Fotima
Fotima (r.a.) (taxminan 605/606, Makka – 632/633, Madina) — Muhammadning kenja qizi. Fotimaga eʼtiqod qilish shialar oʻrtasida keng tarqalgan. Shia imomlar va musulmon mamlakatlaridagi koʻpchilik sulolalar (idrisiylar, fotimiylar, saʼdiylar va boshqalar), shuningdek, barcha sayyidlar Fotima va uning eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi. Fotima goʻzal boʻlgani uchun nomiga Zahro (Guldek) ismi ham qoʻshib aytiladi. Fotimaning 5 farzandi: 3 oʻgʻil (Hasan, Husayn, Muhsin) va 2 qizi (Ummu Gulsum va Zaynab) boʻlgan edi. Muhammad vafotidan olti oydan soʻng Fotima olamdan oʻtgan. Madinaga borgan shia ayollar Fotima qabrini ziyorat qiladi.[1]
Manbalar
🔥 Top keywords: HamletMaxsus:SearchSoliqBosh SahifaQuyoshAmir TemurTabiatMuhammad YusufFeʼlTopishmoqWilliam ShakespeareKonstitutsiyaAlisher NavoiyAbulfayzxon (drama)Quyosh tizimiOʻzbekistonAl-XorazmiyIbroyim YusupovOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)Birlashgan Millatlar TashkilotiAbdulla OripovTabiatni muhofaza qilishJinsiy aloqaSayyoraMaʼnaviyatMatematikaTemuriylar shajarasiMisr piramidalariJadidchilikTurkistonOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAbdurauf FitratFalsafaBrauzerYerBuyuk Ipak yoʻliBoburBahorSharq taronalari