Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureatlari roʻyxati

Norvegiya Nobel qoʻmitasi har yili Tinchlik uchun Nobel mukofotini „xalqlar oʻrtasidagi birodarlik, doimiy qoʻshinlarni yoʻq qilish yoki ularning sonini qisqartirish, tinchlik kongresslarini oʻtkazish va ragʻbatlantirish uchun eng koʻp ish qilgan kishiga“ topshiradi[1]. Nobel vasiyatiga koʻra, mukofot Norvegiya Nobel qoʻmitasi tomonidan tasarruf etiladi va Norvegiya parlamenti tomonidan saylangan besh kishidan iborat qoʻmita tomonidan topshiriladi[2].

Norvegiyaning Nobel instituti Norvegiya Nobel qoʻmitasiga tinchlik uchun Nobel mukofoti laureatlarini tanlashda va Osloda yillik mukofot topshirish marosimin oʻtkazishda yordam beradi.

Tarixi

Har bir laureat medal, diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanadi[3]. Bu har yili kimyo, fizika, adabiyot, tinchlik, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi ulkan hissalari uchun beriladigan Alfred Nobelning (1896-yilda vafot etgan) 1895-yilgi vasiyatnomasiga koʻra taʼsis etilgan[4].

Xususiyatlari

Tinchlik uchun Nobel mukofoti har yili Osloda, Norvegiya qiroli ishtirokida, 10-dekabr, Nobel vafot etgan kunda topshiriladi va Stokgolmda topshirilmaydigan yagona Nobel mukofoti hisoblanadi[5]. Boshqa mukofotlardan farqli oʻlaroq, Tinchlik uchun Nobel mukofoti baʼzida jismoniy shaxsga emas, balki tashkilotlarga ham beriladi.

Tinchlik uchun Nobel mukofoti birinchi marta 1901-yilda 150 782 shved kroni (2008-yilda 7 731 004 kronga teng) qiymatiga ega boʻlgan holda Frédéric Passy va Henry Dunantga, 2022-yilda esa Ales Byalyatski, Rossiyaning Memorial jamiyati va Fuqarolar erkinligini himoya qilish markaziga berildi.

  • 1962-yilda tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati Linus Pauling ikki xil yoʻnalishda Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan yagona shaxs hisoblanadi, u 1954-yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan[6].
  • 17 yoshli Malala Yusufzay, 2014-yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan eng yosh gʻolib hisoblanadi[6].
  • Tinchlik uchun Nobel mukofotini ilk bora ayollardan 1905-yilda Bertha von Suttner olgan. Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureatlarining 109 nafaridan 18 nafari ayollardir[6].
  • Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi eng koʻp Tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan tashkilot hisoblandi. Ular insonparvarlik faoliyati uchun uch marta Nobel mukofotiga sazovor boʻlishgan[6].
  • Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindorlarining to‘rt nafari o‘z mukofotlari topshirilayotgan vaqtda qamoqda boʻlishgan, ular: Carl von Ossietzky, Ang San Su Chi, Liu Xiaobo va Ales Byalyatski[6].

Laureatlar

2022-yil holatiga koʻra tinchlik uchun Nobel mukofoti 110 nafar shaxs va 27 ta tashkilotga topshirilgan. Bugungi kunga qadar 18 nafar ayol bu yoʻnalishda Nobel mukofotiga munosib koʻrilgan[7]. Faqatgina ikkita tashkilot bu yoʻnalishdagi Nobel mukofotini bir necha marotaba qoʻlga kitritishgan: Xalqaro Qizil Xoch qo'mitasi uch marta (1917, 1944 va 1963) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo'yicha Oliy Komissarligi boshqarmasi ikki marta (1954 va 1981)[6]. 19 yil davomida tinchlik uchun Nobel mukofoti topshirilmagan.

YilLaureatlarDavlatiNobelga olishiga sabab
1901 Henry Dunant
(1828—1910)
Shveysariya„Yarador askarlarga yordam berish va xalqaro aloqalarni tiklashdagi harakatlari uchun“[8][9]
Frédéric Passy
(1822—1912)
Fransiya„Xalqaro tinchlik konferensiyalarida, diplomatik aloqalarda va arbitrajdagi faoliyati uchun“[8][9]
1902 Élie Ducommun
(1833—1906)
Shveysariya„Bern Tinchlik Byurosiga rahbarlik qilgani uchun“[8][10]
Charles Albert Gobat
(1843—1914)
„Parlamentlararo Ittifoqga rahbarlik qilgani uchun“[8][10]
1903 William Randal Cremer
(1828—1908)
Birlashgan Qirollik„Tinchlikni taʼminllash yoʻlidagi uzoq yillik faoliyati uchun“[8][11]
1904 Xalqaro huquq instituti
(1873-yilda asos solingan)
Belgiya„Davlatlar qonunida xalqlar oʻrtasida tinchlik aloqlarini rivojlantirish va urush boʻyicha qonunlarni insonparvarlik gʻoyalari asosida tuzish“[8][12]
1905 Bertha von Suttner
(1843—1914)
Avstriya-Vengriya„Urush talofatlariga qarshi turishdagi jasorati uchun“[8][13]
1906 Theodore Roosevelt
(1858—1919)
AQSH„Yaponiya va Rossiya oʻrtasidagi qonli urushni yakunlashdagi roli uchun“[8][14]
1907 Ernesto Teodoro Moneta
(1833—1918)
Italiya„Italiya va Fransiya oʻrtasidagi aloqalarni yaxshilash hamda matbuotda tinchlikni targʻib qilgani uchun“[8][15]
Louis Renault
(1843—1918)
Fransiya„Gaaga va Jeneva konferensiyalarini oʻtkazishda va natijalaridagi roli uchun“[8][15]
1908 Klas Pontus Arnoldson
(1844—1916)
Shvetsiya„Uzoq yillar davomida siyosatchi, jamiyat yetakchisi va notiq sifatida xalqaro tinchlikka qoʻshgan hissasi uchun“[8][16]
Fredrik Bajer
(1837—1922)
Daniya
1909 Auguste Beernaert
(1829—1912)
Belgiya„Tinchlik va arbitrajning xalqaro harakatidagi faolligi uchun“[8][17]
Paul Henri d’Estournelles de Constant
(1852—1924)
Fransiya
1910 Xalqaro Tinchlik Byurosi
(1891-yilda asos solingan)
Shveysariya„Turli mamlakatlar oʻrtasida tinchlik aloqalarini oʻrnatishda va tinchlik boʻyicha jahon mitinglarini tashkil etishdagi faolligi uchun“[18][19]
1911 Tobias Asser
(1838—1913)
Gollandiya„Institut de droit internationalning asoschilaridan biriligi va Gaagadagi xalqaro konferensiya tashabbuskorlligi uchun“[8][20]
Alfred Fried
(1864—1921)
Avstriya-Vengriya
„Urushning asosiy sabablaridan biri hisoblangan xalqaro munosabatlardagi anarxiyani fosh etish va unga qarshi kurashgani uchun“[8][20]
1912 Elihu Root[A]
(1845—1937)
AQSH„Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari oʻrtasida diplomatik aloqlarni yaxshilash, AQSH va boshqa davlatlat oʻrtasida tinchlik aloqalarini mustahkamlash yoʻlidagi harakatlari uchun“[8][21]
1913 Henri La Fontaine
(1854—1943)
Belgiya„Tinchlikparvar baynalminal harakatni tashkil etishdagi hissasi uchun“[8][22]
1914Birinchi jahon urushi sabab topshirilmagan
1915
1916
1917 Xalqaro qizil xoch qo'mitasi
(1863-yilda asos solingan)
