Nadia Murad

Nadia Murad Basei Taha (kurdcha: نادیە موراد بەسێ تەھا، ; arabcha: نادية مراد باسي طه) 1993-yil 10-martda tugʻilgan – Germaniyada yashovchi yazidiy inson huquqlari himoyachisi[3][4]. 2014-yilda u tugʻilib oʻsgan shahri Kochodan oʻgʻirlab ketilgan va Iroq va Shom Islom Davlati tomonidan uch oy ushlab turilgan[5].

Nadia Murad

Nadia Murad 2018-yilda
Tavalludi
Nadia Murad Basee Taha

10-mart 1993-yil (1993-03-10) (31 yosh)[1]
Kocho, Iroq
Fuqaroligi Iroq[2]
Turmush oʻrtogʻi
Abid Shamdeen (turm. 2018)
Mukofotlari

Nadia Murad „Genotsidlar, ommaviy vahshiyliklar va odam savdosi qurboni boʻlgan ayollar va bolalarga oʻz hayotlari va atrof-muhitlarini sogʻlomlashtirish va tiklash uchun yordam berishga“ bagʻishlangan jamiyat asoschisi hisoblanadi[6].

2018- yilda Nadia Murad va Denis Mukvege birgalikda „ jinsiy zoʻravonlikni urush va qurolli toʻqnashuv quroli sifatida qoʻllashni tugatishga qaratilgan qarshi kurashlari uchun“ Nobel mukofotiga sazovor boʻlishdi[7]. U Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi iroqlikdir[8].

2016-yilda Nadia Murad Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining (UNODC) inson savdosidan omon qolganlarning qadr-qimmati boʻyicha birinchi boshqarma elchisi etib tayinlandi[9].

Bolalik davri

Murad Iroqning Sinjar tumanidagi yazidiylar yashaydigan Kocho qishlogʻida dunyoga kelgan[10][11]. Uning oilasi kichik yazidi fermerlaridan boʻlgan[12].

Murad oilada 11 ta farzandning eng kichigi edi, toʻrtta katta opa-singillarini hisobga olmaganda. Murodning otasi birinchi xotini vafotidan soʻng, Murodning onasiga uylanadi, birinchi xotinidan toʻrt farzandi qolgandi. Uning ota-onasi ham dindor yazidiy edilar, ammo Murad oʻsib ulgʻayotgan davrlarida din haqida koʻp narsa bilmas edi. Muradning otasi 2003-yilda vafot etgan.

Murad bolalik chogʻlaridanoq shaxsiy sartaroshxonaga ega boʻlishni orzu qilgan. U oʻz uyiga shunchalar bogʻlanib qolganidan, Kochoni tashlab boshqa joyda yashashni hech qachon tasavvur qilmagan edi.

Oilasi

2018-yil 19-avgustda Germaniyada Nadia Murad inson huquqlari faoli boʻlgan Abid Shamdeen bilan turmush qurgan[13][14][15].

Manbalar