Oklaxoma

Oklaxoma - AQShning janubiy qismidagi shtat. Maydoni 181,1 ming km². Aholisi 3,5 mln. kishi (2002), 68% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markaziy — Oxlaxoma-Siti shahri, iqtisodiy markazi — Yer yuzasining koʻp qismi tekislik, gʻarbi esa plato (eng baland joy 1516 m). Jan.-sharqida Uoshito togʻining tarmoqlari bor (eng baland joyi 884 m). Iklimi subtropik iklim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—6°, iyulniki 24—27°. Yillik yogʻin 450–1000mm. Yirik daryolari: Arkanzas va Red-River. Hududining koʻp qismi ekinzor. Togʻ yon bagʻirlari oʻrmon. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — konchilik sanoati. Oklahomada neft, tabiiy gaz, rux va koʻmir qazib olinadi. Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan, kon va kurilish uskunalari, metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida goʻsht-sut chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Dehqonchilikda, asosan, bugʻdoy, paxta va makkajoʻxori ekiladi. Oklahomadan boshqa shtatlarga neft va gaz quvurlari oʻtkazilgan.[1]

Oklahoma
Oklahoma
Shtat
Oklaxoma bayrogʻiOklaxoma tamgʻasi
Oklaxoma bayrogʻiOklaxoma tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Sooner State)

MamlakatAQSH bayrogʻi AQSh
PoytaxtOklahoma City
Eng yirik shaharlarOklahoma City
Tulsa
Norman
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 20-oʻrinda

181,035 km²
1.76 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 28-oʻrinda

3,547,884
19.4 kishi/km²
5
7

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 30-oʻrinda

$107,600 million
$30,537

Ittifoqqa kirish

   • Sana

46-boʻlib

16-noyabr 1907

VaqtUTC-6 (CST)
QisqartmaOK [40]
Shtat guliOklahoma Rose

(Rosa)

Shtat daraxtiRedbud

(Cercis canadensis)

Geografiya

Oklahoma 69,899 kvadrat milya (181,040 km2) maydonni egallagan, 68,595 kvadrat milya (177,660 km2) quruqlik va 1,304 kvadrat milya (3,380 km2) suvga ega bo'lgan Oklaxoma Qo'shma Shtatlardagi eng katta 20-shtatdir. U qisman 48 ta qoʻshni davlatning geografik markazi yaqinidagi Buyuk tekisliklarda joylashgan. U sharqda Arkanzas va Missuri, shimolda Kanzas, shimoli-g'arbda Kolorado, uzoq g'arbda Nyu-Meksiko, janub va g'arbda Texas bilan chegaradosh.

Manbalar