Shveysariya„Yarador askarlar, harbiy asirlar va ularning oilalariga gʻamxoʻrlik qilishdagi harakatlari uchun“[8][23]
1918Birinchi jahon urushi sabab topshirilmagan
1919 Woodrow Wilson
(1856—1924)
AQSH„Millatlar ligasini tashkil etishadagi roli uchun“[8][24]
1920 Léon Bourgeois
(1851—1925)
Fransiya„Millatlar Ligasini tashkil etishdagi roli, adolat va tinchlikni taʼminlashdagi harakatlari uchun“[8][25]
1921 Hjalmar Branting
(1860—1925)
Shvetsiya„Tinchlik va millatparvarlikni targʻib qilishdagi hissasi uchun“[8][26]
Christian Lange
(1869—1938)
Norvegiya
1922 Fridtjof Nansen
(1861—1930)
Norvegiya„Millatlar Ligasining qochqinlar boʻyicha Oliy komissari lavozimidagi yetakchi roli va harbiy asirlarni vataniga qaytarishdagi harakatlari uchun“[27][28]
1923Topshirilmagan
1924
1925 Sir Austen Chamberlain
(1863—1937)
Buyuk Britaniya„Lokarno kelishuvini amalga oshirishdagi roli uchun“[8][29]
Charles Gates Dawes
(1865—1951)
AQSH„Daues rejasini amalga oshirishdagi faolligi uchun“[8][29]
1926 Aristide Briand
(1862—1932)
Fransiya„Lokarno kelishuvini amalga oshirishdagi roli uchun“[8][30]
Gustav Stresemann
(1878—1929)
Germaniya
1927 Ferdinand Buisson
(1841—1932)
Fransiya„Germaniya va Fransiyada tinch xalqaro hamkorlik tarafdori boʻlgan qatlamning vujudga kelishidagi faolligi uchun“[8][31]
Ludwig Quidde
(1858—1941)
Germaniya
1928Topshirilmagan
1929 Frank Billings Kellogg
(1856—1937)
AQSH„Kellogg-Briand paktini amalga oshirishdagi hal qiluvchi roli uchun“[8][32]
1930 Nathan Söderblom
(1866—1931)
Shvetsiya„Xristian birligini targʻib qilish va xalqlar oʻrtasidagi tinchlik haqiqatga aylanishi yoʻlida yangicha fikrlashni shakllantirishdagi faolligi uchun“[8][33]
1931 Jane Addams
(1860—1935)
AQSH„Oʻz vatani va butun insoniyat nigohida tinchlikni qayta tiklash yoʻlidagi faolligi uchun“[8][34]
Nicholas Murray Butler
(1862—1947)
AQSH
1932Topshirilmagan
1933 Sir Norman Angell
(1872—1967)
Birlashgan Qirollik„Oʻz qalami bilan urush illuziyasini ochib bergani va xalqaro tinchlik yoʻlidagi daʼvolari uchun“[35]
1934 Arthur Henderson
(1863—1935)
Birlashgan Qirollik„1931—1934-yillardagi Millatlar Ligasining qurolsizlanish boʻyicha konferensiyasi raisi sifatida tinchlik yoʻlidagi mehnati uchun“[8][36][37]
1935 Carl von Ossietzky
(1889—1938)
Germaniya„Fikr va soʻz erkinligi yoʻlidagi kurash hamda tinchlikkga qoʻshgan hissasi uchun“[8][38]
1936 Carlos Saavedra Lamas
(1878—1959)
Argentina„1935-yilda Paragvay va Boliviya oʻrtasida tinchlik oʻrnatishdagi roli va 1933-yildagi Argentina urushga qarshi paktiga asos solgani uchun“[8][39]
1937 The Viscount Cecil of Chelwood
(1864—1958)
Birlashgan Qirollik„Millatlar ligasida qurolsizlantirish va xalqaro tinchlik yoʻlidagi harakatlari uchun“[8][40]
1938 Nansen xalqaro qochoqlar idorasi
(19309139)
