Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik

Bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik — bu kattalar yoki katta yoshdagi oʻsmirlar boladan oʻz jinsiy mayllarini ragʻbatlantirish uchun foydalanadigan bolalarga nisbatan zoʻravonlikning bir turidir[1]. Bolaga nisbatan jinsiy zoʻravonlikning shakllariga, xususan, bolani jinsiy faoliyatga taklif qilish yoki majburlash (natijasidan qatʼiy nazar), odobsiz taʼsir qilish (bolaga jinsiy aʼzolar, ayolning koʻkrak uchlarini koʻrsatish) oʻz jinsiy istaklarini qondirish, bolani qoʻrqitish yoki uni jinsiy aloqaga majbur qilish, bola bilan jismoniy jinsiy aloqa qilishga koʻndirish, bolalar pornografiyasini ishlab chiqarish uchun boladan foydalanish kabilar kiradi[1].

Bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik oqibatlarida depressiya, olingan ruhiy travmadan keyingi psixologik buzilish (stress), chuqur ruhiy tushkunlik, jismoniy shikastlanish va boshqa muammolar sodir boʻladi[2]. Oila aʼzolari tomonidan jinsiy zoʻravonlikka uchrash yanada ogʻirroq va uzoq muddatli psixologik travmalarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, bu ota-onalardan biri tomonidan yoki qarindoshlar oʻrtasida sodir boʻlsa[3]. Bolalarni jinsiy zoʻrlashning uchdan biri oʻzaro qarindosh boʻlganlar orasida uchraydi.

2009-yilda 22 mamlakatda o‘tkazilgan 65 ta tadqiqot tahliliga ko‘ra, bolalar jinsiy zo‘ravonligi global miqyosda qizlar orasida 19,7%ni, o‘g‘il bolalarga nisbatan esa 7,9%ni tashkil qiladi. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, bolalar jinsiy zoʻravonligining eng yuqori darajasi Afrikada(34,4%), eng past darajasi esa Yevropada(9,2%), Amerika va Osiyoda 10,1% dan 23,9% gachani tashkil etadi[4].

Bolalarga jinsiy zoʻravonlik qiluvchilarning hammasi ham pedofil emas[5][6]. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, pedofiliya bilan ogʻrigan bemorlar bolalarga jinsiy zoʻravonlik qilgan jinoyatchilar atigi 2-10%ni tashkil qiladi. Bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qiluvchilarning aksariyati begonalar boʻlmaydi. Kamida 30% holatlarda bolaning qarindoshlari, aka-ukasi, otasi, amaki yoki amakivachchalari, taxminan 60% holatlarda „oilaviy doʻstlar“, vasiylar, enagalar yoki qoʻshnilar boʻladi. Begona odamlarning bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonliklari atigi 10%ni tashkil qiladi.

Oqibatlari

Jinsiy zoʻrlangan bola (1910)

Psixologik oqibatlari

Bolalarning jinsiy zoʻravonlikka uchrashi ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan, katta yoshda psixopatologiyaning rivojlanishi[2][7]. Bolalikdagi jinsiy zoʻravonlikning belgilariga depressiya[8], tashvishlanish, ovqatlanishni buzilishi[9], oʻz-oʻzini past baholash[9], psixosomatik kasalliklar[10], uyqu buzilishi[11][12], dissotsiativ kasalliklar va olingan travmadan keyingi ruhiy buzilishlar kiradi. .

Jinsiy zoʻravonlikning uzoq muddatli oqibatlariga, oʻz joniga qasd qilishga urinishlar, vahima, ruhiy tushkunlik, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar istemol qilishga ruju qoʻyish, taʼlimdagi uzilishlar, jinsiy kasalliklar hamda umumiy ruhiy muammolarni oʻz ichiga oladi. Shvetsiyalik tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bolaligida jinsiy zoʻravonlikka uchragan qizlarning 17% oʻz joniga qasd qilish fikriga ega boʻlgan. 30% ortigʻi oʻz joniga qasd qilishga uringan yoki oʻz joniga qasd qilib koʻrgan[13]. Oʻgʻil bolalar orasida bu koʻrsatkichlar mos ravishda 8% va 33% ni tashkil qiladi[14].

Baʼzi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, jinsiy zoʻravonlikni boshdan kechirgan odamlarning 70 foizi, shu jumladan jismoniy zoʻravonlikka uchraganlar, 21 yoshga kelib jiddiy ruhiy kasalliklardan aziyat cheka boshlaydilar[15]. Ushbu davrda manik-depressiv psixoz, fobiyalar, travmadan keyingi paydo boʻladigan sindromlar, alkogolizm, giyohvandlik, antisosyal xatti-harakatlar kiradi. Odamlarning chorak qismidan koʻprogʻi oʻz joniga qasd qilishga uringan. Shu bilan birga, bolalik davrida jinsiy aloqa tajribasiga ega boʻlmagan odamlarning 27% aqliy anomaliyalar kuzatilgan.

Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bolalik davridagi jinsiy zoʻravonlikka uchragan qolgan 51-79% insonlar psixologik buzilish alomatlarining qandaydir shaklini boshdan kechirishadi[16][17]. Agar jinoyat sodir etgan shaxs jabrlanuvchining qarindoshi boʻlsa hamda zoʻravonlik jinsiy aloqa yoki uni sodir etishga urinishni oʻz ichiga olsa yoki jinoyatchi bolaga tahdid yoki jismoniy kuch ishlatsa, psixologik travma darajasi yanada yuqori boʻladi[18]. Psixologik zarar darajasi ham turli omillarga bogʻliq boʻlishi mumkin, masalan, penetratsiya, jinsiy zoʻrlashning davomiyligi[2][7][19][20]. Bolalarning jinsiy zoʻravonligining ijtimoiy stigmatizatsiyasi bolalarga yetkazilgan psixologik travmani kuchaytirishi mumkin[20][21]. Oilaviy qoʻllab-quvvatlash esa jabrlangan bolalar uchun salbiy oqibatlar xavfini kamaytiradi[22][23].

Dissotsiatsiya va TSSB

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik, shu jumladan jinsiy zoʻravonlik, ayniqsa erta yoshda boshlangan surunkali zoʻravonlik, aniq dissotsiativ simptomlarning rivojlanishiga, shu jumladan zoʻravonlik xotiralarining repressiyasiga olib keladi. Jiddiy jinsiy zoʻrlash holatlarida dissosiativ simptomlarning darajasi yuqori boʻladi (penetratsiya, bir nechta odam zoʻrlashi, yillar davomida zoʻrlashlar)[24].

Bolalikdagi jinsiy zoʻravonlikdan omon qolganlar travmadan keyingi stress buzilishi („Afgʻon sindromi“ yoki „Chechen sindromi“ deb ham ataladi), dissotsiativ yoki shaxsiyat buzilishidan aziyat chekishi mumkin[25].

Jismoniy oqibatlar

Jismoniy travmalar

Bolalarning jinsiy zoʻravonligi ichki aʼzolarning shikastlanish va ulardan qon ketishiga olib kelishi mumkin. Ularning paydo boʻlish ehtimoli bolaning yoshi va boʻyi, shuningdek, ishlatilgan jismoniy zoʻravonlik darajasiga bogʻliq. Ayniqsa ogʻir holatlarda ichki organlarning jiddiy shikastlanishi, shu jumladan oʻlimga olib kelishi mumkin[26]. Shimoliy Karolinada, 1985-1994-yillar oraligʻida jinsiy zoʻravonlik natijasida sodir boʻlgan oltita taxminiy oʻlim holati aniqlangan. Oʻlganlarning yoshi 2 oylikdan 10 yoshgacha boʻlgan. Oʻlim sabablari orasida jinsiy aʼzolar va toʻgʻri ichakning shikastlanishi kabi jarohatlar bor edi[27].

Infeksiyalar

Bolalarning jinsiy zoʻravonligi natijasida infektsiyalar va jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar orttirib olish mumkin[28]. Yosh qizlarda vaginal moylash yoʻqligi sababli infektsiya yuqtirib olish xavfi yuqori. Kolpit holatlari mavjud[28].

Turlari

Bolalarning jinsiy zoʻravonligi jismoniy aloqada ham (bolaning jinsiy aʼzolariga teginish, bolaga jinsiy stimul berish, boladan kattalarni jinsiy mayllarini qondirish uchun ishlatish, ogʻiz-jinsiy organlarni stimulyatsiya qilish, zoʻrlash) va bevosita jismoniy aloqasiz (bolani yechinishga majburlash, pornografik materillar tayyorlash uchun suratga tushirish, eksgibisionizm) ham sodir boʻlishi mumkin[29][30][31][32].

Statistika

Psixolog S.Vurtel va boshqalar (2014-yil, AQSH) aholi orasida bolalarga nisbatan oʻzlarining jinsiy qiziqishlari toʻgʻrisida anonim onlayn soʻrovnma oʻtkazishdi. Unda ishtirok etish uchun erkaklar (n=173) va ayollar (n=262) jalb qilindi. Oʻzlari uchun bola bilan jinsiy aloqada boʻlish istagini tan olgan respondentlarning ulushi erkaklarda 6%ni va ayollarda 2%nu tashkil etdi[33].

Yana qarang

Eslatmalar

Adabiyotlar

  • Wurtele, S. K. Sexual interest in children among an online sample of men and women: prevalence and correlates : [angl.] / S. K. Wurtele, D. A. Simons, T. Moreno // Sexual Abuse: A Journal of Research and Treatmentruen. — 2014. — Vol. 26, no. 6. — P. 546-568. — doi:10.1177/1079063213503688.