Tolibon hujumi

2021-yilgi Tolibon hujumi — AQSh harbiylarining Afgʻonistondan toʻliq olib ketilishi aniq boʻlgach[10][11], 2021-yilning 1-may kunidan Tolibon harakati tomonidan Afgʻoniston Qurolli kuchlariga qarshi boshlangan faol hujum harakatidir[12]. Hujumlar oqibatida 14-avgust kuni toliblar Afgʻonistonning 90 % hududini oʻzlariga boʻysundira oldilar. 15-avgustda poytaxt Kobulni bosib oldilar va mamlakat boshqaruvini qoʻlga kiritdilar. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani mamlakatdan qochishga majbur boʻldi[13][14].

Tolibon hujumi
Afgʻoniston urushi (2005–2021)


Sanalar2021-yil 1-maydan 16-avgustgacha[1]
Urush yeriAfgʻoniston
NatijaTolibon gʻalabasi
Raqiblar
Tolibon

Qoʻllab-quvvatlovchilar:Al-Qoida Al-Qoida
Tolibon Tolibon, Haqqoniy guruhi
Tehrik-e Taliban Pakistan
Vaziriston Vaziriston
Lashkari Toyiba Lashkari Toyiba
Joishi Muhammad Joishi Muhammad
Harakatul Mujohidin Harakatul Mujohidin

Afgʻoniston Islom Respublikasi
Amerika Qoʻshma Shtatlari AQSh (aviazarbalar, cheklangan ishtirok)[2][3]
Qoʻmondonlar
Haybatulloh Oxundzoda
Abdul Gʻani Birodar
Sirojiddin Haqqoniy
Ashraf Gʻani
Amrulloh Solih
Abdulloh Abdulloh
Bismilloh Xon Muhammadiy
Abdul Rashid Doʻstum
Ismoil Xon
Ahmad Masʼud

Joe Biden
Mark Milley

Kuchlar
„Qizil guruh“„AQSh maxsus topshiriqlarni hamkorlikda bajarish guruhi“
Yoʻqotishlar
Afgʻonistonning 08.08.2021 kungi maʼlumotlariga koʻra: 8668 kishi halok boʻlgan[4]Afgʻonistonning 08.08.2021 kungi maʼlumotlariga koʻra: 1537 kishi halok boʻlgan[5][6][7][8]
Umumiy yoʻqotishlar
1031 nafar tinch aholi vakili halok boʻlgan
1609 nafar tinch aholi vakili jarohatlangan[9]

Boshlanishi

Afgʻonistondagi fuqarolar urushi davrida Tolibonga asosiy qarshilik mamlakat shimolidan (Shimoliy ittifoq) koʻrsatilgani uchun 2021-yil toliblar yangi hujumlarni boshlashda asosan shimolga eʼtibor qaratdilar[15]. 1990-yillarda Tolibon hukmronligi vaqtida Afgʻonistonda ayollarning huquqlari doimiy buzilib kelgan: ular hamma joyda burqa kiyib yurishga majbur boʻlganlar, 10 yoshdan katta qizlarga maktabda oʻqish taqiqlangan. Bu qoidalarni buzgan ayollarni omma oldida jazolaganlar, baʼzida qatl ham qilganlar[16].

Hujumning borishi

May

May oyi boshlarida Tolibon Vardak viloyatining 15 ta tumanini qoʻlga oldi[17][18][19][20]. Hujumlar oqibarida 405 nafar Afgʻoniston harbiylari va 260 nafat tinch aholi vakillari vafot etgan[21][22].

Iyun

Iyun oʻrtalariga kelib toliblar Bagʻlon va Qunduz viloyatlarining 69 ta tumanini nazoratlari ostiga olgan edilar[17][23][24][25]. Mozori-Sharif shahri oʻrab olingandi[26]. Toliblar Tojikiston bilan chegaradosh boʻlgan hududlarda oʻz bayroqlarini tikladilar[27][28]. 1,5 mingdan ortiq afgʻon harbiylari Tojikistonga qochib jon saqlashga majbur boʻldilar[29]. Iyun oxirlarida toliblar Kobulga chegaradosh boʻlgan Parvon viloyatida jang olib bordilar[30][31].

