Kivi (meva)

Kivi[1]- o'simligining vatani Xitoy hisoblanadi. Kivi mevasi katta uzumga[2] o'xshash mevadir, shuning uchun kivi baʼzan „Xitoy krijovnigi“ deb ataladi. 2017-yilda Xitoy dunyodagi kivi mevasining 50%ini ishlab chiqargan[3].

Kivi

Kivi birinchi bo'lib XII asrda "Song" sulolasi davrida yetishtirilgan[4]. XX asrning boshlarida kivi yetishtirish Xitoydan Yangi Zelandiyaga tarqaldi[2]. Meva Ikkinchi Jahon urushi paytida Yangi Zelandiyada joylashgan Britaniya va Amerika harbiy xizmatchilari orasida mashhur boʻldi va keng tarqala boshladi.Avval Buyuk Britaniyaga, keyin esa 1960-yillarda Kaliforniyaga eksport qilindi[2][5].

Nomlanishi

Kivining zamonaviy nomini Yangi Zelandiya selektsioneri Aleksandr Ellison oʻylab topgan. XX asrning 60-yillarida oʻzining asl mevasi Yangi Zelandiyaning gerbida tasvirlangan xuddi shu nomdagi qush tanasiga tashqi ko'rinishdan oʻxshashligi uchun unga bu nom berilgan.

Kivi yetishtirish tarixi

Adlerdagi kivi

Yovvoyi aktinidiyaning vazni atigi 30 gramm edi va u XX asrning boshlarida Yangi Zelandiyaga olib kelingan. Madaniy yirik mevali kivi Yangi Zelandiyada yetishtirilgan. Meva asl turdan koʻpaytirilgan hamda uning vazni 100 gramm yoki undan koʻproq boʻlgan.Madaniylashtirilgan meva oʻzining yaxshiroq taʼmi bilan ham tanilgan.

Hozirgi kunda kivi subtropik iqlimi boʻlgan koʻplab mamlakatlarda, ayniqsa Italiya, Yangi Zelandiya, Chili, Gretsiyada oʻstiriladi. U yerdan mayin, yashil, mazali pulpaga ega boʻlgan suvli shifobaxsh mevalar dunyoning barcha mamlakatlariga eksport qilinadi. Kivi mevalari koʻp miqdorda S vitamini va boshqa biologik faol moddalarni oʻz ichiga oladi.

Rossiyada, Krasnodar oʻlkasining Qora dengiz sohilida va Dogʻistonning janubida kivi plantatsiyalari mavjud. Janubiy Dogʻistonda selektsioner Teymur Gabibov "Leki" deb nomlangan va konus shakliga ega boʻlgan yangi kivi navini koʻpaytirdi[6].

Ukrainaning Zakarpatye viloyatida selektsioner Genrix Valentinovich Straton Ukraina Davlat veterinariya va fitosanitariya xizmati reestrida „Carpathian Straton Valentine“ nomi bilan roʻyxatga olingan Xitoy aktinidiyasining yangi sovuqqa chidamli navini yetishtirdi[7].

Shuningdek, Armanistonda ham kivi plantatsiyalari mavjud. U mamlakatning janubiy viloyatlarida keng tarqalgan (Syunik).

Meva

Kivi mevasi rezavor hisoblanib, asosan, yashil pulpaga ega; "Oltin kivi" nomli navining pulpasi sariq tusga ega. Oʻrtacha kivi mevasining vazni 75 g, yirik kiviniki esa — 150 g gacha boʻladi.

Ovqatlanish

Kivi uchun qoshiq

Kivi taʼmini tasvirlayotganda, odamlar, qulupnay, banan, qovun, olma, olcha va ananas lazzatlari haqida gapirishadi. Kivi yangi holatda isteʼmol qilinadi, undan murabbo, jele tayyorlanadi va salatlarga qoʻshiladi.

Kividan tayyorlanadigan shirinliklar va ichimliklar uchun juda koʻp retseptlar mavjud bo'lib, kividan piroglarni bezash hamda murabbo tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin.

Kivi terisida goʻshtdan koʻra, koʻproq antioksidantlar mavjud. Antiseptik xususiyatlarga ega, ammo ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining yuqori sezuvchanligi uchun tavsiya etilmaydi[8].

Ishlab chiqarish

Kivi taʼmi va ozuqaviy qiymati tufayli, dunyoning koʻplab mamlakatlarida yetishtiriladi.

Dunyoda
YilMing tonna
1970-yil2
1975-yil4
1980-yil26
1985-yil204
1990-yil843
1995-yil891
2000-yil1872
2005-yil2281
2010-yil2837
2015-yil4101
2017-yil4038
Eng koʻp ishlab chiqaruvchi mamlakatlar (2017)[9]
Mamlakatjami %
Xitoy202460350.1
Italiya541 15013.4
Yangi Zelandiya411 78310.2
Eron311 3077.7
Gretsiya274 6006.8
Chili224 9165.6
Fransiya65 6321.6
Kurka56 1641.4
Portugaliya35 4110,9
AQSH30 4800,8
Boshqa62 8261.6
Dunyo4 038 872100 %


Foydali xususiyatlari

Kaliyning yuqori miqdori kivini gipertenziyaning shakllarida foydali qiladi[10].

Vitaminlar, mikro va makro elementlarga boy.

Kivi saraton, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari xavfini kamaytiradi va yogʻlarni yoqotishi mumkin[10].

Kosmetologiyada qoʻllanilishi

Kivi tozalash, namlash, yoshartirish va terini oziqlantirish uchun kosmetik niqoblar ishlab chiqarishda ham ishlatiladi. Meva kislotalarining katta miqdori tufayli koʻpincha yuzning ustki qavatini tozalashda niqob sifatida ishlatiladi[10]. Kivi tarkibida tabiiy kollagen mavjud, shuning uchun bu meva koʻpincha kosmetika ishlab chiqarishda ishlatiladi[11].

Allergiya

Kivida topilgan aktinidin, baʼzi odamlar: shu jumladan bolalar uchun allergen boʻlishi mumkin. Eng koʻp uchraydigan alomatlar — yoqimsiz qichishish va nafas qisilishi, eng koʻp uchraydigan jiddiy simptom — xirillash; anafilaksi paydo boʻlishi mumkin[12].

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar