Irland tili

Irland tiliHind-yevropa tillari oilasidagi german tillari guruhi kelt tillari shoxobchasiga mansub. Irlandiyaning (ingliz tili bilan birga) davlat tili. Irland tilida Shim. Irlandiya, qisman AQSh va Buyuk Britaniyada 600 mingdan ortiq kishi gaplashadi (1992). Irland tili, asosan, 3 sheva (munster, konnaxt, ulster) va koʻpgina lahjalarga boʻlinadi. I.t. tarixiy jihatdan Z davrga boʻlinadi: qad. (7— 10-asrlar), oʻrta (10— 14-asrlar) va yangi (15-asrdan) davrlar.

Irland tili
Milliy nomi An Ghaeilge va Gaeilge
Mamlakatlar Irlandiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 276 310, 1 030 000 va 141 000
Turkumlanishi
Til oilasi

Hind-yevropa

Kelt tillari
Alifbosi Lotin alifbosi, Ogham[1] va Latin, Gaelic type
Til kodlari
ISO 639-1 ga
ISO 639-2 gle
ISO 639-3 gle

Irland tilida lotin, fransuz, ingliz tillarida oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Fonetik qurilishi koʻpgina oʻzgarishlarga moyilligi bilan harakterlanadi. I.t. da yumshoq undoshlar bor. Urgʻu, asosan, soʻzning birinchi boʻgʻinigatushadi. Sodda gapning soʻz tartibi qatʼiy va izchil: avval kesim, soʻng ega, undan keyin toʻldiruvchi keladi.

Dastlab ogamik yozuvi (4—7-asrlar) boʻlgan, keyinchalik lotin yozuviga oʻtilgan (7-asr). Koʻpincha qad. yodgorliklari saqlanib qolgan. Hoz. irland maktablarida mustaqil fan sifatida oʻqitiladi.[2]

Manbalar