Inter Milan

Internazionale yoki qisqacha Inter (italyancha: Internazionale Milano Football Club) — Italiya A Seriyasida ishtirok etuvchi italyan professional futbol klubi. Italiyaning eng mashxur va sovrindor klublaridan biri. Klub ranglari — qora va koʻk.

 ITA Internazionale
Toʻliq nomiFootball Club Internazionale Milano
LaqabiQora-koʻklar (italyancha: Nerazzuri), Ilonlar (italyancha: Biscione)
Qisqa nomiInter
Asos solingan9-mart, 1908-yil (116 yil avval) (1908-03-09)
StadionGiuseppe Meazza stadioni (San Siro),
Milan, Italiya
Stadion hajmi85,700
Prezidenti CHN Steven Zhang
Murabbiyi ITA Simone Inzaghi
Sardori ARG Lautaro Martinez
VebsaytRasmiy vebsayt
Musobaqasi
2023/24
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi

Inter oʻz tarixida chempionat oliy divizionini tark etmagan Italiyadagi yagona klub. 35 ta mahalliy sovrin egasi: 19 karra Italiya chempioni, 9 karra Italiya kubogi va 7 karra Italiya Superkubogi gʻolibi.

Inter 1964 va 1965-yillari qatorasiga ikki marta Yevropa Chempionlar Kubogi gʻolibi boʻlgan. 2010-yilda UEFA Chempionlar Ligasida gʻalaba qozongan. Shuningdek klub uch marta UEFA Kubogi, ikki marta Qit’alararo Kubok va bir marta Klublar oʻrtasidagi Jahon Chempionatida gʻolib boʻlgan.

Inter bir mavsumda milliy chempionat, kubok va Chempionlar Ligasida gʻalaba qozonib “trebl” qayd etgan Yevropadagi 7 klubdan biri, bu borada Italiyadagi yagona klub. Bu natija 2009/10 mavsumida qayd etilgan.

Havolalar