Shinzō Abe

2006-2007 va 2012-2020-yillarda Yaponiya Bosh vaziri (1954-2022)

Shinzo Abe (yaponcha: 安倍 晋三; 21-sentyabr, 19548-iyul, 2022) Yaponiya bosh vaziri (2006—2007 va 2012—2020-yillarda)[1][2][3][4][5][6][7][8][9][10].

Shinzo Abe
安倍 晋三
 53- va 63-Yaponiya Bosh vaziri
 
Mansab davri
26-dekabr 2012-yil – 16-sentyabr 2020-yilgacha
Monarx Akihito
Oʻtmishdoshi Yoshihiko Noda
Vorisi Yoshihide Suga
Mansab davri
26-sentyabr 2006-yil – 26-sentyabr 2007-yilgacha
Monarx Akihito
Naruxito
Oʻtmishdoshi Junichirō Koizumi
Vorisi Yasuo Fukuda
 Yaponiya liberal-demokratik partiyasi raisi
Mansab davri
26-sentyabr 2012-yil
Oʻtmishdoshi Sadakazu Tanigaki
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-sentyabr 1954-yil
Yamaguti, Nagato, Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Vafoti 8-iyul 2022-yil(2022-07-08)
(67 yoshda)
YaponiyaNara, Yaponiya
Turmush oʻrtogʻi Akiye Abe
Onasi Yoka Abe
Otasi Sintaro Abe
Maʼlumoti Seykey Universiteti
Mukofotlari Qirol Abdulaziz ordeni Qaqnus ordeni (Gretsiya)

Biografiyasi

1956-yilda Abe oilasi: onasi Yōko Abe, otasi Shintarō Abe, ikki yoshilik Shinzo Abe (chapda), va uning akasi Hironobu
  • Bobosi Kan Abe va otasi Shintaro Abe siyosatchilar bo'lgan[11].
  • 1993–2006-yy. - Yaponiya parlamenti a'zosi.[12]
  • 2006–2007-yy. - Yaponiya bosh vaziri[13]
  • 2007–2012-yy. - Liberal-demokratlar partiyasi raisi[14].

Siyosiy faoliyati

U siyosiy faoliyatini 1982-yilda oʻzining otasi oʻsha vaqtdagi tashqi ishlar vaziri boʻlgan Sintaro Abening kotibi sifatida boshladi[15]. Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi a'zosi bo'ldi. 1993-yil Yaponiya parlamentining Yamaguchi prefekturasidan vakillar palatasiga saylandi. 2000-yildan beri Abe Mori va Koizumi hukumatlarida ishladi. 2003-yildan 2004-yilgacha u Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi bosh kotibi bo'ladi. 2005-yil oktyabr oyida Vazirlar Mahkamasining bosh kotibi lavozimini egallaydi. Kuzatuvchilar ushbu uchrashuvni Bosh vazir Dzyunitiro Koizumi Abeni uning vorisi sifatida tayyorlaganligi belgisi sifatida baholadilar.

Suiqasd

2022-yil 8-iyulida Nara shahrida nutq soʻzlayotgan Abe orqa tomondan oʻqqa tutildi. Xabarlarga binoan uning yuragi toʻxtadi va hayot alomatlarini yoʻqotdi. Shahar politsiyasi 41 yoshli gumonlanuvchi otishmachi Yamagami Tetsuyani hibsga oldi[16]. Abe shu kunning oʻzida jarohatlaridan vafot etdi[17].



Manbalar