Abdulrazzoq Gurnah

Abdulrazzak Gurnah FRSL (1948-yil 20-dekabrda tugʻilgan — Tanzaniyada tavallud topgan britaniyalik yozuvchi va akademik. U Zanzibar sultonligida tugʻilgan va 1960-yillarda Zanzibar inqilobi paytida qochqin sifatida Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtgan[2]. Uning romanlari orasida Buker va Whitbread mukofotlari uchun qisqa roʻyxatga kiritilgan „Jannat“ (1994); „Tark“ (2005); hamda Buker mukofotining longlisti va Los-Anjeles Tayms kitob mukofotining qisqa roʻyxatiga kiritilgan "Dengiz boʻyida" (2001) kabi asarlari mashhur.

Abdulrazzak Gurnah
Asl ismi sua.: Abdulrazak Gurnah
inglizcha: Abdulrazak Gurnah
arabcha: عبد الرزاق گرناہ
Tavalludi 20-dekabr 1948-yil (1948-12-20) (75 yosh)
Zanzibar sultonligi, Tanzaniya
Kasbi 1987-yildan hozirgacha
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1] va Suaxili tili
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik, Tanzaniya bayrogʻi Tanzaniya
Yoʻnalish realizm
Janr nasr
Shoh asari Kent universiteti
Mukofotlari Nobel mukofoti (2021)
Veb-sayti
rcwlitagency.com

Gurnah 2021-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan „madaniyatlar va qitʼalar o‘rtasidagi jarlikda mustamlakachilik oqibatlari va qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani uchun“ taqdirlangan[2][3][4]. U Kent universitetining ingliz va postkolonial adabiyot boʻyicha faxriy professori[5].

Yoshlik va taʼlim

Abdulrazzak Gurnah 1948-yil 20-dekabrda[6]. Zanzibar sultonligida tug‘ilgan[7]. U 18 yoshida Zanzibar inqilobi natijasida arab elitasi hukmronligi agʻdarilib, keyinchalik Tanzaniyaning bir qismiga aylangan orolni tark etib[2][4], 1968-yilda qochqin sifatida Angliyaga kelgan. U arab naslidan boʻlib[8], otasi va amakisi Yamandan koʻchib kelgan tadbirkorlar edi[9].

U dastlab Kenterberidagi Christ Church kollejida tahsil olgan, oʻsha paytda ushbu kollejning diplomlari London universiteti tomonidan taqdim etilardi[10]. Keyin u Kent universitetiga oʻtdi va 1982-yilda "Gʻarbiy Afrika fantastikasini tanqid qilish mezonlari" [11] nomli dissertatsiya bilan doktorlik unvonini qoʻlga kiritdi[7].

Kasbiy faoliyat

Gurnah 1980-yildan 1983-yilgacha Nigeriyadagi Kano Bayero universitetida maʼruzachi boʻlib ishladi. Keyin Kent universitetida ingliz va postkolonial adabiyot professori unvonini olgach, u yerda 2017-yilgacha, yaʼni nafaqaga chiqqunicha[4][12] dars berdi; yozuvchi ayni damda ushbu universitetda ingliz va postkolonial adabiyot boʻyicha faxriy professor hisoblanadi[13].

Gurnahning romanlari tanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilingan boʻlsa-da, ular tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlmagan va baʼzi hollarda Buyuk Britaniyadan tashqarida chop etilmagan[14]. U 2021-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlanganidan so‘ng, uning asarlariga talab ortishi natijasida nashriyotlar va kitob sotuvchilari raqobatga kirishishdi[14][15]. Nobel mukofoti eʼlon qilinganidan keyingina Gurnah amerikalik noshirlardan oʻzining „Afterlives“ romani uchun takliflar oldi; Riverhead Books ushbu asarni 2022-yil avgust oyida chop etishni rejalashtirmoqda. Riverhead, shuningdek, gurnahning ilgari bosmadan chiqqan ikkita asari "Dengiz boʻyida" („By the sea“) va „Tark“ („Desertion“) uchun nashr huquqlarni qoʻlga kiritdi[15].

Mukofot va unvonlar

Gurnahning 1994-yilda yozilgan „Jannat“ romani „Buker“, „Whitbread“ va „Yozuvchilar gildiyasi“ mukofotlari shortlistiga hamda Daniya tilidagi eng yaxshi tarjimasi uchun ALOA mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan[16]. Uning „Dengiz bo‘yida“ (2001) romani Bukerning longlistiga va Los-Anjeles Tayms kitob mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan[16], "Tark" (2005) esa 2006 yilgi Hamdo‘stlik yozuvchilari mukofoti uchun nomzodlar qatoridan joy olgan[16][17].

Gurnah 2006-yilda Qirollik adabiyot jamiyati aʼzosi etib saylandi[18]. 2007-yilda "Dengiz boʻyida" asari uchun Fransiyada RFI Témoin du Monde (Dunyo guvohi) mukofotini qoʻlga kiritdi[19].

2021-yil 7-oktyabrda „madaniyatlar va qitʼalar oʻrtasidagi jarlikda mustamlakachilik oqibatlari va qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani uchun“ adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi[2][3][4]. Gurnah 1993-yilda mukofotni qo‘lga kiritgan Toni Morrisondan keyingi birinchi qora tanli[4][15] va 2007-yilda laureat boʻlgan Doris Lessingdan keyingi birinchi afrikalik yozuvchi hisoblanadi[12][20].

Shaxsiy hayot

Gurnah Angliyaning Kenterberi shahrida[21] yashaydi, Britaniya fuqaroligiga ega[22]. U Tanzaniya bilan yaqin aloqada, u yerda oilasi borligini, imkon boʻlganda u yerga qaytishini nazarda tutuib aytadi: „Men u yerdanman. Qalban u yerda yashayman“[23].

Asarlar

Romanlar

  • Ketish xotirasi (1987)[24]
  • Ziyorat yo‘li (1988)[25]
  • Dotti (1990)[26]
  • Jannat (1994)[27] (Buker mukofoti[28] va Whitbread mukofoti[28] uchun qisqa roʻyxatga kiritilgan)
  • Admring Silnece (1996)[29]
  • Dengiz boʻyida (2001)[27] (Buker mukofoti uzun roʻyxatiga kiritilgan[30] va Los-Anjeles Tayms kitob mukofoti qisqa roʻyxatiga kiritilgan)[30]
  • Desertion (2005)[31]
  • Soʻnggi sovgʻa (2011)[32]
  • Tosh yurak (2017)[33]
  • Afterlives (2020)[34]

Manbalar