Adele

Adele Laurie Blue Adkins[3] (talaffuzi: Adel Lori Blu Adkins; 1988-yil 5-mayida tugʻilgan) Adele mononimi bilan tanilgan ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisidir. 2006-yili doʻsti MySpacega uning demosini ortganidan keyin Adelega XL Recordings studiyasidan shartnoma taklif etildi. 2007-yili u Brit Awards taʼsis etgan „Munaqqidlar Tanlovi“ va BBC 2008 Ovozi mukofotlarini qoʻlga kiritdi. Uning 19 deb nomlangan ilk albomi 2008-yili chiqarilib, tijoriy va tanqidiy muvaffaqiyat keltirdi. Bu albom Birlashgan Qirollikda toʻrt, AQShda ikki karra platina sertifikatini oldi[4][5]. Uning AQShdagi karyerasi 2008-yil oxirlarida Saturday Night Live teletomoshasidagi chiqishidan soʻng yuqorilab ketdi. 2009-yilgi Grammy Awards marosimida Adele Eng zoʻr yangi artist va Eng zoʻr ayol pop vokal ijrosi mukofotlarini qozondi[6][7].

Adele

Adele 2021-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Adele Laurie Blue Adkins
5-may 1988-yil (1988-05-05) (35 yosh)
Tottenham, London, Angliya
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Kasbi
Leybl
  • XL
  • Columbia
  • Melted Stone
Turmush oʻrtogʻi
Simon Konecki
(turm. 2018; ajr. 2021)
Bolalari 1
Janr
Faoliyat yillari 2006—hozirgacha
Veb-sayt adele.com
Imzosi

Adele 21 nomli ikkinchi albomini 2011-yil boshida chiqardi[8][9]. Bu albom xush qarshilanib, muvaffaqiyati debut albominikidan oshib ketdi[10]. 21 Adelega 2012-yili oltita Grammy, shu jumladan Yil albomi mukofotini keltirib, bir kechada eng koʻp Grammy olgan ayol rekordi oʻrnatildi[11][12]. Albom shuningdek unga boshqa qator mukofotlarni ham qozonishga yordam qildi. Albom Birlashgan Qirollikda 16 karra platina mavqeʼiga erishdi;[4] AQShda u xit-parad birinchiligini uzoq ushlab turdi[13][14].

21 muvaffaqiyati tufayli Adele Guinness rekordlar kitobiga kirdi. U Birlashgan Qirollikda bir yil ichida 3 milliondan oshiq albom sotgan birinchi artistdir[15]. Ikki albomi va 21dagi ikki singli — „Rolling in the Deep“ va „Someone Like You“ bilan Adele UK Official Singles va Official Albums chartlari yuqorisidan bir vaqtning oʻzida besh oʻrin olgan birinchi hayot artist boʻldi (bungacha buni faqat 1964-yili Beatles uddalashgandi)[16][17]. „Set Fire to the Rain“ qoʻshigʻi chiqishi va AQShda uchinchi bora birinchi raqamli singl boʻlishi bilan Adele tarixda Billboard 200 uchta ashula bilan boshlab turgan birinchi artist boʻldi[18].

2012-yili Adele VH1ning „Musiqadagi 100 eng buyuk ayol“ roʻyxatida beshinchi pogʻonaga qoʻyildi,[19] Time jaridasi esa Adeleni dunyoning eng taʼsirli odamlariga sirasiga qoʻshdi[20].

Diskografiyasi

Studiyaviy albomlari
  • 19 (2008)
  • 21 (2011)
  • 25 (2015)
  • 30 (2021)

Manbalar

Bibliografiya

  • Bently, David. „Tickets to See Adele in Birmingham Up for Sale for Jaw-Dropping £1,300 Each“ (10-mart 2016-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2017-yil.
  • Cairns, Dan. „Blue-Eyed Soul: Encyclopedia of Modern Music“. The Sunday times Culture's Encyclopedia of Modern Music (1-fevral 2009-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2017-yil.
  • Frehsée, Nicole (22–Yanvar 2009–yil). „Meet Adele, the U.K.'s Newest Soul Star“ (PDF). Rolling Stone. 8-jild. 26-bet. 8–Noyabr 2012–yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 18–sentyabr 2017–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () (Wayback Machine saytida 2012-11-08 sanasida arxivlangan)
  • O'Donnell, Kevin (2–noyabr 2010–yil). „Adele: New Records is 'Quite Different': British Singers Talks About the Roots and Country Influences of Her New Album, 21. Spin. 2015-05-21da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18–sentabr 2017–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()

Havolalar