Millatlar Ligasi„Fridtjof Nansen butun yevropadagi qochqinlar manfaati uchun qilgan ishlarini davom ettirgani uchun“[41]
1939Ikkinchi jahon urushi tufayli topshirilmagan
1940
1941
1942
1943
1944 Xalqaro qizil xoch qo'mitasi
(1863-yilda asos solingan)
Shveysariya„Urush davrida insoniylik jihatidan qilgan buyuk ishlari uchun“[42][43]
1945 Cordell Hull
(1871—1955)
AQSH„BMTni tashkil etishdagi muhim roli uchun“[44]
1946 Emily Greene Balch
(1867—1961)
AQSH„Tinchlik yoʻlidagi uzoq yillik harakati uchun“[45]
John Raleigh Mott
(1865—1955)
AQSH„Chegaralar boʻylab tinchlikni saqlash va diniy birodarlikni yaratishdagi hissasi uchun“[45]
1947 The Quakers[46][47]
AQSH va Birlshgan Qirollik„Insoniyat azob-uqubatlarini yengillashtirish va shu orqali xalqlar oʻrtasidagi birodarlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“[48]
1948Topshirilmagan sababi olishga loyiq tirik inson yoʻq edi (Mohandas Gandining xotirasi sharafiga)
1949 Lord Boyd-Orr
(1880—1971)
Birlashgan Qirollik„Ochlik va qashshoqlikni yengishdagi bergan yordamlari uchun“[49]
1950 Ralph Bunche
(1904—1971)
AQSH„1948—1949-yillarda Falastindagi harakatlari uchun“[50]
1951 Léon Jouhaux
(1879—1954)
Fransiya„Xalqlar oʻrtasida ijtimoiy adolat va birodarlikni targʻib etishdagi faolligi uchun“[51]
1952 Albert Schweitzer
(1875—1965)
Fransiya„Insonlar oʻrtasida tinchlikni targʻib etishdagi faolligi uchun“[52]
1953 George Catlett Marshall Jr.
(1880—1959)
AQSH„Yevropani iqtisodiy tiklanish rejasini taklif etgani va nazorat etgani uchun“[53]
1954 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi
(1950-yilda asos solingan)
BMT„Dunyodagi qochqinlarga yordam bergani va himoya qilgani uchun“[54]
1955Topshirilmagan
1956
1957Lester Bowles Pearson
(1897—1972)
Kanada„Suvaysh inqirozidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Favqulodda Kuchlarini tartib bilan yoʻnaltirishda qoʻshgan muhim hissasi uchun“[55][8]
1958 Dominique Pire
(1910—1969)
Belgiya„Qochqinlarni erkinlik va qadr-qimmatga ega hayotga qaytishga yordam berishdagi harakatlari uchun“[56]
1959 Philip Noel-Baker
(1889—1982)
Birlashgan Qirollik„Qurolsizlantirish va tinchlik yoʻlidagi harakatlari uchun“[57]
1960 Albert Lutuli
(1898—1967)
Janubiy Afrika„Aparteidga qarshi tinch kurashi uchun“[58][8]
1961 Dag Hammarskjöld
(1905—1961)
Shvetsiya„Birlashgan Millatlar Tashkilotini tinchlikni taʼminlay oladigan tashkilotga aylantirish yoʻlidagi harakatlari uchun“[59][8]
1962 Linus Pauling
(1901—1994)
AQSH„Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi Yadroviy qurollanish poygasiga qarshi kurashgani uchun“[60]
1963 Xalqaro qizil xoch qo'mitasi
(1863-yilda asos solingan)
ShveysariyaJeneva konvensiyasi tamoyillarini ilgari surishi va BMT bilan hamkorlik uchun„[61]
Qizil Xoch jamiyatlari ligasi

