Isroil–Falastin mojarosi

Levantda hozirgi kungacha davom etayotgan mojaro

Isroil–Falastin mojarosi – Levantda hozirgi kungacha davom etib kelayotgan mojaro. XX asrning oʻrtasida boshlangan boʻlib, dunyodagi eng uzoq davom etib kelayotgan mojarolardan biridir[2]. Mojaroning asosiy yoʻnalishlari orasida Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektorining Isroil tomonidan bosib olinishi, Quddusning ahamiyati, Isroil aholi punktlari, chegaralar, xavfsizlik, suv bilan bogʻliq huquqlar[3] , Falastinning harakatlanish erkinligi kiradi[4].

Isroil–Falastin mojarosi
Arab-Isroil mojarosi

Oslo kelishuvlarida belgilangan Falastin hududi xaritasi
Sanalar14-may 1948-yil[1] – hozirgacha
Urush yeri
HolatiDavom etmoqda
  • Isroil–Falastin tinchlik jarayoni (toʻxtab qolgan)
  • Gʻazo–Isroil mojarosi (tez-tez avj olib turadi)
Raqiblar
 Isroil Falastin
  • Butunfalastin hukumati (1948–1959)
  • Falastin ozodlik tashkiloti (1964–bugun)
  • Andoza:Country data Falastin milliy maʼmuriyati (1994–bugun)

Boshqaruv (FMM):
Fayl:Fatah Flag.svg Fatah (Iordan daryosining gʻarbiy sohili)
Hamas (Gʻazo Sektori)

Mojaro 19-asr oxiri va 20-asrda yahudiy muhojirlari va koʻchmanchilarning Falastinga kelishi va sionistik harakatning paydo boʻlishidan kelib chiqqan[5]. Mahalliy arab aholisi sionizmga, birinchi navbatda, ularning hududiy koʻchishi va egalik qilishidan qoʻrqib qarshilik koʻrsatgan[5]. Sionistik harakat 1917-yilda Buyuk Britaniya tomonidan eʼlon qilingan Balfur deklaratsiyasida „Falastinda yahudiylarning vatanini yaratish“ni qoʻllab-quvvatlashga vaʼda qilgan imperator yordamini oldi. Birinchi jahon urushidan keyin Majburiy Falastin oʻrnatildi va kichik ziddiyatlar yahudiylar va arablar oʻrtasidagi ochiq mazhablararo mojaroga aylandi[6][7]. 1936-yilda arablar tomonidan, mustaqillik talabi bilan, koʻtarilgan qoʻzgʻolon inglizlar tomonidan bostirildi[8].

Isroil–Falastin tinchlik jarayoni doirasida mojaroga hamda keng koʻlamli Arab-Isroil mojarosiga yechim topish uchun koʻplab chora koʻrilgan[9]. Falastinda yahudiylar uchun vatan barpo etishga ommaviy chaqiriqlar, jumladan, 1897-yilda sodir boʻlgan Birinchi sionizm kongressi hamda 1917-yilda eʼlon qilingan Balfour deklaratsiyasi hududga yahudiylar immigratsiyasi fonida ilk ziddiyatlarni keltirib chiqargan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Falastinda Britaniya mandati yuridik hujjatida „Falastinda yahudiy xalqi uchun milliy vatan yaratish“ majburiyati belgilangan. Tangliklar ortidan yahudiylar va arablar oʻrtasida ochiq mojaro boshlangan[10][11]. 1947-yilgi Falastinni boʻlish boʻyicha BMT rejasi amalga oshmagan va 1947–1949-yilgi Falastin urushiga turtki boʻlgan. Hozirgi kundagi status quo Isroil 1967-yilda sodir boʻlgan Olti kunlik urushda Falastin hududlari oʻlaroq maʼlum boʻlgan Iordan daryosining gʻarbiy sohili (Gʻarbiy Sohil) hamda Gʻazo sektori hududlarini harbiy okkupatsiya qilganidan keyin yuzaga kelgan.