Iyul

2-iyul kuni NATO qoʻshinlarining soʻnggi harbiylari Bagram aviabazasini tark etdilar[32][33].4-iyul kuni toliblar Pokiston bilan chegara punktlarida oʻz bayroqlarini koʻtardilar[34]. 12-iyul kuni toliblar yana 55 ta tumanni qoʻlga kiritdilar[35]. Mamlakat rasmiylari esa avval „Tolibon“ tomonidan egallangan barcha hududlarni qaytarib olganliklarini aytishdi[36][37][38].

Avgust

Avgust boshida Afgʻonistondagi 417 tuman markazidan 200 tasi „Tolibon“ qoʻlida ekani aytildi. shuningdek, boshqa tumanlarda ham doimiy toliblar borligi maʼlum qilindi[39].6-avgust kuni „Tolibon“ Shibirgʻon[40] va Eron chegarasi yaqinidagi Zaranj shaharlarini egalladi[41][42]. Bir necha soatdan keyin Qunduz[43], Saripul va Talukan[44] ham toliblar qoʻliga oʻtdi[45][46].

Boeing B-52 Stratofortress samolyoti Afgʻoniston osmonida

7-avgustda Gʻarb davlatlari mamlakatda xavf darajasi yuqorilab ketgani sababli oʻz fuqarolarini Afgʻonistonni tark etishga chaqirdi[47][48][49]. Shu kuni Birlashgan millatlar tashkioti bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha vakili Debora Layons „Voqealarning bu terzda davom etishi mamlakatni halokatga olib keladi“, deb taʼkidladi[50].8-avgust Joe Biden administratsiyasi koʻpdan beri davom etayotgan Afgʻoniston urushini tugatish niyatida ekanini aytdi[51][52].

8-avgustda AQSh harbiy havo kuchlari Fors koʻrfazidan turib „Tolibon“ga qarshi zarbalar berdi[53][54][55].

9-avgust kuni Samangan viloyatining markazi — Oybek shahri ham „Tolibon“ tomonidan egallandi[56].

11-avgust kuni Joe Biden administratsiyasi AQSh 31-avgustgacha Afgʻoniston harbiylariga yordam berishini maʼlum qildi[57].

„Eron Islom Respublikasi ovozi“ teleradiokompaniyasi „Tolibon“ Afgʻonistonning 90 % hududini egallab olganini bildirdi[58].

Kobulning egallanishi

15-avgust kuni toliblar Afgʻonistondagi barcha chegara oʻtish punktlarini nazorat qilayotganlari maʼlum boʻldi[59]. Shu kuni „Tolibon“ jangchilari Kobulga hujum boshladilar[60][61]. Shaharda oʻq ovozlari eshitilib turganiga qaramasdan Afgʻoniston prezidenti administratsiyasi vaziyat nazorat ostida ekanini eʼlon qildi[62][63]. „Tolibon“ yetakchilari oʻz jangchilariga urushni toʻxtatishni buyurishdi va Kobulni jangsiz qabul qilib olishga tayyorlanayotganlarini maʼlum qilishdi[63][64][65]. „Tolibon“ vakillari Prezident qarorgohiga kelib hokimiyatni tinch yoʻl bilan topshirish boʻyicha muzokaralar olib borishdi[66][67][68].

Afgʻoniston yetakchisi oʻrnini „Tolibon“ning Qatardagi shtab-kvartirasi rahbari Abdul Gʻani Birodar egalladi. Sobiq Ichki ishlar vaziri Ali Ahmad Jaloliy esa Afgʻoniston muvaqqat hukumat rahbari lavozimini egalladi[69][70].

Afgʻoniston Islom Respublikasining prezidenti Ashraf Gʻani mamlakatni tark etdi. U Tojikistonga uchgani maʼlum qilindi[71]. Hukumat vakili Abdulloh Abdulloh bu maʼlumotni tasdiqlab, Ashraf Gʻanini „sobiq prezident“ deb atadi[72].

„Tolibon“ harakati Kobul ostonasida kutib turgan oʻz jangchilariga poytaxt Kobul shahriga kirishni buyurdi[73].

Kobul qulashidan keyingi qarshilik

17-avgust kuni mamlakatda qolgan vitse prezident Amrulloh Solih Afgʻoniston konstitutsiyasi boʻyicha oʻzini muvaqqat hukumat rahbari deb eʼlon qildi.

Manbalar