(1919-yilda asos solingan)

1964 Martin Luther King Jr.
(1929—1968)
AQSH„Afro-Amerikalik aholining fuqarolik huquqlari yoʻlida tinch kurashi uchun“[62]
1965 UNICEF
(1946-yilda asos solingan)
BMT„Xalqlar oʻrtasidagi birdamlikni kuchaytirish, boy va kambagʻal davlatlar oʻrtasidagi farqni kamaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun“[63]
1966Topshirilmagan
1967
1968 René Cassin
(1887—1976)
Fransiya„BMT deklaratsiyasida koʻrsatilgan inson huquqlarini taʼminlash yoʻlidagi kurashi uchun“[64]
1969 Xalqaro mehnat tashkiloti
(1919-ylda asos solingan)
BMT„Mamlakatlarda mehnat sharoitlari uchun muayyan normalarni sugʻurtalovchi xalqaro qonunlarni yaratgani uchun“[65]
1970 Norman Ernest Borlaug
(1914—2009)
AQSH„Yashil inqilobdagi roli uchun“[66][8]
1971 Willy Brandt
(1913—1992)
Gʻarbiy Germaniya„Sharq va G‘arb o‘rtasida aloqalarga yo‘l ochgani uchun“[67]
1972Topshirilmagan
1973 Henry Kissinger
(1923-yilda tugʻilgan)
AQSH„1973-yilda Vyetnamda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar olib borgani uchun„[8][68]
Lê Đức Thọ
(1911—1990)
Shimoliy Vyetnam
1974 Seán MacBride
(1904—1988)
Irlandiya„Dunyoda inson huquqlarini taʼminlash va rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlari uchun“[69][8]
Eisaku Satō
(1901—1975)
Yaponiya„Tinch okeani sohilidagi vaziyatni barqarorlashtirishga qoʻshgan hissasi va Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolagani uchun“[69][8]
1975 Andrei Sakharov
(1921—1989)
Sovet Ittifoqi„Sovet Ittifoqida inson huquqlari, qurolsizlanish va barcha davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi kurashi uchun.“[70]
1976 Betty Williams
(1943—2020)
Birlashgan Qirollik„Shimoliy Irlandiyada shiddatli mojaroga barham berishdagi jasoratli saʼy-harakatlari uchun“[71]
Mairead Corrigan
(1944-yilda tugʻilgan)
1977Amnesty International
(1961-yilda tashkil etilgan)
Birlashgan Qirollik„Dunyoda inson huquqlarini ustuvor oʻringa koʻtargani uchun“[8][72]
1978 Muhammad Anwar el-Sadat
(1918—1981)
Misr„1978-yilda Misr va Isroil oʻrtasida tinchlik muzokaralari olib borgani uchun„[73]
Menachem Begin
(1913—1992)
Isroil
1979 Teresa ona
(1910—1997)
Hindiston
(Usmoniylar imperiyasida tug'ilgan)
„Azoblanayotgan insonlarga yordam berish yoʻlida qilgan ishlari uchun“[74]
1980 Adolfo Pérez Esquivel
(1931-yilda tugʻilgan)
Argentina„Repressiyaga uchragan odamlarga umid baxsh etgani uchun.“[75][8]
1981 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi
(1950-yilda tashkil etilgan)
BMT„Qochqinlarning asosiy huquqlarini himoya qilgani uchun“[76]
1982 Alva Myrdal
(1902—1986)
Shvetsiya„Qurolsizlanish, yadro va qurolsiz zonalarni tashkil etishdagi harakatlari uchun“[77][78]
Alfonso García Robles
(1911—1991)
Meksika
1983 Lech Wałęsa
(1943-yilda tugʻilgan)
Polsha„Polshada erkin kasaba uyushmalari va inson huquqlari yoʻlida tinch kurash olib borgani uchun“[79]
1984 Desmond Tutu
(1931—2021)
Janubiy Afrika„Janubiy Afrikadagi aparteid muammosini hal qilish yoʻlidagi tinch kurashda yetakchilik roli uchun“[80]
1985Yadro urushining oldini olish uchun xalqaro shifokorlar
(1980-yilda tashkil etilgan)
AQSH„Nufuzli maʼlumotlarni tarqatish va yadro urushining halokatli oqibatlari toʻgʻrisidagi ogohlantirishlar uchun“[81]
1986 Elie Wiesel
(1928—2016)
AQSH (Ruminiyada tugʻilgan)„Xalqaro tinchlikni va qadr qimmatni madh etgani uchun“[82]
1987 Óscar Arias
(1940-yilda tugʻilgan)
Kosta-Rika„Markaziy Amerikada mustahkam tinchlik yo‘lidagi faoliyati uchun“[83]
1988 Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikparvar kuchlari
(1945-yilda tashkil etilgan)
BMT„Qurolli toʻqnashuvlarni oldini olish va muzokaralarga sharoit yaratishdagi harakatlari uchun“[84][85]
1989 Tenzin Gyatso,
14-Dalai Lama

