Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Rossiyaning Ukrainaga 2022-yil 24-fevralda boshlagan bosqini

2022-yilning 24-fevralida Rossiya Ukrainaga bosqinchilik hujumini boshlagan. Bosqinchilik hujumiga qadar Rossiya Ukraina chegarasi yaqinida uzoq vaqt davomida qoʻshin toʻplab, uning sonini oshirib borgan hamda Ukrainaning NATOga qoʻshilishini qonunan man etish toʻgʻrisidagi talab bilan chiqqan[44]. Bosqin boshlanishidan bir necha kun avval Rossiya Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasi mustaqilligini tan olgan va 2022-yilning 21-fevralida Ukraina sharqidagi Donbass hududiga Rossiya qurolli kuchlari boʻlinmalarini yuborgan.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini (2022)
Rossiya-Ukraina urushi

Sanalar24-fevral, 2022-yil(2022-02-24)
Urush yeriUkraina
Raqiblar
Qoʻllab-quvvatlovchi(lar):
Qoʻmondonlar
RossiyaVladimir Putin
Rossiya Sergey Shoygu
Rossiya Valeriy Gerasimov
Rossiya Aleksandr Dvornikov


Rossiya Oleg Salyukov Denis Pushilin
Leonid Pasechnik

Ukraina Volodimir Zelenskiy
Ukraina Denis Shmigal
Ukraina Dmitro Kuleba
Ukraina Oleksiy Reznikov
Ukraina Valeriy Zalujniy
Ukraina Ruslan Xomchak
Kuchlar
  • Ukraina bayrogʻi Ukraina  :
  • 209 000 (qurolli kuchlar)
  • 102 000 (harbiylashtirilgan)
  • 900 000 (zaxiralar)[7]
Yoʻqotishlar
Rossiya
Rossiya tomonidan tasdiqlangan:
1 Su-25 yoʻq qilingan[31]
Ukraina tomonidan tasdiqlangan:
50 nafar harbiy halok boʻlgan[32]
2+ qoʻlga olingan[33]
4 ta tank yoʻq qilingan[34]
Oʻnlab zirhli mashinalar yoʻq qilingan[35]
6 ta samolyot urib tushirilgan[35]
3 ta vertolyot urib tushirilgan[36]
Ukraina
Ukraina tomonidan tasdiqlangan:
40+ soldat halok boʻlgan[37]
Bir necha oʻnlab harbiylar jarohatlangan[38]
1 transport samolyot urib tushirilgan[39]
Rossiya tomonidan tasdiqlangan:
Ukraina harbiy havo bazalari va havo mudofaa tizimlari zararsizlantirilgan[40]
14 nafar soldat taslim boʻlgan[31]
4 ta kombat samolyoti urib tushirilgan[41]
1 kombat vertolyoti urib tushirilgan[42]
4 ta dron urib tushirilgan[42]
17 nafar ukrainalik fuqaro halok boʻldi[43]

24-fevral taxminan soat 05:00 EET (UTC+2) da Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani „denatsifikatsiya“ va „demilitarizatsiya“ qilish maqsadida „maxsus harbiy operatsiya“ boshlanganini eʼlon qilgan[45][46]. Oradan daqiqalar oʻtgach, rus askarlari tomonidan Ukraina hududiga havodan hujumlar boshlangan[47]. Ukraina chegara xizmati rus harbiylari Rossiya va Belarus chegara postlari orqali bostirib kirganini maʼlum qilgan[48][49].

Jahondagi koʻpchilik davlatlar ushbu bosqinchilik hujumini qoralab, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishgan. Hujumga qarshi global namoyishlar boʻlib oʻtayotgan bir paytda Rossiyadagi namoyishlar ommaviy hibsga olishlar bilan qarshilangan[50][51]. Bosqindan avval ham, bosqin davomida ham koʻplab davlatlar Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berish orqali yordam koʻrsatishgan[52]. Bunga javoban Putin Rossiya yadroviy kuchlarini shay holatga keltirgan[53]. Rossiya bosqini 2022-yilning sentyabr oyidan muvaffaqiyatsizlikka uchrab, natijada Putin Rossiya hududida qisman safarbarlik eʼlon qilgan.

BMTning Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi maʼlumotlariga koʻra, 500 mingdan ortiq ukrainalik qochqin hujumning dastlabki toʻrt kuni ichida mamlakatni tark etib, Yevropa boʻylab qochqinlar inqiroziga sabab boʻlgan[54]. 2022-yil may holatiga koʻra, 8,2 million aholi Ukrainani tark etgan, iyun holatiga koʻra esa 8 million aholi Ukraina ichida ichki koʻchishni amalga oshirgan[55].

Boshlanishi

Rossiya harbiy boʻlinmalari

2021-yilning mart–aprel oylarida Rossiya Rossiya–Ukraina chegarasi yaqinida qoʻshin toʻplashni boshlagan.

2021-yilning martidan apreliga qadar Rossiya Ukraina bilan chegara yaqinida qoʻshin toʻplashni boshlagan. Harbiy askarlar sonini oshirishning ikkinchi bosqichi 2021-yilning oktyabridan 2022-yilning fevraligacha davom etgan. Rossiya 2022-yilning oktyabrida Ukrainaning Xarkiv viloyatida magʻlubiyatga uchradi. Hozirgi kunda 2022-yil 21-dekabrgacha Rossiya Belorussiya hududiga 10 ming kishilik Armiyasini VA bir necha S-400 zenit Raketa komplekslarini joylashtirdi.2023-yilda Ukraina hududiga Belorussiya armiyasi hujum qilish ehtimoli mavjud.

Xalqaro yordamlar

Ushbu harbiy harakatlar munosabati bilan AQSh Ikkinchi jahon urushi davridagi lend-liz dasturini qayta ishga tushirdi. 2022-yil 9-may kuni AQSh prezidenti Joe Biden Ukrainaga harbiy yordam berish imkonini koʻzda tutuvchi lend-liz toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi[56].

Yana qarang

Manbalar