Mojaro boshlanganidan beri koʻplab tinch aholi, asosan falastinliklar qurbon boʻldi. Arab-Isroil mojarosini hal qilish harakatlari bilan bir qatorda Isroil-Falastin tinchlik harakatlarining bir qismi sifatida mojaroni hal qilish uchun turli xil urinishlar ham boʻlgan[12][13][14][15]. 1993—1995-yillardagi Oslo kelishuvlari bilan Isroil hukumati va Falastin Ozodlik Tashkiloti (FLO) oʻrtasida muzokaralar yoʻli bilan yechim topishga erishildi. Soʻnggi tinchlik saʼy-harakatlarining aksariyati Isroil bilan birga mustaqil Falastin davlatini barpo etishni o'z ichiga olgan ikki davlat masalasini ham yechishga qaratilgan. Ilgari nafaqat isroillik yahudiylar balki falastinliklar tomonidan ham qoʻllab-quvvatlangan[16][17][18] ikki davlat masalasini ham yechishga boʻlgan saʼy harakatlar soʻnggi yillarda kamaydi[19][20][21]. Rasmiy muzokaralarga Birlashgan Millatlar Tashkiloti, AQSh, Rossiya va Yevropa Ittifoqidan iborat Yaqin Sharq boʻyicha toʻrtlik vositachilik qiladi. Arab davlatlari uyushmasi, Misr va Iordaniya bilan bir qatorda, tinchlik tashabbusini taklif qilgan yana bir muhim ishtirokchidir. 2006-yildan beri Falastin yerlari Gʻarbiy Sohildagi Falastin maʼmuriyatiga hukmronlik qiluvchi Fath guruhi va Gʻazo sektori ustidan nazoratni qoʻlga kiritgan Hamas oʻrtasida boʻlinib kelgan[22]. Buni tuzatishga koʻplab urunishlar boʻlgan va davom etmoqda. 2019-yildan beri Isroil tomoni ham siyosiy inqirozni boshidan kechirmoqda[23][24]. Tinchlik muzokaralarining soʻnggi bosqichi 2013-yil iyul oyida boshlangan, biroq 2014-yilda toʻxtatilgan. 2006-yildan beri Hamas va Isroil beshta urush olib borishgan, ularning eng oxirgisi 2023-yilda boshlangan va 2024-yilda ham davom etmoqda[22].

Tarixi

Falastin arablari va nasroniylarga tegishli Falastin gazetasi, 1936-yil 18-iyunda ingliz zobiti tomonidan himoyalangan sionizmni timsoh sifatida karikatura qilib, Falastin arablariga: „Qoʻrqmanglar! Men sizni tinch yoʻl bilan yutib yuboraman...“[25]

Isroil-Falastin mojarosining ildizlari 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida, siyosiy sionizmning rivojlanishi va sionist koʻchmanchilarning Falastinga kelishi bilan bogʻliq[26][5][27]. Zamonaviy-siyosiy sionistik harakat, Falastinda yahudiy davlatini barpo etish maqsadi bilan, 19-asrning soʻnggi yigirma yilligida, asosan, Yevropadagi antisemitizmga javoban paydo boʻlgan. Bu davrda yahudiy mustamlakachiligi boshlangan boʻlsa-da, Birinchi jahon urushidan oldingi oʻn yil ichida mafkuraviy jihatdan koʻproq sionistik muhojirlar kelishidan keyingina Usmonli Falastinning maydoni sezilarli darajada kengaya boshlagan[28]. Yer sotib olish, ijarachi arab dehqonlarini quvib chiqarish va yahudiy para-harbiy boʻlinmalari bilan qurolli toʻqnashuvlar Falastin aholisining hududiy koʻchirilishi va oʻzlarining mulkdan mahrum boʻlish qoʻrquvining kuchayishiga sabab boʻladi[29]. Sionistik harakat rahbariyati boshidanoq yahudiylarning demografik koʻpchiligini oʻrnatish maqsadida Falastin aholisini yerdan „koʻchirish“ (etnik tozalash uchun evfemizm) gʻoyasiga ega edi. Benni Morrisning taʼkidlashicha, transfer gʻoyasi „muqarrar va sionizmga kiritilgan“ edi[30]. Arab aholisi bu tahdidni 1880-yillardayoq birinchi aliya kelishi bilan his qila boshlaganlar[29].

Manbalar