(1935-yilda tugʻilgan)
Hindiston
(Tibetda tug'ilgan)[86]
„O‘z xalqining tarixiy va madaniy merosini asrab-avaylash hamda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatga asoslangan tinch yechimlarni ilgari surgani uchun“[87][88]
1990 Mikhail Gorbachev
(1931—2022)
Sovet Ittifoqi„Sharq-G‘arb munosabatlarining o‘zgarishida o‘ynagan yetakchi roli uchun“[89]
1991 Aung San Suu Kyi
(1945-yilda tugʻilgan)
Birma„Demokratiya va inson huquqlari yoʻlida tinch olib borgan kurashi uchun“[90]
1992 Rigoberta Menchú
(1959-yilda tugʻilgan)
Gvatemala„Ijtimoiy adolat va mahalliy xalqlar huquqlarini himoya qilish yoʻlida olib borgan kurashi uchun“[91]
1993 Nelson Mandela
(1918—2013)
Janubiy Afrika„Aparteid rejimini tinch yoʻl bilan tugatish va yangi demokratik Janubiy Afrika davlatiga poydevor qoʻyishda qilgan ishlari uchun“[92]
Frederik Willem de Klerk
(1936—2021)
Janubiy Afrika
1994 Yasser Arafat
(1929—2004)
Falastin„Yaqin Sharqda tinchlik oʻrnatishga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun“[93]
Yitzhak Rabin
(1922—1995)
Isroil
Shimon Peres
(1923—2016)
Isroil
1995 Joseph Rotblat
(1908—2005)
Polsha„Xalqaro siyosatda yadro qurolining rolini kamaytirish va uzoq muddatga bunday qurollarni yoʻq qilishga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun“[94]
Fan va dunyo ishlari bo'yicha Pugwash konferensiyalariKanada
1996 Carlos Filipe Ximenes Belo
(1948-yilda tugʻilgan)
Sharqiy Timor„Sharqiy Timordagi mojaroni adolatli va tinch yo‘l bilan hal etish yo‘lidagi ishlari uchun“[95]
José Ramos-Horta
(1949-yilda tugʻilgan)
Sharqiy Timor
1997 Minalarni taqiqlash boʻyicha xalqaro tashkilot
(1992-yilda tashkil etilgan)
Shveysariya„Piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash va tozalash boʻyicha qilgan ishlari uchun“[96]
Jody Williams
(1950-yilda tugʻilgan)
AQSH
1998 John Hume
(1937—2020)
Irlandiya„Shimoliy Irlandiyadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun“[97]
David Trimble
(1944—2022)
Birlashgan Qirollik
1999 Chegara bilmas shifokorlarShveysariya„Insonparvarlik ishlaridagi faolligi uchun“[98]
2000 Kim Dae-jung
(1924—2009)
Janubiy Koreya„Janubiy Koreyada va umuman Sharqiy Osiyoda demokratiya va inson huquqlari, xususan Shimoliy Koreya bilan tinchlik va murosa yoʻlida qilgan ishlari uchun“[99]
2001 Birlashgan Millatlar TashkilotiBMT„Dunyoda xalqaro tinchlik yoʻlida olib borgan ishlari uchun“[100]
Kofi Annan
(1938—2018)
Gana
2002 Jimmy Carter
(1924-yil tugʻilgan)
AQSH„Xalqaro mojarolarga tinch yoʻl bilan yechim topish, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga koʻmaklashish yoʻlidagi saʼy-harakatlari uchun“[101]
2003 Shirin Ebadi
(1947-yilda tugʻilgan)
Eron„Demokratiya va inson huquqlari yoʻlida qilgan saʼy-harakatlari uchun. U, ayniqsa, ayollar va bolalar huquqlariga alohida eʼtibor qaratgan“[102]
2004 Wangari Muta Maathai
(1940—2011)
Keniya„Barqaror taraqqiyot, demokratiya va tinchlikka qo‘shgan hissasi uchun“[103]
2005 Xalqaro atom energiyasi agentligi
(1957-yilda tugʻilgan)
BMT„Atom energiyasidan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olish hamda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni eng xavfsiz tarzda taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun“[104]
Mohamed ElBaradei
(1942-yilda tugʻilgan)
Misr
2006 Muhammad Yunus
(1940-yilda tugʻilgan)
Bangladesh„Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni yaratishga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun“[105]
Grameen Bank
(1983-yilda asos solingan)
Bangladesh
2007 Iqlim o'zgarishi bo'yicha hukumatlararo panel
(1988-yilda asos solingan)
BMT„Texnogen iqlim oʻzgarishi haqida koʻproq bilimlarni shakllantirish va tarqatish, bunday oʻzgarishlarga qarshi turish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun“[106]
Al Gore
(1948-yilda tugʻilgan)
AQSH
2008 Martti Ahtisaari
(1937-yilda tugʻilgan)
