgi kundagi shtatlar

Shtatlar

nomi

ISOTransport kodiJoylashuviPoytaxtiEng katta shahriTashkil qilingan

sanasi

Aholisi

(2011)
Maydoni
(km2)
Rasmiy tili[37]Qoʻshimcha tillari[37]
Andhra PradeshIN-APAPJanubiyAmaravatiVisakhapatnam1956-yil 1-noyabr49,506,799162,975Telugu
Arunachal PradeshIN-ARARShimoliy-SharqiyItanagar1987-yil 20-fevral1,383,72783,743Ingliz tili
AssamIN-ASASShimoliy-SharqiyDispurGuwahati1950-yil 26-yanvar31,205,57678,550Assom tiliBengal tili, Bodo
BiharIN-BRBRSharqiyPatna1950-yil 26-yanvar104,099,45294,163Hind tiliUrdu
ChhattisgarhIN-CTCGMarkaziyRaipur2000-yil 1-noyabr25,545,198135,194ChhattisgarhiHind tili, Ingliz tili
GoaIN-GAGAGʻarbiyPanajiVasco da Gama1987-yil 30-may1,458,5453,702KonkaniMarathi
GujaratIN-GJGJGʻarbiyGandhinagarAhmedabad1960-yil 1-may60,439,692196,024Gujarati
HaryanaIN-HRHRShimoliyChandigarhFaridabad1966-yil 1-noyabr25,351,46244,212Hind tiliPunjab tili[38][39]
Himachal PradeshIN-HPHPShimoliyShimla (yoz)

Dharamshala (qish)[40]
Shimla1971-yil 25-yanvar6,864,60255,673Hind tiliSanskrit[41]
JharkhandIN-JHJHSharqiyRanchiJamshedpur2000-yil 15-noyabr32,988,13474,677Hind tiliAngika, Bengal tili, Bhojpuri, Bhumij, Ho, Kharia, Khortha, Kurmali, Kurukh, Magahi, Maithili, Mundari, Nagpuri, Odia, Santali, Urdu[42][43]
KarnatakaIN-KAKAJanubiyBangalore1956-yil 1-noyabr61,095,297191,791Kannada tili
KeralaIN-KLKLJanubiyThiruvananthapuram1956-yil 1-noyabr33,406,06138,863MalayalamIngliz tili[44]
Madhya PradeshIN-MPMPMarkaziyBhopalIndore1950-yil 26-yanvar72,626,809308,252Hind tili
MaharashtraIN-MHMHGʻarbiyMumbay (yoz)

Nagpur (qish)[45][46]
Mumbay1960-yil 1-may112,374,333307,713Marathi tili
ManipurIN-MNMNShimoliy-SharqiyImphal1972-yil 21-yanvar2,855,79422,347MeiteiIngliz tili
MeghalayaIN-MLMLShimoliy-SharqiyShillong1972-yil 21-yanvar2,966,88922,720Ingliz tiliKhasi
MizoramIN-MZMZShimoliy-SharqiyAizawl1987-yil 20-fevral1,097,20621,081Ingliz tili, Hind tili, Mizo tili
NagalandIN-NLNLShimoliy-SharqiyKohimaDimapur1963-yil 1-dekabr1,978,50216,579Ingliz tili
OdishaIN-ORODSharqiyBhubaneswar1950-yil 26-yanvar41,974,218155,820Odia
PunjabIN-PBPBShimoliyChandigarhLudhiana1966-yil 1-noyabr27,743,33850,362Punjab tili
RajasthanIN-RJRJShimoliyJaipur1950-yil 26-yanvar68,548,437342,269Hind tiliIngliz tili
SikkimIN-SKSKShimoliy-SharqiyGangtok1975-yil 16-may610,5777,096Ingliz tili, NepaliBhutia, Gurung, Lepcha, Limbu, Manggar, Mukhia, Newari, Rai, Sherpa, Tamang
Tamil NaduIN-TNTNJanubiyChennay1956-yil 1-noyabr72,147,030130,058TamilIngliz tili
TelanganaIN-TGTSJanubiyHyderabad2014-yil 2-iyun35,193,978[47]112,077[47]TeluguUrdu[48]
TripuraIN-TRTRShimoliy-SharqiyAgartala1972-yil 21-yanvar3,673,91710,492Bengal tili, Ingliz tili, Kokborok
Uttar PradeshIN-UPUPMarkaziyLucknow1950-yil 26-yanvar199,812,341243,286Hind tiliUrdu
UttarakhandIN-UTUKMarkaziyBhararisain (yoz)

Dehradun (qish)[49]
Dehradun2000-yil 9-noyabr10,086,29253,483Hind tiliSanskrit[50]
Gʻarbiy BengaliyaIN-WBWBSharqiyKolkata1950-yil 26-yanvar91,276,11588,752Bengal tili, Nepal tiliHind tili, Odia, Punjab tili, Santali, Telugu tili, Urdu

Oldingi shtatlar

XaritaShtatPoytaxtYillarHozirgi holat(lar)
Ajmer shtatiAjmer1950-1956-yillarRajasthan
Andhra shtatiKurnool1953-1956-yillarAndhra Pradesh
Bhopal shtatiBhopal1949-1956-yillarMadhya Pradesh
Bilaspur shtatiBilaspur1950-1954-yillarHimachal Pradesh
Bombay shtatiBombay1950-1960-yillarMaharashtra, Gujarat va qisman Karnataka
Koorg shtatiMadikeri1950-1956 yillarKarnataka
Sharqiy PunjabShimla (1947-1953)



Chandigarh (1953-1966)
1947-1966 yillarPunjab, Haryana, Himachal Pradesh va Chandigarh
Hyderabad shtatiHyderabad1948-1956-yillarTelangana, qisman Maharashtra va Karnataka
Jammu va KashmirSrinagar (yoz)


Jammu (qish)
1952-2019-yillarJammu va Kashmir va

Ladakh

Kutch shtatiBhuj1947-1956-yillarGujarat
Madhya BharatIndore (yoz)



Gwalior (qish)
1948-1956-yillarMadhya Pradesh
Madras shtatiMadras1950-1969-yillarAndhra Pradesh, Tamil Nadu va qisman Karnataka va Kerala
Mysore shtatiBangalore1947-1973-yillarKarnataka
Patiala va Sharqiy Punjab shtatlari ittifoqiPatiala1948-1956-yillarPunjab va Haryana
SaurashtraRajkot1948-1956-yillarGujarat
Travancore — CochinTrivandrum1949-1956-yillarKerala va qisman Tamil Nadu
Vindhya PradeshRewa1948-1956-yillarMadhya Pradesh

Yana qarang

  • Hindistonning maʼmuriy boʻlinishlari
  • Hindistonning avtonom maʼmuriy boʻlinmalari
  • Hindiston shtatlari va hududlari uchun sifatlar va demonimlar ro'yxati
  • Hindiston davlati va ittifoq hududi nomlari etimologiyalari ro'yxati
  • Britaniya Hindistonining knyazlik shtatlari ro'yxati (alifbo tartibida)
  • Mintaqalar bo'yicha Hindistonning shtatlari va ittifoq hududlari ro'yxati
  • Aholisi bo'yicha Hindistonning shtatlari va ittifoq hududlari ro'yxati
  • O'tgan aholi soni bo'yicha Hindistondagi shtatlar ro'yxati
  • Yovvoyi tabiat populyatsiyasi bo'yicha Hindiston shtatlari ro'yxati
  • Hindistonning taklif qilingan davlatlari va ittifoq hududlari

Manbalar

Havolalar