Mayotta

Mayotta (fr.Mayotte, komor.Maore) — Fransiyaning dengizorti mintaqasi (fr.région d’outre-mer) va ayni paytda dengizortidagi departamenti (département d’outre-mer, yoki DOM). 1976-yildan beri mintaqa Fransiya va Komor orollari oʻrtasidagi bahsli hudud boʻlib, konstitutsiyaga koʻra, Mayotta muxtor orol maqomiga ega. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Komor orollari Ittifoqi davlatining Mayotte (Maore) oroliga boʻlgan huquqlarini tan oldi.

Mayotta Departamenti
fr.Département de Mayotte
bayrogʻi
Bayroq
Madhiya: “La Marseillaise
Location of Mayotta
Poytaxt Mamudzu
Rasmiy til(lar) Fransuzcha
Hukumat
• Departament kengashi raisi
Ben Iso Useni
• Perfekt
Seymur Morsi
• Tashkil topgan
2011-yil 31-mart
Maydon
• Butun
374 km2 (187-oʻrin)
Aholi
• 2024-yilgi roʻyxat
312844 kishi
• Zichlik 830/km2
Pul birligi Yevro

Geografik joylashuvi va tabiati

Madagaskar va Afrika oʻrtasidagi Mozambik bugʻozida joylashgan. Mayotta – Komor arxipelagining janubi-sharqida joylashgan orol. Mayotta ikkita katta va taxminan 30 ta mayda orollardan iborat. Orollar yuzasining asosiy qismi chuqur daralar va vulkon togʻ choʻqqilaridan iborat. Eng yuqori nuqtasi Benara (660 m). Iqlimi - tropik dengiz iqlimi.

Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari

Mayotta – Fransiyaning dengizorti departamenti hisoblanadi. Davlat boshligʻi Fransiya prezidenti. Hukumat boshligʻi – Yuqori kengash prezidenti (kengash aʼzolari 6 yil muddatga saylanadi).

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari

Mayotta iqtisodida qishlok xoʻjaligi muhim oʻrin tutadi. Davlat oʻz aholisini qishloq xoʻjaligi maxsulotlari bilan toʻla taʼminlay olmaydi. Mayotta Fransiyaning moliyaviy yordamiga tayanadi. Chetga vanil, ilang-ilang, dolchin, kokos yongʻogʻining magʻzi eksport kiladi. Chetdan kimyo sanoati maxsulotlari, mashina va jihozlar keltiriladi. 2008-yilda YAIM miqdori 954 mln (aholi jon boshiga - 4770) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari Fransiya, Komor orollari, Afrika va Janubiy Osiyo mamlakatlari.

Tarixi

1841-yilda Mayotta sultoni orolni Fransiyaga boy berdi va shu paytdan boshlab Mayotta fransuz imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1946-yilda Komor orollari dengizorti hududi maqomini oldi. 1974-yilda oʻtkazilgan referendumda arxipelagning uchta oroli mustaqillik uchun ovoz berdi, ammo Mayotta Fransiya tarkibida qolishga qaror kildi. 2011-yil 31-martda Mayotta Fransiyaning 101-departamenti deb eʼlon qilindi. Komor orollari hukumati ularga yagona davlat tuzish imkoniyati berilmaganidan norozi boʻldi va Fransiya hukumatini mustamlaka siyosati yuritayotganlikda aybladi.

Manbalar