Finlandiya„Oʻttiz yildan ortiq vaqt davomida xalqaro mojarolarni hal qilish boʻyicha muhim saʼy-harakatlari uchun“[107]
2009 Barack Obama
(1961-yilda tugʻilgan)
AQSH„Xalqaro diplomatiya va xalqlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlari uchun“[108]
2010Liu Xiaobo
(1955—2017)
Xitoy„for his long and non-violent struggle for fundamental human rights in China.“[109]
2011 Ellen Johnson Sirleaf
(1938-yilda tugʻilgan)
Liberiya„Ayollar xavfsizligi va ayollarning tinchlik oʻrnatish ishlarida toʻliq ishtirok etish huquqlari yoʻlida tinch olib borgan kurashlari uchun“[110]
Leymah Gbowee
(1972-yilda tugʻilgan)
Tawakkul Karman
(1979-yilda tugʻilgan)
Yaman
2012 Yevropa Ittifoqi
(1958-yilda tashkil etilgan)
Yevropa Ittifoqi„Oltmish yildan ortiq vaqt davomida Yevropada tinchlik va yarashuv, demokratiya va inson huquqlarini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“[111]
2013 Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti
(1997-yilda tashkil etilgan)
Gollandiya[112]„Kimyoviy qurollarni yoʻq qilishga qaratilgan keng koʻlamli saʼy-harakatlari uchun“[113]
2014 Kailash Satyarthi
(1954-yilda tugʻilgan)
Hindiston„Bolalar va yoshlarni qul qilishga qarshi kurashlari va barcha bolalarning taʼlim olish huquqi yoʻlida olib borgan kurashlari uchun“[114]
Malala Yousafzai
(1997-yilda tugʻilgan)
Pokiston
2015 Tunis milliy muloqot kvarteti
(2013—2014)
Tunis„2011-yildagi Yasemin inqilobidan keyin Tunisda plyuralistik demokratiyani barpo etishga qoʻshgan hal qiluvchi hissasi uchun“[115]
2016 Juan Manuel Santos
(1951-yilda tugʻilgan)
Kolumbiya„Mamlakatda 50 yildan ortiq davom etgan fuqarolar urushiga barham berishga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun“[116]
2017 Yadro qurollarini yoʻq qilish boʻyicha xalqaro tashkilot
(2007-yilda tashkil etilgan)
Shveysariya„Yadro qurolidan har qanday foydalanishning halokatli gumanitar oqibatlariga eʼtibor qaratish boʻyicha olib borayotgan ishlari va bunday qurollarni shartnoma asosida taqiqlashga erishish boʻyicha ulkan saʼy-harakatlari uchun“[117]
2018 Denis Mukwege
(1955-yilda tugʻilgan)
Kongo Demokratik Repsublikasi„Jinsiy zoʻravonlikni urush va qurolli toʻqnashuvlarning quroli sifatida qoʻllashni toʻxtatishga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun“[118]
Nadia Murad
(1993-yilda tugʻilgan)
Iroq
2019 Abiy Ahmed
(1976-yilda tugʻilgan)
Efiopiya„Tinchlik va xalqaro hamkorlikka erishish yoʻlidagi saʼy-harakatlari, qoʻshni Eritreya bilan chegaradagi mojaroni hal qilish boʻyicha tashabbusi uchun“[119]
2020 Jahon oziq-ovqat tashkiloti
(1961-yilda tashkil etilgan)
BMT„Ochlikka qarshi kurashdagi saʼy-harakatlari, mojarolardan jabrlangan hududlarda tinchlik sharoitlarini yaxshilashga qoʻshgan hissasi va ochlikdan urush va mojaro quroli sifatida foydalanishning oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun“[120]
2021 Maria Ressa
(1963-yilda tugʻilgan)
Filippin„Demokratiya va mustahkam tinchlikning dastlabki sharti boʻlgan soʻz erkinligini himoya qilish borasidagi saʼy-harakatlari uchun“[121]
Dmitriy Muratov
(1961-yilda tugʻilgan)
Rossiya
2022 Ales Bialiatski (1962-yilda tugʻilgan)Belarus„Tinchlik mukofoti laureatlari o‘z mamlakatlaridagi fuqarolik jamiyati vakillaridir. Ular koʻp yillar davomida hokimiyatni tanqid qilish va fuqarolarning asosiy huquqlarini himoya qilish huquqini ilgari surdilar. Ular urush, inson huquqlarining buzilishi va hokimiyatni suiisteʼmol qilish holatlarini hujjatlashtirishda katta saʼy-harakatlar qildilar. Ular birgalikda fuqarolik jamiyatining tinchlik va demokratiya uchun ahamiyatini namoyish etishdi“[122]
Memorial (1989-yilda tashkil etilgan)Rossiya
Fuqarolar erkinligini himoya qilish markazi (2007-yilda tashkil etilgan)Ukraina
2023 Nargiz Muhammadiy
(1972-yilda tugʻilgan)
Iran"Eronda ayollarning zulmiga qarshi kurashi, barcha uchun inson huquqlari va erkinligini taʼminlash kurashi uchun"[123]

Manbalar